24-maqsad:
Iqtisodiyotni elektr energiyasi bilan uzluksiz ta’minlash hamda
«Yashil iqtisodiyot» texnologiyalarini barcha sohalarga faol joriy etish,
iqtisodiyotning energiya samaradorligini 20 foizga oshirish.
25-maqsad:
Raqamli iqtisodiyotni asosiy «drayver» sohaga aylantirib, uning
hajmini kamida 2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni olib borish.
26-maqsad:
Mamlakatda investitsiya muhitini yanada yaxshilash va uning
jozibadorligini oshirish, kelgusi besh yilda 120 milliard AQSH dollari, jumladan 70
milliard dollar xorijiy investitsiyalarni jalb etish choralarini ko‘rish.
27-maqsad:
Iqtisodiyotda moliyaviy resurslarni ko‘paytirish maqsadida,
kelgusi 5 yilda fond bozori aylanmasini 200 million AQSH dollaridan 7 milliard
AQSH dollariga yetkazish.
28-maqsad:
Respublikaning eksport salohiyatini oshirish orqali 2026 yilda
respublika eksport hajmlarini 30 milliard AQSH dollariga yetkazish.
29-maqsad:
Tadbirkorlik faoliyatini tashkil qilish va doimiy daromad
manbalarini shakllantirish uchun sharoitlar yaratish, xususiy sektorning Yalpi ichki
mahsulotdagi ulushini 80 foizga va eksportdagi ulushini 60 foizga yetkazish.
30-maqsad:
Qishloq xo‘jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali
dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo‘jaligining
yillik o‘sishini kamida 5 foizga yetkazish.
31-maqsad:
Suv resurslarini boshqarish tizimini tubdan isloh qilish va suvni
iqtisod qilish bo‘yicha alohida davlat dasturini amalga oshirish.