• 100-maqsad
  • 2-AMALIY MASHG‘ULOT O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ZAMONAVIY KONSTITUTSIONALIZMI. Reja
  • -maqsad:  Jahon hamjamiyatida mamlakatimiz imidjini oshirishga  qaratilgan axborotlar yetkazish samaradorligini oshirish.  99-maqsad




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet42/593
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,13 Mb.
    #254636
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   593
    Bog'liq
    01 YANGI O‘ZBEKISTON

    98-maqsad: 
    Jahon hamjamiyatida mamlakatimiz imidjini oshirishga 
    qaratilgan axborotlar yetkazish samaradorligini oshirish. 
    99-maqsad: 
    Tashqi siyosiy va tashqi iqtisodiy faoliyatning normativ-huquqiy 
    bazasini 
    hamda 
    xalqaro 
    hamkorlikning 
    shartnomaviy-huquqiy 
    asoslarini 
    takomillashtirish. 
    100-maqsad: 
    O‘zbekiston 
    Respublikasining 
    xorijdagi 
    diplomatik 
    vakolatxonalari va konsullik muassasalari tomonidan O‘zbekistonning chet ellardagi 
    fuqarolariga xizmat ko‘rsatish tizimini takomillashtirish. 


    2-AMALIY MASHG‘ULOT 
    O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING ZAMONAVIY 
    KONSTITUTSIONALIZMI. 
    Reja: 
    1.
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining asosiy prinsiplari. 
    2.
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson va fuqaroning asosiy 
    huquqlari, erkinliklari va burchlari. 
    3.
    Jamiyatning iqtisodiy negizlari. 
    4.
    O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida ma’muriy-hududiy va davlat 
    tuzilishi masalalari. 
    5.
    Davlat hokimiyatini tashkil etishning konstitutsiyaviy asoslari.
     
    Tayanch tushunchalar: 
    konstitutsion islohotlar, zamonaviy konstitutsionalizm, 
    huquq, burch, erkinlik, shaxs, jamiyat, davlat, hokimiyat, yangi tahrirdagi 
    konstitutsiya. 
     
    “Konstitutsiya” 
    tushunchasi lotincha so‘z bo‘lib, 
    tartib, qoida, tuzish 
    degan 
    ma’nolarni anglatadi. Konstitutsiya iborasi 17 asrda paydo bo‘lgan bo‘lsada uning 
    mazmunini ifodalovchi voqelik davlat paydo bo‘lganidan mavjud. Ilmiy publitsistik 
    adabiyotlarda konstitutsiyani paydo bo‘lishi AQSH ning 1778 yilda qabul qilingan 
    konstitutsiyasi bilan bog‘liqligi ta’kidlanadi.
    Ammo tarixiy haqiqat o‘rnida ta’kidlash joizki, dunyodagi mavjud 
    konstitutsiyalar tarixi AQSH ning konstitutsiyasi bilan bog‘lash, tarixiy voqelikka 
    mos kelmaydi. Birinchidan, Agar konstitutsiya jamiyatda o‘rnatilgan tartib, qoidalar 
    majmuasini ifodalovchi tushuncha ekan, uni davlat tarixidan ajratib bo‘lmaydi. 
    Konstitutsiya davlat paydo bo‘lgandan boshlab paydo bo‘lgan. Masalan, Rim huquqi, 
    Dao, Logs, Avesto, Xamurappi qonunlari, Siyosatnoma, Temur tuzuklari, 
    Shayboniynoma, Boburnoma, Hidoya va xokazolar o‘z o‘rnida konstitutsiya ya’ni 
    asosiy qonun vazifasini bajargan. Demak, davlat paydo bo‘lishi bilan jamiyatda 
    yashash tartib va qoidasini belgilovchi bosh qonunlar mavjud bo‘lgan. 
    Konstitutsiyani paydo bo‘lishi davlatlar paydo bo‘lishidan boshlanadi. 
    Ikkinchidan, AQSH konstitutsiyasi qabul qilinishidan oldin Buyuk 
    Britaniyada 1653 yilda “boshqaruv quroli” deb atalmish konstitutsiya qabul qilingan. 
    Ana shu ikkita tarixiy haqiqat ilmiy publitsistik adabiyotlarda tarixiy haqiqat sifatida 
    umume’tirof etilgan fikrni inkor etadi. Demak, dunyo konstitutsiyalar tarixi ikki yuz 
    yilni emas, bir necha ming yillikni (5-3) tashkil etadi.
    Mamlakat mustaqilligining asosiy shartlaridan biri uning bosh qonuni bo‘lgan 
    Konstitutsiyasining yaratilishi va amaliyotga joriy etilishi bilan bevosita bog‘liqdir. 
    Shu bois, O‘zbekiston mustaqillikning dastlabki davridan boshlab o‘zining asosiy 


    qonunini ishlab chiqish va qabul qilishga strategik vazifa sifatida e’tibor qaratdi. 
    Aslini olganda Konstitutsiya loyihasini yaratish «Mustaqillik deklaratsiyasi»ni qabul 
    qilishdan keyinoq boshlangan edi. Chunki deklaratsiyada, «Ushbu deklaratsiya 
    O‘zbekistonning yangi Konstitutsiyasini ishlab chiqish uchun asosdir» deb qayd 
    qilingan edi va shu sessiyada mamlakatning birinchi prezidenti I.Karimov 
    boshchiligida 64 kishidan iborat Konstitutsiya loyihasini tayyorlovchi komissiya 
    tuzildi. Bu tarkib Oliy Kengashning 10 sessiyasida qisman o‘zgartirildi. Komissiyaga 
    sharafli shu bilan birga mas’uliyatli vazifa yuklandi. Sharafliligi shunda ediki bu 
    birinchi bor mustaqil davlat Konstitutsiyasi loyihasi tayyorlayotgan edi. Mas’uliyati 
    ham shundan kelib chiqib, birinchi marta hech kimdan ko‘chirmasdan, hech kimning 
    aralashuvisiz, barcha demokratik talablarga, jahon andozalariga mos keluvchi hujjat 
    O‘zbekiston xalqi vakillari tomonidan ishlab chiqilishi kerak edi. Sir emas, avvalgi 
    O‘zbekiston Konstitutsiyalari, Ittifoqda yaratilgan Konstitutsiyalarni aynan takrorlash 
    asosida tayyorlanar edi. Endi mustaqil Konstitutsiya yaratish o‘z zimmamizga tushdi. 
    Bu yerda shunday mas’uliyatli vazifani bajara olamizmi yoki yo‘qmi degan savol 
    paydo bo‘lib bu g‘ururimiz, or-nomusimizga ham bog‘liq edi.
    Komissiya shu g‘oyat muhim vazifani muvaffaqiyatli bajarish uchun, uni 
    to‘g‘ri yo‘naltirish, oldiga to‘g‘ri vazifalarni qo‘yish hal qiluvchi masala edi. Bu 
    masalani Komissiya raisi, moxirona hal qildi. Konstitutsiya loyihasini tayyorlovchi 
    komissiya a’zolarini birinchi yig‘ilishida 32 kishidan iborat ishchi guruhi tashkil 
    etildi. Konstitutsiyada nazarda tutilayotgan turli bo‘limlarni tayyorlash uchun 6 ta 
    kichik guruhlar tashkil etildi. Ularning tarkibiga 50 nafar mutaxassislar jalb etildi.
    Shu yerda bir narsani aytib o‘tish kerakki, loyihani tayyorlashda oddiy 
    yo‘ldan bormoqchi, yana boshqa davlatlarga xos xolatlarni loyihaga kiritmoqchi, 
    boshqa davlatlardan aynan andoza olmoqchi bo‘lganlar ham bo‘ldi. Komissiya 
    raisiga shu vaqtda «Argumenti i fakti» gazetasida e’lon qilingan Rossiya 
    Konstitutsiyasi loyihasini O‘zbekiston Konstitutsiya loyihasi sifatida taqdim etish 
    xollari ham bo‘ldi. Lekin bunday ko‘zbo‘yamachilik, mas’uliyatsizlikni sezgan 
    komissiya raisi, taqdim qilingan loyihani mutlaqo rad etib, O‘zbekistonga qanday 
    Konstitutsiya kerakligini «yirik huquqshunos»ga ko‘rsatib berdi.
    Mustaqil O‘zbekistonning Konstitutsiyasini qabul qilish vazifasi o‘ta jiddiy 
    masala bo‘lib, mamlakatning taraqqiyoti uchun, demokratik islohotlarni amalga 
    oshirish, o‘zi tanlagan mustaqil taraqqiyot yo‘lidan borish uchun ham zarur edi. 
    Konstitutsiyani qabul qilish borasida ham turli-xil nuqtai nazar tarafdorlari ham oz 
    emas edi. Xususan, ular iqtisodiyot nochor ahvolga tushib qolgan va islohotlar 
    mushkul kechayotgan bir sharoitda Konstitutsiya, uning Konsepsiyasi masalasini kun 
    tartibiga qo‘yish bevaqt bo‘ladi va Konstitutsiya bilan bog‘liq bu baxs-janjallarning 
    barchasi siyosiy o‘yindan, siyosiy ehtiroslar kurashidan boshqa narsa emas, hozirgi 
    paytda bor kuch-g‘ayratni, zarur ishlarni bajarishga muhim muammolari asta-sekin 


    hal qilishga qaratish kerak, deb Konstitutsiyani qabul qilishni “ikkinchi darajali”, 
    “zarur bo‘lmagan bir hujjat” sifatida ko‘rish kayfiyatini uyg‘otishga urunishlar bo‘ldi. 
    Bu o‘ta qaltis vaziyatda keng jamoatchilikning e’tiborini chalg‘itishdan boshqa narsa 
    emas edi. Bu bilan ikkinchi bir nuqtai nazar ham yashirish ekanligini ta’kidlash 
    lozim. U “eski, sovet davri Konstitutsiyasi” bilan yashashga bo‘lgan moyillik, uni 
    zimdan saqlab qolishga bo‘lgan urunishlardan beri bo‘lganligini ham unutmaslik 
    kerak. Yoki faqat tanqidga e’tiborni qaratish, bo‘lgan – bo‘lmagan holda “inkor 
    etish” yo‘lini tutishda yaqqol ko‘rish mumkin bo‘lganligi bilan bog‘liq.
    Har qanday mamlakatda Konstitutsiya xalq ongi, tafakkuri, ijodi maxsulidir. 
    Uning ijodkori xalq. Uning loyihasini ham xalq vakillari ishlab chiqadi va qabul 
    qiladi. Lekin ana shu xalq ijodkorligidan, uning ongidan, ruxiyatidan, qarashlaridan 
    to‘g‘ri foydlanish hamma vaqt ham amalga oshavermaydi. 
    Loyihani 
    umumxalq 
    muhokamasi davridagi vaziyat va muhokama jarayoni O‘zbekiston Konstitutsiyasini 
    mukammal hujjat sifatida qabul qilishiga bevosita ta’sir qilgan desak xato bo‘lmaydi.
    Birinchidan, aytish kerakki, O‘zbekiston Konstitutsiyasi loyihasi, boshqa 
    mamlakatlardagi muhokamadan mutloqa farq qilib ikki bosqichda o‘tkazildi. Buni 
    O‘zbekistonning jahon Konstitutsiyaviy qonunchiligi yaratilishi tajribasiga qo‘shgan 
    hissasi ham desa bo‘ladi. 
    Komissiya qarori bilan loyiha 1992 yil 26 sentabrda umumxalq muhokamasi 
    uchun e’lon qilindi. Muhokama haqiqiy demokratik asosida o‘tdi. Ommaviy axborot 
    vositalarida muhokama uchun ko‘plab vaqt va sahifalar ajratildi. 
    Konstitutsiya loyihasi muhokamasida ko‘plab xolisona, har taraflama hujjatni 
    takomillashtirishga qaratilgan asosli takliflar bilan birga, masalani chuqur mohiyatiga 
    yetmasdan qilingan yuzaki, asossiz takliflar, xatto loyihadagi norma va qoidalarni 
    faqat tanqid qilishdangina iborat chiqishlar ham bo‘lgan. Masalan, bir fan arbobi 
    Konstitutsiya loyihasidagi barcha tillarda e’tirof etilgan «prinsip», «suverenitet», 
    «Ratifikatsiya va denonsatsiya» so‘zlarini loyihadan chiqarib, o‘rniga o‘zbekcha 
    atamalarni ishlatilishni taklif etgan. 
    Muhokama natijasida tushgan ko‘plab mulohazalar etiborga olinib, loyihaning 
    tuzatilgan va takomillashgan ko‘rinishi 1992 yil 21 noyabrda yana muhokama uchun 
    e’lon qilindi. E’lon qilingan loyihada ko‘plab fikrlar, takliflar e’tiborga olinganligini 
    ko‘rgan, O‘zbekiston aholisida o‘z kuchiga, komissiyaga ishonch kuchaydi va 
    loyihani muhokamasida yanada faolroq, qizg‘inroq ishtirok etdi.
    Komissiya 
    muhokama 
    natijasini 
    e’tiborga olib, loyihani yanada 
    takomillashtirdi va 1992 yil 8 dekabrda u Oliy Kengash deputatlari tomonidan qizg‘in 
    muhokama qilingach, qabul qilindi.
    Ikkinchidan, Konstitutsiyaning mukammal bo‘lishini sababi, loyihani 
    tayyorlashda komissiya raisi tomonidan aniq va to‘g‘ri vazifalarni qo‘ya bilish, 


    tushgan taklif va mulohazalardan xalqning istaklarini aniq bilib olish va muhokamada 
    barchaga teng imkoniyatlar yaratib berilganlik bo‘ldi desak xato bo‘lmaydi.
    Umuman insoniyat tarixi shuni ko‘rsatadiki, millatni, davlatni yagona qonun, 
    tartib-qoidalar asosida boshqarishda uni tashkil etadigan tuzilmalar, tashkilotlar 
    bo‘lmasa, u holda bunday davlatni umri uzoqqa bormaydi, nari borsa jamoat 
    tashkilotga aylanib qoladi, yoki boshqa bir kattaroq davlatning qaramiga, ayrim 
    jinoiy guruhlarning qo‘g‘irchog‘iga aylanib qolishi mumkin. Shuning uchun ham 
    rivojlangan davlatlarga e’tibor bersak, avvalom bor faqat davlat idoralariga va ularni 
    qonunlarga so‘zsiz itoat etishiga, yoki qonun nomidan ish ko‘rayotgan davlat 
    organlariga, xizmatchilariga duch kelamiz. Davlat idoralarining ayniqsa qurolli 
    kuchlarning, huquq-tartibot organlarning xavfsizlik idoralarining qanchalik mavjud 
    bo‘lishi va ular faoliyat yuritishi uchun zarur mablag‘lar, resurslar, kadrlar bilan 
    ta’minlanishi, ushbu idoralarni boshqarishning oqilona yo‘lga qo‘yilishi har qanday 
    millatning kelajagini belgilab beradi. 
    Hayot bir joyda to‘xtab turmaydi. Bugungi globallashib borayotgan dunyo 
    insoniyatga yangi chaqiriqlar, tahdidlar va o‘zgarishlarni taqdim etmoqda. Bunday 
    vaziyatda davr ruhiga mos rivojlanish, taraqqiy etgan davlatlar qatoriga qo‘shilish, 
    turli tahdidlar ortib borishi sharoitida milliy xususiyatlarni saqlab qolgan holda 
    rivojlanishni ta’minlash kabi masalalardan kelib chiqib qonunchilikni zamon 
    talablariga integratsiya qilish zarurati ortishi tayin. Shu jihatdan, asosiy qonunimiz 
    hisoblangan Konstitutsiyani modernizatsiya qilish ehtiyoji tug‘ildi. Ehtiyojdan kelib 
    chiqib, yangi tahrirdagi 

    Download 26,13 Mb.
    1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   593




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    -maqsad:  Jahon hamjamiyatida mamlakatimiz imidjini oshirishga  qaratilgan axborotlar yetkazish samaradorligini oshirish.  99-maqsad

    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish