bevosita amalga oshirilishi va tegishli mutassaddilar ustidan bu borada nazoratning
ta’minlanishiga mas’ul etib belgilangan.
Taraqqiyot strategiyasining har bir bosqichini amalga oshirishda jamoatchilik
nazorati ishtirokining kuchaytirilayotgani ham e’tiborga molik. Tabiiyki, bunday
nazoratni amalga oshirish uchun keng imkoniyatlar yaratilayotgani esa alohida
diqqatga sazovor. Turli jabhalaru sohalarning raqamlashtirilishi, shuningdek, elektron
platformalar tashkil qilinishining rejalashtirilishi, eng avvalo ushbu tashkilotlarning o‘z
faoliyatida samaradorlikka erishishi uchun xizmat qilsa, boshqa tomondan aholining
davlat organlari faoliyatidan qoniqish hissini shakllantirishga turtki bo‘ladi.
Shuningdek, ushbu shaffoflik va ochiqlik jamoatchilik nazoratini samarali amalga
oshirish imkonini ham beradi. Undan tashqari, barcha darajadagi davlat organlarining
xalq vakillari
– deputatlar oldidagi hisobdorligi ortayotganligi ham davlat organlari
ustidan nazoratning kuchayishi, mutassaddilarning o‘z vazifalariga mas’uliyat bilan
yondashishlariga xizmat qiladi.
Donishmanlar aytganidek hayot bir joyda to‘xtab turmaydi. Qabul qilingan har
qanday qonun, qaror va boshqa meyoriy hujjatlar vaqt o‘tib o‘z ta’sirchanligini
kamaytirishi, davrning yangi chaqiriqlariga mos kelmasligi mumkin. Shu jihatdan
olib qaraganda,
2023-yil 11-sentabrda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasi