ustuvor yo‘nalishlar va eng muhim vazifalarning atroflicha tahlili shundan dalolat
beradi.
Yangi hujjat – Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi endi Yangi
O‘zbekistonning poydevorini tiklash va binosini qurishga qaratilgan. Bu buyuk
bunyodkorlik jarayoni 2026 yilgacha bo‘lgan davrni qamrab oladi va yilma-yil
amalga oshirib boriladi. Eng avvalo “Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi”,
degan nomning mazmun-mohiyatiga to‘xtalib o‘tish joiz. Bu nomning kelib chiqishi,
bir qator muhim omillarga borib taqaladi.
Birinchi omil:
ushbu nom Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasi –
Harakatlar strategiyasining mantiqiy davomi ekanini anglatadi. Agar Harakatlar
strategiyasida 5 ta ustuvor yo‘nalish belgilab olingan bo‘lsa, Taraqqiyot
strategiyasida ham ushbu ustuvor yo‘nalishlar davomiyligi saqlab qolingan. Shu bilan
bir qatorda, taraqqiyot o‘zgarishlarining yangi tarixiy bosqichda davom ettirilishi
ko‘zda tutilgan holda, Taraqqiyot strategiyasiga 2 ta yangi ustuvor yo‘nalish
qo‘shildi. Bulardan biri – ma’naviy taraqqiyotni ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lsa,
ikkinchisi – O‘zbekistonning dunyoda yuz berayotgan global muammolarga
munosabati negizida belgilangan yangi ustuvor yo‘nalishdir.