I
.
ISHCHI DASTUR
KIRISH
Xozirgi vaqtda ta’limni rivojlantirishning jahon an’analari ta’sirida oliy
ta’limga bo‘lgan munosabatni o‘zgartirish jarayonlari jadal ravishda davom
etmoqda. Ta’lim har qanday mamlakatda inson kapitalini rivojlantirish orqali
barqaror taraqqiyotni ta’minlaydigan muhim omildir. Jahon ta’lim maydonida
raqobat kuchayib borayotgan bir sharoitda dunyo OTMlari oldida juda katta jiddiy
va o‘z yechimini kutayotgan vazifalar turibdi. Ular nafaqat o‘quv va ilmiy
jarayonlarni tashkil etishda, balki innovatsiyalarni yaratish, iqtisodiy o‘sishga ta’sir
ko‘rsatish, jahondagi asosiy muammolarni xal etishda sog‘lom raqobat muxitini
vujudga kelishiga zamin yaratmoqda. Bu esa dunyo mamlakatlarining yetakchi oliy
ta’lim muassasalari tomonidan strategik rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini aniq
belgilab olish, strategik ahamiyatga ega bo‘lgan normativ-huquqiy va meyoriy-
uslubiy xujjatlarini takomillashtirish, ta’lim tashkilotlarini rivojlantirishning uzoq
muddatli dastur va konsepsiyalarni ishlab chiqish va oliy ta’lim tizimida o‘z
yechimini kutayotgan muammolarni bartaraf etish masalasini kun tartibiga
qo‘ymoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentning 2019 yil 8 oktabrdagi Farmoni bilan
tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha
rivojlantirish konsepsiyasi"ga ko‘ra mamlakatimizning oliy ta’lim sohasiida
islohotlarni amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish, yetuk va
zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o‘zi
taqozo etmoqda. Bunda yetuk mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va tarbiya
berish tizimi islohatlar talablari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi muhim
ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalarida o‘quv jarayonlarini rejalashtirish va
tashkil etishda: O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, “Ta’lim to‘g‘risida”gi
Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’limga oid farmonlari va
qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari xamda Oliy ta’lim fan va innovatsiya
vazirligining buyruqlari kabi normativ hujjatlar amalda qo‘llanilmoqda. Ammo shu
kunga qadar ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etuvchi subyektlar tomonidan
ushbu hujjatlarni amalda qo‘llanilishi, ularning nazariy va amaliy jihatlari deyarli
o‘rganilmagan. Bu holatlar oliy ta’lim muassasalarida qo‘llaniladigan oliy ta’limning
normativ-huquqiy asoslarini har tomonlama nazariy va amaliy jihatdan o‘rganish va
tahlil etishni dolzarbligidan dalolat beradi