MA’NAVIY TARAQQIYOTNI TA’MINLASH VA SOHANI YANGI
BOSQICHGA OLIB CHIQISH
71-maqsad:
Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan «Harakatlar
strategiyasidan — Taraqqiyot strategiyasi sari» g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali
jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga
aylantirish.
72-maqsad:
Aholiga axborot-kutubxona xizmatini ko‘rsatishni yanada
rivojlantirish, kitobxonlikni keng ommalashtirish hamda «Kitobsevar millat»
umummilliy g‘oyasini ro‘yobga chiqarish.
73-maqsad:
Buyuk ajdodlarimizning boy ilmiy merosini chuqur o‘rganish va
keng targ‘ib etish.
74-maqsad:
Jamiyatda millatlararo totuvlik va dinlararo bag‘rikenglik
muhitini mustahkamlash.
75-maqsad:
Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarini
rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirish.
76-maqsad:
Madaniyat va san’at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat
muassasalari va obyektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash.
77-maqsad:
O‘zbekiston tarixini o‘rganish va targ‘ib qilishni yanada
rivojlantirish.
78-maqsad:
Milliy kino san’atini rivojlantirish.
Jamiyatning maʼnaviy takomiligi boʼlgan ehtiyoj davlatimiz tomonidan qabul
qilinayotgan turli huquqiy hujjatlarda ham oʼz aksini topmoqda. Jumladan,
Oʼzbekiston Respublikasi prezidentining 2021 26 martdagi “Maʼnaviyat va ijodni
qoʼllab-quvvatlash maqsadli jamgʼarmasini tashkil etish toʼgʼrisida”gi PQ-5039-son
Qarorini keltirish mumkin.
Qarorda quyidagi muhim vazifalarning ijrosiga qaratilgan chora-tadbirlar
belgilangan:
«Uzluksiz maʼnaviy tarbiya kontseptsiyasi» asosida maktabgacha taʼlim,
umumiy oʼrta taʼlim, oʼrta maxsus va oliy taʼlim bosqichlari uchun metodik
qoʼllanma, uslubiy tavsiyalar, maʼnaviy-axloqiy tarbiya nazariyasi va metodikasini
boyitishga qaratilgan ilmiy-amaliy adabiyotlar yaratish, ularni nashr etish va joylarga
yetkazish;
milliy merosimiz, buyuk ajdodlarimizning jahon tamadduniga qoʼshgan
ulkan hissalarini dunyo miqyosida keng targʼib qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni
amalga oshirish;
sohaga «Raqamli targʼibot» tizimini joriy qilish maqsadida IT-parklar,
innovatsion markazlar va frilanserlar bilan hamkorlikda mobilь ilovalar, kompyuter
oʼyinlari, animatsion mahsulotlar yaratish;
joylarda maʼnaviy-maʼrifiy muhitni oʼrganish, hududiy maʼnaviyat va
maʼrifat kengashlari faoliyatini rivojlantirishga koʼmaklashish, targʼibot-tashviqot
ishlarining samaradorligini oshirish maqsadida tashkil etilgan ekspertlar guruhlarini
qoʼllab-quvvatlash;
maʼnaviy-maʼrifiy sohani, adabiyot va kitobxonlikni har tomonlama
rivojlantirish, bu boradagi ishlar samaradorligini oshirishga qaratilgan tashabbuslarni
qoʼllab-quvvatlash;
mamlakatimiz va xalqaro miqyosda ilmiy-maʼrifiy tadbirlar, adabiy
anjumanlar, festivallar, tanlovlar, xalq sayillari, adabiy-musiqiy kechalar oʼtkazish;
maʼnaviy-maʼrifiy, adabiy-badiiy kitob va plakatlar nashr etish,
zamonaviy targʼibot vositalari va media mahsulotlar yaratish;
Xalq taʼlimi vazirligi tizimidagi taʼlim muassasalari direktorlarining
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʼyicha oʼrinbosarlari va ijodiy-madaniy masalalar
boʼyicha targʼibotchilar uchun qisqa muddatli oʼquv kurslari tashkil etish;
mahalliy hokimliklar bilan birgalikda olimlar va mutaxassislarni jalb
etgan holda sohada faoliyat koʼrsatayotgan targʼibotchilar malakasini oshirishga
qaratilgan seminar-treninglar tashkil qilish;
maʼnaviy-maʼrifiy ishlarni rivojlantirishga qaratilgan yangi loyihalar,
kitob, risola va maqolalar, tadbirlar stsenariylarini yaratish boʼyicha ijtimoiy
buyurtmalarni shakllantirish hamda bu ishlarga jalb etilgan olim va mutaxassislarni
moddiy ragʼbatlantirish;
Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi tomonidan tavsiya etiladigan
adiblarning ijod namunalarini, jumladan yosh mualliflarning birinchi kitoblarini nashr
etish;
Oʼzbekiston Yozuvchilar uyushmasi aʼzolarining ijodiy kechalarini
oʼtkazish, adabiyotimiz rivojiga munosib hissa qoʼshgan uyushma aʼzolariga moddiy
yordam koʼrsatish;
xalqimizning qadimiy tarixi, boy madaniyati, asriy anʼana va qadriyatlari
tarannum etilgan, milliy maʼnaviyatimizning mazmun-mohiyati teran badiiy ifodasini
topgan mumtoz va zamonaviy adabiyotimizning munosib namunalarini xorijiy
tillarga tarjima qilish hamda jahon axborot tarmogʼida keng targʼib etish;
milliy adabiyotni rivojlantirish, adabiy jamoatchilik tomonidan eʼtirof
etilgan hamda mamlakat ijtimoiy hayotida muhim ahamiyatga ega boʼlgan badiiy
asarlar mualliflarini moddiy jihatdan ragʼbatlantirish;
Oʼzbekiston yozuvchilar uyushmasi hamda uning taniqli aʼzolari ijodiy
faoliyatiga bagʼishlangan veb-saytlarni yaratish va ularni yangilab borish.
Yana bir muhim hujjat - bu qabul qilinishi kutilayotgan “Yangi Oʼzbekiston –
maʼrifatli jamiyat” kontseptsiyasi va uni amalga oshirish milliy dasturidir. Davlatimiz
rahbari Sh Mirziyoev ishlab chiqiladigan kontseptsiyadan kutiladigan natijalar haqida
toʼxtalib oʼtgan.
•
Bu, avvalo, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarimizni davr talablariga mos
ravishda boyitish va rivojlantirish, shu orqali jamiyatning madaniy va maʼrifiy
yuksalishiga erishish imkonini beradi.
•
Oʼz navbatida, bu jamiyat aʼzolarining ongi va tafakkurini, hayot
falsafasi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
•
Bunda, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati va
dunyoqarashini yuksaltirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuygʼusi
bilan yashaydigan barkamol avlodni tarbiyalash – oliy maqsaddir.
•
Ilm-fan, madaniyat va sanʼat, adabiyot va badiiy ijod sohalarining
mamlakatimiz taraqqiyotidagi oʼrni va taʼsirini yanada oshirishga qaratilgan alohida
dasturlar qabul qilinadi.
•
Ijodkor ziyolilarga doimiy eʼtibor qaratish, ularni moddiy va maʼnaviy
jihatdan qoʼllab-quvvatlash, mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan
ishlar davom ettiriladi.
•
Madaniyat va sport muassasalari, teatr va muzeylarning moddiy-texnik
bazasini yanada yaxshilash boʼyicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
•
Hududlarning madaniy yuksalishi, xalq hunarmandchiligini ravnaq
toptirishga qaratilgan manzilli ishlarni tizimli asosda olib boriladi.
•
Mamlakatimizda diniy bagʼrikenglik va millatlararo totuvlikni
taʼminlash, fuqarolarimizni turli mafkuraviy tahdidlardan, zararli oqim va
gʼoyalardan himoya qilish masalalari bundan buyon ham diqqat markazida boʼladi.
•
Muqaddas dinimiz, ezgu fazilatlarimizning mujassam ifodasi sifatida
qadrlanadi. Yurtimizda turli diniy konfessiyalar uchun zarur sharoit yaratishga
qaratilgan siyosat izchil davom ettiriladi.
Yaratilajak kontseptsiya avvalo, maʼnaviy-axloqiy qadriyatlarimizni davr
talablariga mos ravishda boyitish va rivojlantirish, shu orqali jamiyatning madaniy va
maʼrifiy yuksalishiga erishish imkonini beradi. Jamiyat aʼzolarining ongi va
tafakkurini, hayot falsafasi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Tarbiyada uzilishga yoʼl qoʼyib boʼlmasligi, odamlarning yoshi, kasbi, bilimi
darajasi va maʼnaviy qiyofasiga qarab maʼrifiy ishlarning samarali uslublarini joriy
qilish lozimligini hayotning oʼzi koʼrsatmoqda. Shu sababli targʼibot-tashviqot
ishlarini ham ommaviy, ham muayyan ijtimoiy guruhlar, ham individual tarzda olib
borish zarurati yuzaga kelmoqda.
Maʼnaviy tarbiyani toʼgʼri yoʼlga ¬qoʼyishda ommaviy axborot vositalari katta
taʼsir kuchiga ega. Ochigʼi, ularning bu imkoniyatlaridan yetarli darajada samarali
foydalana olmayapmiz. Ijtimoiy tarmoqlarda soʼnggi paytlarda kuzatilayotgan turli
gʼoyaviy va mafkuraviy xurujlarga aks taʼsir koʼrsatishning aniq tizimi shu paytgacha
izchil yoʼlga qoʼyilmaganligi nihoyatda tashvishli hol. Аyniqsa, «ommaviy
madaniyat» niqobi ostida milliy oʼzligimiz va qadriyatlarimizga mutlaqo yot urf-
odatlar singdirilayotgani hech bir qolipga sigʼmaydi.
Xulosa oʼrnida aytish joizki, bugungi tahlikali davrda maʼnaviyat va maʼrifat
faqat shu soha xodimlarining, oʼqituvchi va murabbiylarninggina emas, balki
barchaning burchi boʼlishi lozim. Masalaga ana shu jihatdan qarab, “Hech bir ota-ona
oʼz farzandiga goʼzal tarbiyadan koʼra buyuk meros qoldira olmaydi” hadisi sharifi
va xalqimizning: “Bir bolaga yetti mahalla – ota-ona” maqoliga amalda rioya qilsak,
hech qanday kuch maʼnaviyatimizga raxna sola olmaydi.
Nazorat uchun savollar va topshiriqlar.
1.
Sizning fikringizcha yoshlarga maʼnaviy-maʼrifiy taʼlim tarbiya berishda
qaysi omil va vositalar kuchliroq samara beradi?
2.
Oʼzingiz yashayotgan hudud yoki mahallada alohida maʼnaviy
qadriyatlar mavjudmi?
3.
Yaratilajak “Maʼrifatli jamiyat kontseptsiyasi”da qaysi maʼnaviy-
mafkuraviy jihatlar ustuvorlik kasb etishi lozim deb hisoblaysiz?
|