Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet490/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

 (
Internet of Things

deb 
nomlanish olgan bо‘lib, axborot texnologiyalari evolyusiyasi bir kun kelib bu 
jarayonga kirishishi albatta tabiiy hol edi. 
2.5-rasm. Internet of Things
komponentlari. 
Buyumlar interneti (Internet of Things) konsepsiyasi. 
“Buyumlar interneti” konsepsiyasi hamda, termining о‘zi dastlab 1999-yilda 
Massachusets texnologik instituti xodimi Kevin Eshton tomonidan о‘rtaga 
tashlangan edi. Unga kо‘ra, biz kundalik turmushda foydalanadigan eng oddiy 


53 
rо‘zg‘or buyumlari, masalan, choynak, eshik qulfi, muzlatgich singarilardan tortib, 
ijtimoiy ahamiyatga ega bо‘lgan texnik vositalar, masalan, kо‘cha chiroqlari, 
eskalatorlar, avtomobil tо‘xtash joylari (parkovka) va shahar xavfsizlik 
xizmatlarigacha, yoki tibbiyotda qо‘llaniladigan yuqori texnologik qurilmalar - 
masalan, kardiostimulyatorlardan boshlab, ishlab chiqarish jarayonlarini 
boshqarishgacha bо‘lgan barcha-barcha jabhalarni internet bilan qamrab olish 
kо‘zda tutilgan. Bunda, mazkur sohalarning internet qamrovi inson ishtirokini 
istisno qilishi, ya’ni, buyumlar inson ishtirokisiz ham internet orqali о‘zaro 
“muloqot” qilishi nazarda tutiladi. “Buyumlar internet” deyilishning sababi ham 
shunda. 
Qayd etish joizki, buyumlar orasida internet orqali muloqotga kirishgan eng 
birinchi buyum bu yana о‘sha Massachusets texnologik instituti bitiruvchisi Jon 
Romkining tosteri bо‘lgan edi. 1990-yilda Romki TCP/IP protokoli orqali ushbu 
buyumni tarmoqqa ulagan va undan masofadan turib foydalanishga kirishgan. 2008-
yilda esa internet endi haqiqatan ham “buyumlarniki” bо‘lib qoldi. Chunki, о‘sha 
yili internetga ulangan buyumlar soni internetga ulangan insonlar sonidan oshib 
ketgan edi. Bu raqam borgan sari о‘sishda davom etdi va 2018-yilga kelib, jahon 
bо‘ylab tarmoqqa ulangan buyumlar soni endilikda telefonlar sonidan ham о‘zib 
ketgani iddao qilinmoqda. 
Insonzotni buyumlarni internetga ulash va ularni boshqarishda internetdan 
foydalanishga undaydigan ikki xil omil mavjud. Birinchisi va eng dastlab namoyon 
bо‘lgani bu - erinchoqlikdir. о‘sha Romki ham tosterni о‘rnidan turmay, yotgan 
joyida ishga tushirib, tayyor nonushtaga chiqishni maqsad qilgan bо‘lsa kerak. 
Tasavvur qiling, siz oshxona buyumlaringizni internetga ulaysiz va kun 
tartibingizdan kelib chiqib, ularga qandaydir ssenariylar yuklab qо‘yasiz. Ular esa, 
internet orqali о‘zaro muloqot qilib, sizga masalan, ertalabki soat 6-00 ga avvaldan 
choy qaynatib turadi, deraza pardalarini kо‘taradi, xonani shamollatib, televizorni 
kerakli kanalga qо‘yib yoqib qо‘yadi.
Ikkinchi jihat esa ancha jiddiy va u xavfsizlik masalalari bilan bog‘liq. Tayinki, 
ayniqsa ayollar kо‘p bora allaqachon uydan chiqib bо‘lib, keyin miyasiga “lop” etib 
uradigan “dazmolni о‘chirmay chiqqan bо‘lsam-a” - degan holatga tushishgan. 
Ba’zilar esa, uyda suv toshitib yuborib, pastki qavatdagi qо‘shnilarni ham qiynab 
qо‘ygan holatlar bо‘lgan. Buyumlarni internetga ulash bunday salbiy holatlarni 
oldini olishga va kishiga xotirjamlik bag‘ishlashga ham xizmat qiladi. О‘sha 
dazmolni basharti о‘chirmay chiqqan bо‘lsangiz ham, uni masofadan turib, 
telefoningiz orqali о‘chirib qо‘yishingiz mumkin. Yoki, shunday ssenariy qilasizki, 
dazmolga aytaylik ikki daqiqadan kо‘p qо‘l tekkizilmasa, avtomatik ravishda о‘zini-
о‘zi tokdan о‘chirsin. Suv toshib ketsa ham, bu jarayonni qayd etgan datchiklar 
internet orqali uyga kiraverishdagi quvurdagi ventilni yopishga buyruq berishi 
mumkin. Bundan albatta siz ham bexabar qolmaysiz (chunki, datchik sizga internet 
orqali muloqotga chiqib, suv toshigani haqida xabar beradi; shu bilan birga, ventil 
ham sizga aloqaga chiqib, suvni kirishdan berkitganini “aytadi”). 
Bular oddiy, maishiy misollar.
Masalan, buyumlar internetiga ulangan kamerani xonadoningiz oldiga 
о‘rnatsangiz, uyingizga “chaqirilmagan mehmon” kelishi bilan u о‘z о‘zidan ishga 


54 
tushib, poygakdagi insonni suratga yoki videoga tushiradi va sizga yuboradi. Agar, 
о‘sha begona shaxs eshikni ochishga urinsa bu haqida ham kamera eshik qulfiga 
xabar berib, qо‘shimcha himoya vositalarini ishga jalb qilishi va hatto “02” ga о‘zi 
qо‘ng‘iroq qilishi mumkin. Bularning barchasi inson ishtirokisiz, buyumlarning о‘zi 
tomonidan internet orqali bajariladi. Energiya tejamkorligi borasida ham buyumlar 
interneti yaxshi samara berishi mumkin.
Masalan, siz xonada bо‘lgan paytingizda, konditsioner sensori sizning 
borligingizni о‘zi sezib, о‘zi ishga tushadi va sovita boshlaydi. Isitish va yoritish 
tizimini ham shunday sozlash mumkin. Xullas, bu borada buyumlar interneti 
insonga juda kо‘p imkoniyatlar taqdim etadi va ulardan qanday foydalanish odatda 
insonning о‘z fantaziya darajasi bilan cheklanadi xolos.
Yuqorida aytgan jarayon, ya’ni, buyumlar internetini xonadonda qо‘llash 
hozirda “Aqlli uy” deb nomlanadigan tushuncha ostiga birlashtirilgan. Bu 
jarayonning nisbatan yirikroq va muhimroq kо‘rinishi “Aqlli shahar” 
konsepsiyasida namoyon bо‘lishi mumkin. Masalan, bunda shaharning ijtimoiy 
ahamiyatga ega muhim qismlari “transport vositalari, svetoforlar, xavfsizlik 
tizimlari va ho kazolarning texnik vositalarini ham buyumlar internetiga ulash 
mumkin. Masalan, svetoforlar va avtomobilingiz internet orqali muloqot qilsa, sizga 
mashinangizdagi sensorli ekran shaharning qaysi kо‘chalari tirband va qaysi 
kо‘chalari nisbatan holi ekanini kо‘rsatib borishi mumkin. Ofisingiz ham “aqlli ofis” 
tizimida loyihalangan bо‘lsa, masalan, mashinangiz ofisga yetishga ikki daqiqa 
qolganda о‘zi internet orqali xonangizdagi chiroqqa, konditsionerga, noutbukka 
sizning kelishingiz haqida xabar beradi. Ular esa ishga tushib, xonaga kirishingizga 
tayyor turadi. Sizga bu gaplar ertakdek tuyulayotgan bо‘lishi mumkin. Lekin, 
ishoning, bu kо‘z о‘ngimizda bо‘lib turgan reallikdir. Sizga bu hali uzoq kelajakdek 
ham tuyulishi mumkin. Biroq, bir paytlar ota-bobolarimiz ot-aravalar zamonasidan 
avtomobillar davriga qadam qо‘yishganidek, endi biz ham oddiy buyumlardan 
internet orqali о‘zaro muloqot qila oladigan «aqlli» buyumlar zamonasiga kirib 
kelmoqdamiz. 
2.6-rasm. Internet of Things
konsepsiyasi 


55 
Hozirda buyumlar interneti istiqboli porloq bozor bо‘lishi bilan birgalikda, bu 
bozorni shiddat bilan rivojlanishdan tо‘sib turgan ayrim muammolar mavjud. 
Birinchidan, hali buyumlarni internet orqali о‘zaro muloqot qilishi uchun yagona 
xalqaro standartning ishlab chiqilmagani. Natijada, buyumlarni internetga ulash 
imkonini beradigan qilib chiqarayotgan aksar ishlab chiqaruvchilar о‘z bizneslarini 
himoya qilish maqsadida, mahsulotlarni qandaydir xos yopiq protokollarda 
ishlaydigan qilib, ichki standartlar asosida chiqarishmoqda. Bu esa, uydagi hamma 
internet buyumlarni faqat о‘sha firmadan olishga majbur qilishga mо‘ljallangan. 
Lekin bu hol uzoqqa bormasligi aniq. Chunki, bozor bunday о‘yinlarni yoqtirmaydi. 
Lekin, buyumlarning internet tilini standartlashtirishga qaratilgan dastlabki 
muvaffaqiyatli urinishlar allaqachon mavjud. Masalan, hozirda kо‘plab ishlab 
chiqaruvchilar WEB Z.0 texnologiyasiga bog‘lana oladigan buyumlarni ishlab 
chiqarishga о‘tishgan. Buyumlar internetining ommalashishiga hozircha tо‘sqinlik 
qilayotgan eng katta omil esa, internetli buyumlarning hozircha biroz qimmatligidir. 
Biz yuqorida ta’riflagan «aqlli uy» sistemasidagi minimal tо‘plam, masalan, о‘zi 
ishga tushadigan chiroq, eshik qulfi, kamera va suv toshishini aniqlovchi datchikdan 
iborat tо‘plam о‘rtacha 200$ atrofida bо‘lib, sistemani yanada kengaytirish yana 
ham xarajatlarning kо‘payishiga olib keladi. Lekin, bir paytlar kompyuterlar 
favqulodda qimmat bо‘lib, keyinchalik, masalan bir necha barobar arzon bо‘lib 
ketgani singari, internetga ulana oladigan buyumlar ham tobora arzonlashishi tabiiy. 
Chunki, buyog‘iga ishlab chiqaruvchilar orasida raqobat aynan shu yо‘nalishda 
ketadi. Axir, “Artel” konditsionerining ham reklamasida uning WI-fi bilan ishlashi 
bejizga urg‘u bilan ta’kidlanmagan. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   486   487   488   489   490   491   492   493   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish