yaratish yoʼlida izchil islohotlar olib borilmoqda. Bu oʼzgarishlar maʼnaviy-maʼrifiy
ishlarni davlatimiz siyosatida yanada yuksak oʼringa koʼtardi.
Biroq, bugun dunyoda keskin kurash
va raqobat hukm surmoqda, manfaatlar
toʼqnashuvi kuchaymoqda. Globallashuv jarayonlari insoniyat uchun beqiyos yangi
imkoniyatlar bilan birga kutilmagan muammolarni ham keltirib chiqarmoqda.
Аchinarli jihati, milliy oʼzlik va maʼnaviy qadriyatlarga qarshi tahdid va xatarlar
tobora ortmoqda.
Mazkur tahlikali vaziyatda yoshlarni maʼnaviyatli qilib tarbiyalash, ularni kitob
mutolaasiga jalb qilish, yoshlar oʼrtasida mutolaa madaniyatini manzilli qoʼllab-
quvvatlash va rivojlantirish eng asosiy masala hisoblanadi. Chunki, barkamol avlodni
voyaga yetkazishda kitobning tarbiyaviy ahamiyati beqiyos. Аynan mutolaa insonga
bilim va
axborot beradi, uning maʼnaviy olamini boyitadi.
Bugungi kunda badiiy, maʼrifiy, ilmiy-ommabop, tarbiyaviy, yoshlarning
maʼnaviy salohiyatini oshirishga qaratilgan adabiyotlarni chop etish, ular bilan taʼlim
muassasalarini taʼminlash hayotiy zaruratdir.
Qolaversa, kutubxonalarni yanada
yangilash, ijtimoiy ahamiyatga ega boʼlgan adabiy asarlar sonini koʼpaytirish va
sifatini yaxshilash lozim. 2021 yilning 19 yanvarь kuni Prezidentimiz raisligida
maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish, bu borada davlat va
jamoat tashkilotlarining hamkorligini kuchaytirish masalalariga bagʼishlab
oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida davlatimiz
rahbari bu masalaga alohida
toʼxtalib, agar jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot boʼlsa, uning joni va ruhi
maʼnaviyat ekanini taʼkidladi.
Ijtimoiy-maʼnaviy muhitni ilmiy asosda tahlil qilishni davrning oʼzi talab
etayotgani, jamiyatimizda maʼnaviy-maʼrifiy ishlar shunday asosda yoʼlga
qoʼyilmagani uchun ham kutilgan natijani bermayotganini aytgan holda, Respublika
Maʼnaviyat va maʼrifat markazi ishini tanqidiy oʼrganib chiqib, faoliyatini tubdan
takomillashtirish zarurligi qayd etdi.
Hozirgi kunda maʼnaviyat targʼiboti bilan oʼnlab tashkilotlar shugʼullanishi
hech kimga sir emas. Lekin, ularning faoliyati aniq muvofiqlashtirilmayotgani,
yagona tizimga birlashmagani sababli bir-birini takrorlash holatlari kuzatilyapti. Shu
sababli, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi barcha hududiy kengashlarning,
vazirlik, idora va tashkilotlarning maʼnaviy-maʼrifiy faoliyatini
muvofiqlashtirib
borish zarurati paydo boʼladi.
Yana bir muhim jihat shuki, bugun talim muaasasalarida yoshlarga taʼlim va
tarbiya berish bilan bir qatorda, ularga maʼrifat va maʼnaviyatni chuqur oʼrgatish har
qachongidan ham muhimroq. Bu borada joylarda yashab ijod qilayotgan professor-
oʼqituvchi va yozuvchilarni keng jalb qilish, ularning ijod va isteʼdodlaridan unumli
foydalanish yuqori samara berishi tayin.
Umuman olganda, maʼnaviyat – eng muhim va hamma shugʼullanishi kerak
boʼlgan masala hisoblanadi. Shunday ekan,
jamiyatga yangi nur, yangi ziyo kirib
borishi har bir jamiyat aʼzosining ham asosiy ishiga aylanishi lozim. Zotan, har qaysi
davlat, har qaysi xalq intellektual salohiyati, yuksak maʼnaviyati bilan qudratlidir.
2022-2026
yillarga moʼljallangan Yangi Oʼzbekistonning taraqqiyot
strategiyasida 7 ta asosiy yoʼnalishning beshinchisi “Maʼnaviy taraqiyotni taʼminlash
va sohani yangi bosqichga olib chiqish” masalasi boʼlib, bejizga maʼnaviy taʼlim
tarbiya masalasi alohida ustuvor yoʼnalish sifatida belgilanmagan. Shu oʼrinda,
beshinchi ustuvor yoʼnalish va unda belgilangan asosiy maqsadlarni keltirib oʼtish
joiz.