91-maqsad:
Harbiy xizmatchilar, ularning oila a’zolarining ijtimoiy
himoyasini har tomonlama kuchaytirish.
92-maqsad:
Favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bartaraf etishning
samarali tizimini yaratish.
93-maqsad:
Mamlakatning xalqaro munosabatlardagi teng huquqli subyekt
sifatidagi rolini oshirish.
94-maqsad.
Markaziy Osiyoda xavfsizlik, savdo-iqtisodiy, suv, energetika,
transport va madaniy-gumanitar sohalardagi yaqin hamkorlikni sifat jihatidan yuqori
bosqichga olib chiqish.
95-maqsad:
An’anaviy hamkorlarimiz bilan munosabatlarni yanada
rivojlantirish, tashqi aloqalar geografiyasini kengaytirishga ustuvor ahamiyat qaratib,
iqtisodiy diplomatiyani kuchaytirish.
96-maqsad:
O‘zbekistonning Birlashgan Millatlar Tashkiloti organlari va
institutlari, global va mintaqaviy iqtisodiy, moliyaviy va gumanitar tashkilotlardagi
faoliyatini kuchaytirish.
97-maqsad:
Jahon savdo tashkilotiga a’zo bo‘lish va Yevroosiyo Iqtisodiy
Ittifoqi bilan integratsiya jarayonlarini chuqurlashtirish.