Modulning maqsadi: raxbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malaka
oshirish kursi tinglovchilarini oliy ta’limning normativ-huquqiy asoslari bo‘yicha
bilimlarini
takomillashtirish,
normativ-huquqiy
hujjatlarni
qo‘llashdagi
muammolarni aniqlash, tahlil etish, shuningdek, ularda oliy ta’limning
normativ-
huquqiy xujjatlari to‘g‘risida ko‘nikma va malakalarni yangilash xisoblanadi.
Modulning vazifalari:
oliy ta’limning normativ-huquqiy hujjati sifatida qonun hujjatlarini tahlil etish;
oliy ta’limning normativ-huquqiy hujjati sifatida qonunosti hujjatlarini tahlil
etish;
tinglovchilarda normativ-huquqiy hujjatlarni amalda qo‘llash ko‘nikmasi va
malakalarini shakllantirish;
oliy ta’limga tegishli bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish va
tatbiq etish jarayonlarini tahlil etish;
raxbar va pedagog kadrlarda normativ-huquqiy hujjatlarga amal qilish va ularni
ijrosini ta’minlash madaniyatni shakllantirish.
Modul bo‘yicha tinglovchilarning bilimi, ko‘nikmasi, malakasi va
kompetensiyalariga qo‘yiladigan talablar
“Oliy ta’limni normativ huquqiy asoslari” modulini o‘zlashtirish
jarayonida
amalga oshiriladigan masalalar doirasida:
tinglovchi:
Oliy ta’lim sohasiga oid qonun hujjatlari va ularning mazmunini;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining oliy ta’lim
tizimiga oid farmonlari,
qarorlarini;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim tizimiga tegishli
qarorlarini;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim jarayonlarini rejalashtirish
va tashkil etishga oid buyruqlarini;
Davlat
ta’lim
standartlari,
ta’lim
yo‘nalishlari
va
magistratura
mutaxassisliklarining
Malaka talablari, o‘quv rejalari, fan dasturlari va ularga
qo‘yiladigan talablarni, o‘quv yuklamalarini rejalashtirish va ularning bajarilishini
nazorat qilish usullari haqidagi bilimlarga ega bo‘lishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim tizimiga oid farmonlari,
qarorlari va farmoyishlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim tizimiga
tegishli qarorlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish;
Oliy ta’lim, fan va innovatsiya vazirligining ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil
etishga
oid buyruqlari, Davlat ta’lim standartlari, ta’lim yo‘nalishlarining va
magistratura mutaxassisliklarining Malaka talablari, o‘quv rejalar va fan dasturlarini
takomillashtirish;
o‘quv yuklamalarni rejalashtirish va ularning bajarilishini nazorat qilish
ko‘nikma va malakalarini egallashi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy ta’lim tizimiga oid farmonlari va
qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Oliy ta’lim tizimiga oid
qarorlari;
O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va
innovatsiya vazirligining
buyruqlari asosida ta’lim-tarbiya jarayonlarini tashkil etish;
Davlat ta’lim standartlari, Malaka talablari, o‘quv rejalar va fan dasturlar
asosida fanning ishchi dasturini ishlab chiqish kompetensiyalarni egallashi lozim.
Modulni tashkil etish va o‘tkazish bo‘yicha tavsiyalar
“Oliy ta’limni normativ huquqiy asoslari” moduli ma’ruza
va amaliy
mashg‘ulotlar shaklida olib boriladi.
Kursni o‘qitish jarayonida ta’limning zamonaviy metodlari, axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari qo‘llanilishi nazarda tutilgan:
ma’ruza darslarida zamonaviy kompyuter texnologiyalari yordamida taqdimot
va elektron-didaktik texnologiyalardan;
o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlarda texnik vositalardan, blits-so‘rovlar, aqliy
hujum, guruhli fikrlash, kichik guruhlar bilan ishlash va boshqa interfaol ta’lim
metodlarini qo‘llash nazarda tutiladi.
Modulning o‘quv rejadagi boshqa modullar bilan bog‘liqligi va uzviyligi
“Oliy ta’limni normativ huquqiy asoslari” modul mazmuni o‘quv
rejadagi
barcha kurslar bilan bevosita va bilvosita bog‘liq, ya’ni “Yangi O‘zbekiston
taraqqiyot strategiyasi”, “Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalarni joriy etish”,
“Innovatsiya va ilmiy tadqiqotlar natijalarini tijoratlashtirish”, “Kasbiy
kompenentlikni rivojlantirish”, “Ta’lim sifatini ta’minlashda baholash metodikalari”
o‘quv modullari bilan uzviy bog‘langan.