O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30 
aprel kuni o‘tkazilgan O‘zbekiston Respublikasi referendumida umumxalq ovoz 
berish orqali qabul qilindi. 
“Konstitutsiyaning yagona manbai va muallifi xalq bo‘lishi kerak”, degan 
g‘oya loyihani ishlab chiqishda asosiy mezon vazifasini o‘tadi. Natijada esa aholidan 
220 mingdan ziyod takliflar kelib tushdi va muhimi, ularning aksariyati qonun 
loyihasidan o‘rin egalladi. 
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 1-moddasida “O‘zbekiston — ijtimoiy 
davlat” tamoyili mustahkamlanganligini alohida aytish zarur. Bosh qomusda 
davlatning ijtimoiy sohadagi majburiyatlari bilan bog‘liq normalar 3 barobarga 
ko‘paytirilib, aholining ijtimoiy jihatdan ehtiyojmand toifalarini uy-joy bilan 
ta’minlash bo‘yicha davlatning majburiyatlari, mehnatga haq to‘lashning eng kam 
miqdorini belgilashda insonning munosib yashashini ta’minlash hisobga olinishi, 
kafolatlangan tibbiy yordam, davlatning ta’limning barcha shakllariga g‘amxo‘rlik 
qilishi va o‘qituvchi maqomi Konstitutsiya darajasida mustahkamlandi. 
Ma’lumki, davlatlarning doimiy do‘stlikka asoslangan munosabatini 
rivojlantirish hamda jahon va mintaqa darajasida tinchlikni ta’minlash xalqaro 
munosabatlarning dolzarb masalalaridan sanaladi. Shu ma’noda, yangi tahrirdagi 


Konstitutsiyamiz 18-moddasida O‘zbekiston Respublikasi davlatlar va xalqaro 
tashkilotlar bilan ikki va ko‘p tomonlama munosabatlarni har taraflama 
rivojlantirishga qaratilgan tinchliksevar tashqi siyosatni amalga oshirishi qat’iy 
belgilanganligini ta’kidlash zarur. 
Qayd etish joizki, tinchliksevar siyosat deganda, davlatlarning siyosiy-iqtisodiy 
va ijtimoiy tizimlari va ularning rivojlanish darajasidan qat’i nazar, erkinlik, tenglik, 
adolat va insonning asosiy huquqlarini hurmat qilish, davlatlar va xalqlar o‘rtasida 
tinchlikni mustahkamlash tushuniladi. 
Bosh qonunimizning 21-moddasida “Hech kimga uning roziligisiz 
qonunchilikda belgilanmagan majburiyat yuklatilishi mumkin emas”, degan 
normaning mustahkamlangani ham o‘ta muhim ahamiyatga ega. Mazkur norma 
jismoniy va yuridik shaxslar faqat Konstitutsiya va qonunchilik hujjatlarida majburiy 
etib belgilanganidan tashqari, boshqa biror-bir majburiyatni bajarishga burchli 
emasligini, davlat organlari va ularning mansabdor shaxslari ham ularga qo‘shimcha 
majburiyatlarni yuklash vakolatiga ega emasligini anglatadi. Bu esa amaliyotda ayrim 
holatlarda uchrab turadigan biror-bir qonunda ko‘rsatilmagan majburiyatni yoki 
qandaydir vazifani (masalan, jamoat ishlariga jalb qilish, ish vaqtidan tashqari yoki 
dam olish kunlari ishlash) tashkilot rahbari tomonidan xodimga yuklash kabi salbiy 
holatlarga qat’iyan chek qo‘yadi. 
Ta’kidlash lozimki, dunyodagi barcha o‘zbeklar o‘zaro madaniy aloqalarni 
saqlab qolish maqsadida chet elda taxminan 500 dan ortiq o‘zbek milliy-madaniy 
markazlari 
faoliyat 
yuritadi. 
Shundan 
kelib 
chiqib, 
yangi 
tahrirdagi 
Konstitutsiyamizning 23-moddasida “Davlat xorijda yashayotgan vatandoshlar bilan 
aloqalarni saqlab qolish hamda rivojlantirish to‘g‘risida xalqaro huquq normalariga 
muvofiq g‘amxo‘rlik qiladi”, degan norma belgilandi. Bu chet elda yashayotgan, 
ishlayotgan, ta’lim olayotgan yurtdoshlarimizning O‘zbekiston bilan doimiy aloqada 
bo‘lishiga, tili, madaniyati, urf-odatlari va an’analarini saqlab qolish hamda 
rivojlantirishga, o‘zlarining tarixiy Vatani - O‘zbekiston obro‘sini yanada oshirishga 
o‘z hissasini qo‘shishlariga xizmat qiladi. 
Yashash huquqi har bir insonning ajralmas va tabiiy huquqi bo‘lib, u 
mamlakatda o‘lim jazosini belgilash, tayinlash va ijro qilishni inkor etadi. O‘lim 
jazosi eng og‘ir jinoiy jazo bo‘lib, u qo‘llaniladigan deyarli barcha davlatlarda o‘ta 
og‘ir, inson hayotiga qasd qiladigan jinoyatlar uchungina ko‘zda tutilgan. Yangi 
tahrirdagi Konstitutsiyaning 25-moddasida “O‘zbekiston Respublikasida o‘lim jazosi 
taqiqlanadi” degan norma mustahkamlangan. Shu o‘rinda aytish kerak, 1994 yili 
qabul qilingan Jinoyat kodeksidagi 33 ta modda bo‘yicha o‘lim jazosi tayinlanishi 
mumkin edi. Keyinchalik jinoiy jazolar liberallashtirilib, 2008 yilgacha 
qonunchilikka muvofiq ikki turdagi jinoyat, ya’ni javobgarlikni og‘irlashtiradigan 
holatlarda qasddan odam o‘ldirish va terrorizm jinoyatlarini sodir etganlik uchun 


o‘lim jazosi qoldirilgan. 2008 yil 1 yanvardan barcha jinoyatlar uchun o‘lim jazosi 
bekor qilingan. Konstitutsiyaga kiritilgan o‘zgartish nafaqat o‘lim jazosini bekor 
qilishni, balki qat’iy ravishda O‘zbekistonda o‘lim jazosi taqiqlanishi va qayta 
tiklanmasligini ko‘zda tutadi. Konstitutsiyaga bu norma kiritilishi bilan O‘zbekiston 
insonparvarlik g‘oyalariga sodiqligini namoyon etadi, ijtimoiy-siyosiy hayotimizda 
o‘lim jazosini qaytarish bo‘yicha har qanday tashabbuslarga barham beradi. 
Pirovardida esa har bir insonning, hatto, u jinoyat sodir etgan bo‘lsa ham, yashash 
huquqining kafolatlanishiga xizmat qiladi. 
Aytish lozimki, muayyan jinoyat ishi bo‘yicha surishtiruvchi, tergovchi tergov 
harakatlari, sud esa sud tergovi orqali dalillar to‘playdi. Ayrim holatlarda to‘plangan 
dalillarni baholashda ularga nisbatan shubha paydo bo‘lishi mumkin. Yangi 
tahrirdagi Konstitutsiyada ushbu norma bunday vaziyatda aybdorlikka oid barcha 
shubhalar gumon qilinuvchi, ayblanuvchi, sudlanuvchi va mahkumning foydasiga hal 
qilinishini qat’iy mustahkamlab qo‘yildi. Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning 32-
moddasida “Qonuniy asoslarda O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lib turgan har 
kim mamlakat bo‘ylab erkin harakatlanish, turar va yashash joyini tanlash huquqiga 
ega, bundan qonunda belgilangan cheklovlar mustasno”, degan norma ham 
kiritilganligi alohida e’tiborga sazovor. 
Sir emaski, mamlakatimizning yaqin o‘tmishida erkin harakatlanish huquqini 
asossiz cheklovchi qonunosti hujjatlari mavjud edi. Masalan, ba’zida fuqarolarimiz 
poytaxtga kelish uchun yo‘llardagi nazorat postlaridan pasportsiz o‘ta olmas edi, 
ularning bilim olishi, davolanishi, ishlashi yoki qarindoshlarini ko‘rishi uchun 
poytaxtga kelib turishida ham qiyinchiliklar mavjud edi. Fuqarolarimizning xorijga 
chiqishi uchun esa ruxsatnoma (stiker) rasmiylashtirish talab etilardi. Bunday 
to‘siqlarning aksariyati Harakatlar strategiyasi doirasida bartaraf etildi, xususan, 
yo‘llarda nazorat postlari olib tashlandi, “propiska”, xorijga chiqish uchun 
ruxsatnoma (stiker) rasmiylashtirish tartibi bekor qilindi. Bu esa O‘zbekiston 
hududida bo‘lib turgan har kim respublikaning xohlagan joyiga borish, sayohat qilish, 
bilim olish, ishlash, tadbirkorlik qilishi imkoniyatini beradi. 
