75-maqsad:
Tasviriy va amaliy san’at hamda dizayn yo‘nalishlarini
rivojlantirish, aholining badiiy-estetik didini yuksaltirish.
76-maqsad:
Madaniyat va san’at sohalarini yanada rivojlantirish, madaniyat
muassasalari va obyektlarining moddiy-texnika bazasini yaxshilash.
77-maqsad:
O‘zbekiston tarixini o‘rganish va targ‘ib
qilishni yanada
rivojlantirish.
78-maqsad:
Milliy kino san’atini rivojlantirish.
VI. MILLIY MANFAATLARDAN KELIB CHIQQAN HOLDA
UMUMBASHARIY MUAMMOLARGA YONDASHISH
79-maqsad:
Aholi salomatligi va genofondiga
ziyon yetkazadigan mavjud
ekologik muammolarni bartaraf etish.
80-maqsad:
Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish,
shahar va
tumanlarda ekologik ahvolni yaxshilash, «Yashil makon»
umummilliy loyihasini
amalga oshirish.
81-maqsad:
O‘rmonlar maydonini kengaytirish.
82-maqsad:
Ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashishning samarali
mexanizmlarini shakllantirish.
83-maqsad:
Davlat xizmatida halollik standartlarini joriy etish.
84-maqsad:
Korrupsiyaga moyil soha va tarmoqlarni aniqlash, korrupsiyaviy
omillarni bartaraf etish tizimining
samaradorligini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga
nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish.
85-maqsad:
Mamlakatda yangi ish o‘rinlari
yaratish, aholi daromadlarini
oshirish va shu orqali 2026 yil yakuniga qadar kambag‘allikni kamida 2
baravarga
qisqartirish.
86-maqsad:
Xavfsiz, tartibli va qonuniy mehnat migratsiyasini ta’minlash
hamda samarali migratsiya siyosatini yuritish.