2- MA’RUZA. JAMIYATNING MA’NAVIY TARAQQIYOTI VA
“MA’RIFATLI JAMIYAT” KONSEPSIYASI.
Reja:
1.
Ta’lim va tarbiya jarayonlarini tashkil etishda jamiyatning ma’naviy
asoslari.
2.
“Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi va uning
mazmun-mohiyati.
3.
Globallashuv va axborot asrida ma’naviyat, ma’rifat va axloq
masalalari.
Tayanch tushunchalar:
Ma’naviyat, mafkura, ta’lim, tarbiya, ma’rifatli
jamiyat, globallashuv, global axborotlashuv, axborot asri, mafkuraviy tahdidlar,
milliy xususiyatlar.
Bugun dunyoning barcha mintaqalarida globallashuv jarayoni ijtimoiy-
madaniy hodisalarga o‘zining turlicha ta’sirini o‘tkazmoqda. Bunday ta’sirning bir xil
emasligi dunyo mamlakatlarining siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, axborot, ma’naviy
salohiyatlari va geosiyosiy omillar bilan chambarchas bog‘liq. Olamda yuz
berayotgan bu kabi shiddatli jarayonlarning avj olishi sharoitida milliy ma’naviyatga
qaratilgan tahdidlar tobora oshib bormoqda. Buning asosiy sababi ma’naviyatning
millat ongi, dunyoqarashi va mentalitetini tashkil etish bilan bog‘liqdir. Ularni turli
xil zamonaviy usul va vositalar yordamida o‘zgartirish orqali millatni, mamlakatni va
uning barcha boyliklarini qo‘lga kiritish mumkin bo‘ladi. Ma’naviyatning inqirozga
yuz tutishi, albatta, mamlakatning taraqqiyotdan orqada qolishiga, boshqa
davlatlarning izmida bo‘lishiga olib keladi.
Ma’naviyat – inson axloqi va odobi, bilimlari, iste’dodi qobiliyati, amaliy
malakalari, vijdoni, iymoni, e’tiqodi, dunyoqarashi, mafkuraviy qarashlarning bir-biri
bilan uzviy bog‘langan, jamiyat taraqqiyotiga ijobiy ta’sir etadigan mushtarak
tizimidir.
Mustaqilligimizning dastlabki yillaridanoq ma’naviyat, yoshlar tarbiyasi,
barkamol avlod, komil insonni shakllantirish masalalari davlat siyosatining ustuvor
yo‘nalishlari qilib belgilandi. Chunki har qanday davlatning, har qanday jamiyatning
kelajagi, uning taraqqiyoti, jahonda o‘z o‘rniga ega bo‘lishi masalalari uning
yoshlarining bilimi, salohiyati, dunyoqarashi, ma’naviyatiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri
bog‘liqdir.
Shu o‘rinda ta’kidlash joizki, ma’naviyatning mohiyati va amaliy ahamiyati,
ayniqsa, jamiyat taraqqiyotining burilish davrlarida yaqqol ko‘zga tashlanadi.
Davlatning kuchi va qudratini ma’naviy jihatdan barkamol bo‘lgan kishilargina
belgilaydi. Ma’naviyatga e’tibor bermagan mamlakatda katta iqtisodiy, ijtimoiy,
siyosiy bo‘hronlar sodir bo‘ladi. Jamiyat hayotidagi barcha bo‘hronlarning tomiri
ham kishilarning ma’naviy kamoloti darajasi va holatiga borib taqaladi. Xalqi
ma’naviy jihatdan qashshoq bo‘lgan va u oqilona boshqarilmagan mamlakat, tabiiy
boyliklari behisob bo‘lsa ham, hech qachon buyuk davlat bo‘la olmaydi. Bu fikrlar
to‘g‘riligi insoniyat jamiyati taraqqiyotining har qadamida to‘la isbotlanadi. Shu
sababli ham hozirgi kunda jahondagi rivojlangan mamlakatlar, mustaqil taraqqiyot
yo‘liga o‘tib olgan yosh davlatlar jamiyat a’zolarining ma’naviy kamoloti masalasiga
birinchi darajali ahamiyat berib kelmoqdalar.
O‘z taqdiri va kelajagi uchun qayg‘uruvchi har qanday jamiyat, har qanday
mamlakat yoshlarga munosabat masalasida ularning hayotini ma’naviy boy,
sermazmun qilish, har tomonlama yetuk, barkamol inson bo‘lib yetishishidan
manfaatdordir. Shuning uchun yoshlarning jismoniy, ma’naviy va intellektual
qobiliyatlarini namoyon qila olishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berilmoqda.
Yoshlarimizning siyosiy ongli, ma’naviy barkamol, sharqona odob-axloqli, faol,
ma’suliyatli, ona-Vatanga sadoqatli bo‘lib yetishishi jamiyat, davlat taqdiri uchun
g‘oyat muhimdir.
Inson hayoti tajribasi, faoliyati, bilimi, ilmi, odob-axloqi, hatti-harakati bilan
o‘zining ma’naviy olamini boyitib boradi. Aqlan va axloqan boyib borgan sari o‘z
oldiga oliyjanob vazifalarni qo‘yib, unga erishish uchun harakat qiladi. Harakat esa
ma’naviy zaminni talab qiladi. Ma’naviy kamolot jarayonida inson xarakteri
toblanadi.
Ma’naviy kamolot o‘tmishdan qolgan meros va qadriyatlarni o‘rganish,
rivojlantirish, yangi bosqichga ko‘tarish orqali amalga oshadi. Bir davrga, millatga,
dinga, mafkuraga xos bo‘lgan ma’naviyat mezonlarini mutlaqlashtirish, ularga ko‘r-
ko‘rona e’tiqod qilish ham shaxs va jamiyat kamoloti imkoniyatlarini cheklab
qo‘yadi. Ma’naviy kamolot asosida adolatga tayanish yotadi. Adolatli jamiyatgina
komil insonni tarbiyalashga imkon yaratadi. Komil insonlar esa jamiyat taraqqiyotini
ta’minlaydigan asosiy omildir. Bu avvalo va asosan komil inson darajasiga
ko‘tarilishi lozim bo‘lgan yoshlarga taalluqlidir.
Axloqan barkamol, bilimli va tajribali, ilm asoslarini chuqur egallagan,
adolatparvarlik, insonparvarlik e’tiqodi kuchli rahbar shaxslar yuksak ma’naviy
fazilatlarning sohibi bo‘la oladilar. Bu fazilatlarning barchasi birgalashib,
jamiyatning dunyoqarashi, e’tiqodi, xalqning milliy ongi shakllanishiga,
mustahkamlanib, rivojlanishiga olib keladi. Ma’naviy kamolot, uning barcha qirralari
o‘zaro bog‘liqligi, bir-biriga bevosita yoki bilvosita ta’sir etib turishi asosida davom
etadi. Inson, jumladan yoshlar kamolotini ma’naviyatning yuqoridagi tomonlaridan
birortasisiz to‘liq tasavvur etish mumkin emas. Uning mohiyati ham shu sifatlarning
mushtarak birligi asosida shakllanadi va kamol topib boradi.
Ma’naviy kamolot jamiyat taraqqiyotining inson faoliyati, ongi bilan bog‘liq
bo‘lgan subyektiv omillari tobora kengayib, chuqurlashib, rivojlanib borishini
bildiradi. Talaba-yoshlarimizning kelajakda o‘z sohasining yetuk mutaxassisi bo‘lib
yetishishlarida, jamiyat taraqqiyotiga munosib hissalarini qo‘shishlarida, birinchi
navbatda, ularning ma’naviy kamoloti, har jihatdan mukammal insonlar bo‘lib
shakllanishlari g‘oyat muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma’lumki, mamlakatimizni demokratik tamoyillar, ilm-fan yutuqlari asosida
modernizatsiya qilish bilan birga, muqaddas dinimizni, milliy o‘zligimizni asrab-
avaylab yashashni maqsad qilib qo‘yganmiz. Sharqona ma’naviy ahloqning asosiy
mezoni bizga qadimdan meros bo‘lib kelayotgan urf-odatlar, an’analar hamda
ko‘plab xalqlar falsafasining asosi bo‘lib yaratilgan umuminsoniy qadriyatlar
hisoblanadi. Bu tushunchalar Sharq falsafasida insoniyat uchun, har bir xalq, oila va
shaxs uchun bebaho boylik va mulk sifatida baholanadi.
Shu o‘rinda ta’kidlash lozimki, sharq xalqlari hayotida zamin, oila, ota-ona,
bolalar, qarindosh-urug‘, umuman olganda, davlat mustaqilligiga sadoqat, insonga
hurmat, ishonch, xotira, vijdon, erkinlik kabi tushunchalar keng ma’no kasb etadi.
Agar inson o‘zini xalqning bir zarrachasi deb hisoblasa, xalqni o‘ylasa va uning
manfaati yo‘lida mehnat qilsagina, ma’naviy ahloqqa aloqador bo‘ladi.
Hozirgi umumjahon yangilanishlar jarayoni avval muayyan mamlakat, keyin
bir guruh davlatlar, ayni chog‘da esa barcha mamlakatlar taqdiriga, jamiyatlar va
jamoalar, alohida insonlar hayotiga bevosita va bilvosita ta’sir ko‘rsata boshladi.
Dunyo yangilanishlari jarayonida har bir davlat o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘zi belgilab,
jamiyatdagi ilmiy-ma’rifiy va ma’naviy salohiyatni takomillashtirmoqda.
O‘zbekistonda ham bu o‘zgarishlar jarayonlari oqimida o‘zining betakror
ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy yangilanish dasturlari yaratilib, ularda inson manfaatlari
ustuvorlikka ega bo‘lib, bu jamiyatdagi barkamol avlod, qolaversa, har bir
farzandimizning ma’naviy-axloqiy yetukligiga bog‘liq.
Kelajakda huquqiy demokratik davlat barpo etish va xalqimiz uchun munosib
turmush tarzini yaratish oliy maqsadimizdir. Bu maqsadlarga erishishimiz xalqimiz,
ayniqsa yoshlarimizga, ularning ma’naviy-axloqiy tarbiyasiga bevosita bog‘liq.
Jamiyatimizni isloh qilish, milliy qadriyatlarimiz va haqiqiy tariximizni tiklash,
milliy g‘oyamizga ega bo‘lish jarayonida yoshlarni ma’naviy-axloqiy ruhda
tarbiyalash dolzarb masalalardan bo‘lib, u tarbiyaviy ishlar majmuida asosiy o‘rinni
egallaydi.
So‘nggi yillarda yoshlarning ma’naviy-mafkuraviy tafakkurini rivojlantirish
davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi. Buni amaldagi hukumat tomonidan mazkur
sohaga qaratilgan e’tiborning ortib borayotgani, qabul qilinayotgan qaror va boshqa
huquqiy hujjatlardan ko‘rish mumkin. Shunday hujjatlardan biri – bu qabul qilinishi
kutilayotgan “Yangi O‘zbekiston – ma’rifatli jamiyat” konsepsiyasi va uni amalga
oshirish milliy dasturidir. Davlatimiz rahbari SH Mirziyoyev ishlab chiqiladigan
konsepsiyadan kutiladigan natijalar haqida to‘xtalib o‘tgan.
Bu, avvalo, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizni davr talablariga mos
ravishda boyitish va rivojlantirish, shu orqali jamiyatning madaniy va ma’rifiy
yuksalishiga erishish imkonini beradi.
O‘z navbatida, bu jamiyat a’zolarining ongi va tafakkurini, hayot falsafasi va
dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Bunda, aholi, ayniqsa, yoshlarning intellektual salohiyati va dunyoqarashini
yuksaltirish, vatanparvarlik, xalqqa muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan
barkamol avlodni tarbiyalash – oliy maqsaddir.
Ilm-fan, madaniyat va san’at, adabiyot va badiiy ijod sohalarining
mamlakatimiz taraqqiyotidagi o‘rni va ta’sirini yanada oshirishga qaratilgan alohida
dasturlar qabul qilinadi.
Ijodkor ziyolilarga doimiy e’tibor qaratish, ularni moddiy va ma’naviy
jihatdan qo‘llab-quvvatlash, mehnat va yashash sharoitlarini yaxshilashga qaratilgan
ishlar davom ettiriladi.
Madaniyat va sport muassasalari, teatr va muzeylarning moddiy-texnik
bazasini yanada yaxshilash bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Hududlarning madaniy yuksalishi, xalq hunarmandchiligini ravnaq
toptirishga qaratilgan manzilli ishlarni tizimli asosda olib boriladi.
Mamlakatimizda diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlikni ta’minlash,
fuqarolarimizni turli mafkuraviy tahdidlardan, zararli oqim va g‘oyalardan himoya
qilish masalalari bundan buyon ham diqqat markazida bo‘ladi.
Muqaddas dinimiz, ezgu fazilatlarimizning mujassam ifodasi sifatida
qadrlanadi. Yurtimizda turli diniy konfessiyalar uchun zarur sharoit yaratishga
qaratilgan siyosat izchil davom ettiriladi.
Yaratilajak konsepsiya avvalo, ma’naviy-axloqiy qadriyatlarimizni davr
talablariga mos ravishda boyitish va rivojlantirish, shu orqali jamiyatning madaniy va
ma’rifiy yuksalishiga erishish imkonini beradi. Jamiyat a’zolarining ongi va
tafakkurini, hayot falsafasi va dunyoqarashini kengaytirishga xizmat qiladi.
Tarbiyada uzilishga yo‘l qo‘yib bo‘lmasligi, odamlarning yoshi, kasbi, bilimi
darajasi va ma’naviy qiyofasiga qarab ma’rifiy ishlarning samarali uslublarini joriy
qilish lozimligini hayotning o‘zi ko‘rsatmoqda. Shu sababli targ‘ibot-tashviqot
ishlarini ham ommaviy, ham muayyan ijtimoiy guruhlar, ham individual tarzda olib
borish zarurati yuzaga kelmoqda. Ma’naviy tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishda
ommaviy axborot vositalari katta ta’sir kuchiga ega. Ochig‘i, ularning bu
imkoniyatlaridan yetarli darajada samarali foydalana olmayapmiz. Ijtimoiy
tarmoqlarda so‘nggi paytlarda kuzatilayotgan turli g‘oyaviy va mafkuraviy xurujlarga
aks ta’sir ko‘rsatishning aniq tizimi shu paytgacha izchil yo‘lga qo‘yilmaganligi
nihoyatda tashvishli hol. Ayniqsa, «ommaviy madaniyat» niqobi ostida milliy
o‘zligimiz va qadriyatlarimizga mutlaqo yot urf-odatlar singdirilayotgani hech bir
qolipga sig‘maydi. Ularning ko‘pchilik shakllari nikoh to‘ylarida joriy qilina
boshlaganiga guvoh bo‘lib turibmiz.
Televideniye va radio kanallardagi badiiy kengashlar faoliyatini tanqidiy
o‘rganish va tahlil qilish lozimga o‘xshaydi. Telekanallar soni oshishi bilan birga
ulardagi ko‘rsatuvlarning ma’naviy-ma’rifiy darajasini yuksaltirish muammoligicha
qolmoqda. Xorijiy televideniyelardan andoza olgan holda turli xil shoular, tanlovlar,
chet el teleseriallari va ularning syujetlari asosidagi milliy seriallar, kliplar namoyish
etilishi, ko‘p hollarda oilaviy mojarolar, xudbinlik mavzulari atrofida o‘ralashib
qolinayotgani endi ulg‘ayib kelayotgan yoshlarimizga o‘z ta’sirini ko‘rsatmasdan
qolmayotgani shubhasiz. Albatta, bu o‘rinda davr va zamon, inson va uning
dunyoqarashidagi sifat o‘zgarishlarini hisobga olgan holda o‘z faoliyatini isloh qilib,
yangicha sharoitda ham salmoqli miqdordagi mushtariylarga ega davriy matbuot
nashrlari borligini e’tirof etish joiz. Lekin ular ham sanoqli.
Odamlarning
matbuot
nashrlariga
qiziqishini
qayta
tiklash
muhim
muammolardan biriga aylandi. Menimcha, ushbu masala yechimi uchun jiddiy
ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazilishi, ular yakunlari tahlil va xulosalar asosida tahririyatlar
faoliyati isloh qilinishi, matbuot nashrlarining ijtimoiy tarmoqlardagi ommabopligini
oshirish bo‘yicha tizimli choralar belgilanishi va amalga oshirilishi maqsadga
muvofiq bo‘ladi.
Xulosa qilib aytganda, yangi O‘zbekistonni va unda ma’rifatli jamiyatni
yaratish hammamizga va har birimizga ko‘p jihatdan bog‘liq. Avvalo, barchamiz -
bunyod etilayotgan yangi jamiyatimizga munosib bo‘lish uchun boy tarixiy
madaniyatimiz va milliy qadriyatlarimizga asoslangan holda zamonaviy bilim va
ko‘nikmalar bilan mustahkamlangan salohiyatga ega bo‘lishimiz lozim. Shu sababli
ham keng miqyosdagi ma’naviy-ma’rifiy ishlarni amalga oshirishda huquqiy-
tashkiliy shaklidan qat’i nazar, jamiyatimizning ushbu sohaga mutasaddi -
subyektlarini o‘zaro uzviy va muvofiqlashgan faoliyati tizimli yo‘lga qo‘yilishini
davrning o‘zi talab qilmoqda.
Dunyoda kechayotgan globallashuv jarayoni ijtimoiy-siyosiy hayotning barcha
jabhalariga kirib bormoqda. Xususan, globallashuv sharoitida axborot omilining
yetakchi o‘ringa chiqayotganligi bois bunday sharoitda yoshlarimizni turli global
tahdidlardan himoya qilish, ularni g‘oyaviy tahdidlarga qaram bo‘lmaydigan
ma’naviy barkamol shaxs sifatida shakllanishlarini ta’minlash har qachongidan ham
muhim. Chunki globallashuv ijobiy jihatlari bilan bir qatorda salbiy xususiyatlarga
ham ega bo‘lib, bular birinchi navbatda mafkuraviy tahdidlarning hech qanday
chegaralarsiz kirib kelishi bilan xarakterlanadi. Shu o‘rinda Mamlakatimiz Prezidenti
Sh.Mirziyovning fikriga e’tibor qaratish zarur: “Bugungi tez o‘zgarayotgan dunyo
insoniyat oldida, yoshlar oldida yangi-yangi, buyuk imkoniyatlar ochmoqda. Shu
bilan birga, ularni ilgari ko‘rilmagan turli yovuz xavf-xatarlarga ham duchor
qilmoqda. G‘arazli kuchlar sodda, g‘o‘r bolalarni o‘z ota-onasiga, o‘z yurtiga qarshi
qayrab, ularning hayotiga, umriga zomin bo‘lmoqda. Bunday keskin, tahlikali
sharoitda biz ota-onalar, ustoz-murabbiylar, jamoatchilik, mahalla ko‘y bu masalada
hushyorlik va ogohlikni yanada oshirishimiz kerak. Bolalarimizni birovlarning
qo‘liga berib qo‘ymasdan, ularni o‘zimiz tarbiyalashimiz lozim”.
Bu borada hukumat tomonidan qabul qilinayotgan qator meyoriy hujjatlar
masalaning o‘ta jiddiy va dolzarb ekanligidan dalolat beradi. Jumladan, 2018 yilning
14 avgustida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “
|