Huquqiy davlatning eng muhim vazifalaridan biri mulk huquqi daxlsizligini 
ta’minlash hamda mulkdor huquqlarini amalga oshirish va himoya qilish uchun zarur 
iqtisodiy-huquqiy shart-sharoitlar yaratishdan iboratdir. Shu munosabat bilan yangi 
tahrirdagi Konstitutsiyaning 47-moddasida quyidagi normalar o‘z aksini topdi: “Har 
kim uy-joyli bo‘lish huquqiga ega. Hech kim sudning qarorisiz va qonunga zid tarzda 
uy-joyidan mahrum etilishi mumkin emas. Uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorga 
uy-joyning qiymati hamda u ko‘rgan zararlarning o‘rni qonunda nazarda tutilgan 
hollarda va tartibda oldindan hamda teng qiymatda qoplanishi ta’minlanadi”. Mazkur 
modda bilan uy-joy mulkdorlariga nisbatan ikki turdagi muhim konstitutsiyaviy 
kafolat belgilandi: sud kafolati va uy-joy uchun kompensatsiya olish kafolati. 


Sud kafolati uy-joyga nisbatan mulk huquqi sud qarorisiz mahrum etilishiga 
yo‘l qo‘yilmasligini anglatadi. Bu kafolat uy-joyga nisbatan mulk huquqi 
mulkdorning erki-xohishidan qat’i nazar, majburiy tarzda bekor bo‘layotganda 
qo‘llanilishi nazarda tutilgan. Bunda sud tomonidan mulk huquqining bekor 
bo‘lishiga sabab bo‘luvchi holatlar amaldagi qonun hujjatlari asosida obyektiv tarzda 
ko‘rib chiqiladi. Mazkur tartib mulkdor har qanday holatda ham asossiz ravishda uy-
joyidan mahrum etilmasligini kafolatlaydi. 
Ikkinchi 
kafolat 
mulkdorning 
iqtisodiy 
manfaatlari 
himoyasiga 
yo‘naltirilganligi bilan e’tiborlidir. Mazkur norma qonunda belgilangan hollarda va 
tartibda uy-joyidan mahrum etilgan mulkdorning shu uy-joy va yetkazilgan zarar 
uchun teng qiymatda kompensatsiya olishini kafolatlaydi. 
Bu normaning kiritilishi uy-joy mulkdori huquqlarini kafolatli ta’minlashga, 
uy-joylarni noqonuniy olib qo‘yilishi bilan bog‘liq nizoli holatlarning oldini olishga, 
sud himoyasini kengaytirishga xizmat qiladi. 
Konstitutsiyada davlat organlari tomonidan insonga nisbatan qo‘llaniladigan 
huquqiy ta’sir choralari mutanosiblik prinsipiga asoslanishi va qonunlarda nazarda 
tutilgan maqsadlarga erishish uchun yetarli bo‘lishi aniq belgilab qo‘yildi. 
Qayd etish lozimki, qabul qilingan qonunlarning asosiy maqsadi inson, uning 
huquq va erkinliklarini ro‘yobga chiqarish va himoya qilishdan iborat bo‘lib, 
kimgadir ortiqcha majburiyat yoki xarajat yuklamasligi kerak. Aksincha, qonunlar 
insonlar og‘irini yengil qilib, turmush tarzi farovon kechishini ta’minlashi lozim. 
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 2022 yil 20 iyunda Konstitutsiyaviy 
komissiya a’zolari bilan uchrashuvda “Konstitutsiyaviy sud faoliyatini yanada 
takomillashtirish, fuqarolar va yuridik shaxslarning muayyan ishda sud tomonidan 
ularga nisbatan qo‘llanilgan qonunning Konstitutsiyaga mosligini tekshirish haqidagi 
shikoyatlarini ko‘rib chiqish Konstitutsiyaviy sudning vakolati sifatida 
Konstitutsiyada aks ettirilishi lozim”ligini ta’kidlagan edi. 
Shu nuqtai-nazardan kelib chiqib, yangi tahrirdagi Bosh qomusimizning 133-
moddasiga fuqarolar va yuridik shaxslar, agar sud orqali himoya qilishning boshqa 
barcha vositalaridan foydalanib bo‘lingan bo‘lsa, sudda ko‘rib chiqilishi tugallangan 
muayyan ishda sud tomonidan 
o‘ziga nisbatan qo‘llanilgan qonunning 
Konstitutsiyaga muvofiqligi to‘g‘risidagi shikoyat bilan O‘zbekiston Respublikasi 
Konstitutsiyaviy sudiga murojaat qilishga haqli ekanligiga oid maxsus norma 
kiritildi. 
Fuqarolar va yuridik shaxslarga Konstitutsiyaviy sudga murojaat qilish huquqi 
berilganligining ahamiyati shundaki, Konstitutsiyaga zid bo‘lgan qonunlar 
amaliyotda qo‘llanilayotgan bo‘lsa, ularning Konstitutsiyaga muvofiqligini vaqtida 
ta’minlashga, Konstitutsiyaga nomuvofiq qonunlar bilan kelgusida boshqa shaxslar 


huquqlari buzilishining oldini olishga, Bosh qomus ustunligini ta’minlashga, 
Konstitutsiyaviy sud faoliyatini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.
Shu o‘rinda yangilangan Konstitutsiyada belgilangan asosiy o‘zgarishlar 
haqida qisqacha ma’lumot berish ehtiyoji tug‘iladi. Xalqimiz takliflari asosida 
Konstitutsiya loyihasidagi moddalar soni amaldagi 128 tadan 155 taga, normalar soni 
275 tadan 434 taga oshdi. YA’ni Asosiy Qonunimizning 65 foiz matni jamoatchilik 
takliflari asosida yangilandi. Agar yo‘nalishlar kesimida qaraydigan bo‘lsak, shaxsiy 
huquq va erkinliklar, iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar borasidagi normalar qariyb 
3 baravar ko‘paydi. Inson huquqlari va erkinliklari kafolatlari esa 3,5 baravardan 
ko‘proqqa, oilaga bag‘ishlangani esa 2 baravar ortganligini ko‘rishimiz mumkin. 
3 ta yangi bob (amaldagi Oila bobiga qo‘shimcha bolalar va yoshlar, Iqtisodiy 
va ijtimoiy huquqlar bobiga qo‘shimcha madaniy va ekologik huquqlar, alohida 
advokatura bobi) qo‘shildi. 
Konstitutsiyaning 15 ta normasida davlat shart-sharoitlar yaratishi, 16 ta 
normasida davlat kafolatlashi, 4 ta normada davlat qayg‘urishi alohida ko‘rsatib 
o‘tilayotganligining o‘ziyoq davlatning maqsadi inson huquqlarini ta’minlash 
ekanligini ko‘rsatib turibdi. 
Konstitutsiyada “inson” so‘zi amaldagi Konstitutsiyaga nisbatan 3 baravar 
ko‘p, “bolalar” so‘zi qariyb 3 baravar ko‘p, “yoshlar” so‘zi 6 baravar ortiq, “ayollar, 
xotin-qizlar” so‘zlari 2 baravar ko‘p, “nogironligi bor shaxs”, “aholining ijtimoiy 
jihatdan ehtiyojmand toifalari”, “intellektual mulk”, “inklyuziv ta’lim” degan so‘zlar 
esa birinchi marta qo‘llanildi. 
Yangilangan Konstitutsiyaning eng muhim jihatlaridan biri ilm-fanni, ta’limni 
rivojlantirishga katta e’tibor berilgani bilan izohlanadi. Ta’lim va ilm-fanga oid 
normalar qariyb ikki baravar ko‘paydi.
“Ta’lim” degan 
so‘zning 
o‘zi 
20 marta 
qo‘llanilyapti, 
avvalgi 
Konstitutsiyamizda faqat 2 martagina ishlatilgan edi holos. Davlat uzluksiz ta’lim 
tizimi, uning har xil turlari va shakllari, davlat va nodavlat ta’lim tashkilotlari 
rivojlanishini ta’minlashi, davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish uchun 
shart-sharoitlar yaratishi mustahkamlandi. 
Xulosa qilib aytganda, kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning siyosiy-
huquqiy ahamiyati, ko‘lami va hajmidan kelib chiqib, ushbu Konstitutsiyani Yangi 
tahrirdagi Konstitutsiya deb aytish uchun barcha asoslar yetarli.



Download 26,13 Mb.
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 2023 yil 30

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish