uchinchidan, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan
taraqqiyot
strategiyasini
amalga
oshirish
bo‘yicha
milliy
komissiya
tarkibi tasdiqlanadi.
Xususan, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasining 11-
maqsadida “Xalq bilan muloqotning samarali mexanizmlarini takomillashtirish”
muhim vazifa etib belgilanmoqda. Xalq bilan ochiq muloqotning mexanizmlarini
yanada takomillashtirish, muhim qarorlarni jamoatchilik fikrini inobatga olgan holda
qabul qilish amaliyotini kengaytirish, davlat organlariga
kelib tushgan murojaatlarni
ko‘rib chiqish jarayonini raqamlashtirish, murojaatlarni tezkor va sifatli ko‘rib
chiqilishini ta’minlash ko‘zda tutilmoqda.
Eng asosiysi, Yangi O‘zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan
taraqqiyot strategiyasini 2022 yilda amalga oshirish bo‘yicha “yo‘l xaritasi”
loyihasida “Davlat xalqqa xizmat ko‘rsatishi shart” g‘oyasini tatbiq etishni nazarda
tutuvchi “Xalqchil davlat” milliy dasturini ishlab chiqish vazifasi zimmamizga
yuklangani bejiz emas. Ushbu Dastur loyihasi, ilg‘or xorijiy davlatlarning tajribasini
inobatga olgan holda, belgilangan muddatda ishlab chiqiladi va taqdim etiladi.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasining 12-maqsadi “Ta’sirchan
jamoatchilik
nazoratini
amalga
oshirishning
tashkiliy-huquqiy
asoslarini
takomillashtirish” deb nomlangani bejiz emas.Zero, bu o‘rinda
ommaviy axborot
vositalarining roli va jurnalistlarning kasbiy faoliyati himoyasini yanada kuchaytirish,
odamlarni qiynayotgan muammolar hamda islohotlarning ijrosi ahvolini o‘rganishda
ijod ahli mehnatidan samarali foydalanish ko‘zda tutilmoqda. Bularning barchasi, o‘z
navbatida, yurtimizda ta’sirchan jamotchilik nazoratini o‘rnatishga xizmat qiladi.
Turli yosh toifasi uchun mo‘ljallangan o‘quv kurslari hamda onlayn dasturlar
ommalashtiriladi. Xalq ta’limi va professional ta’lim tizimining tegishli darsliklariga
media savodxonlik bo‘yicha mavzular joriy qilinadi. Shaxsiy va sir saqlanishi lozim
bo‘lgan ma’lumotlarni internet tarmog‘ida oshkor qilish bilan bog‘liq daxlsizlik
huquqlari buzilishining oldini olish ham ko‘zda tutilgan. Bunda Jinoyat kodeksi va
Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning daxlsizlik huquqlari bilan bog‘liq
moddalariga tegishli qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun
loyihasi tayyorlanadi.
Strategiyaning 90-maqsadida
BMT organlari va institutlari, global va
mintaqaviy
iqtisodiy,
moliyaviy
va
gumanitar
tashkilotlardagi
faoliyatni
kuchaytirish haqida so‘z boradi. YA’ni, O‘zbekistonni BMT tuzilmalari orqali dunyo
hamjamiyatiga keng tanitish; O‘zbekiston rahbariyatining BMT doirasidagi
tashabbuslarini amalga oshirishni ta’minlash; BMT va uning muassasalari bilan
iqtisodiy-moliyaviy va konsultativ hamkorlikni rivojlantirish bunda muhim ahamiyat
kasb etadi.
Shuningdek, BMT va uning ixtisoslashgan muassasalari bilan madaniy-
gumanitar hamkorlikni jadallashtirish; BMTning “Inson huquqlari yo‘lida harakatga
da’vat” tashabbusini ilgari surish uchun barcha sheriklar bilan yaqin hamkorlikni
davom ettirish istiqbollari ko‘rsatib berilmoqda.
Umuman olganda, Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi loyihasi negizida
bir qancha yangi dasturlar, yangi konsepsiyalar, yangi qonun hujjatlari qabul qilinishi
nazarda tutilmoqda. Bu bilan mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy
va ekologik rivojlanishining keyingi bosqichida amalga oshiriladigan islohotlar keng
qamrab olinmoqda. Shunday ekan, Taraqqiyot strategiyasining tasdiqlanishi va
muvaffaqiyatli amalga oshirilishi O‘zbekistonda demokratik
huquqiy davlat barpo
etish hamda erkin fuqarolik jamiyatini rivojlantirish orqali inson qadrini ulug‘lashga
qaratilgan ulkan maqsad va vazifalarimizga erishish imkonini beradi.
Shu o‘rinda taraqqiyot strategiyasida ko‘rsatib berilgan ustuvor yo‘nalishlar va
maqsadlarni ko‘rsatib o‘tish ehtiyoji tug‘iladi. Ular quyidagilardan iborat: