kafolatlash, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini chuqur qayta ishlashni tashkil etish
hamda hududlarni jadal rivojlantirishni ta’minlash bo‘yicha ta’sirchan choralar
ko‘rildi.
Fuqarolarning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va kambag‘allikni qisqartirish
davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida belgilanib, aholini yangi ish o‘rinlari va
kafolatli daromad manbai, malakali tibbiy va ta’lim xizmatlari, munosib yashash
sharoitlari bilan ta’minlash sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarildi. So‘nggi besh
yillik islohotlarning natijasida mamlakatimizda Yangi O‘zbekistonni barpo etishning
zarur siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy-ma’rifiy asoslari yaratildi. Jahon
miqyosidagi murakkab jarayonlarni va mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot
natijalarini chuqur tahlil qilgan holda keyingi yillarda “Inson qadri uchun” tamoyili
asosida xalqimizning farovonligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini
transformatsiya qilish va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, inson huquqlari va
manfaatlarini so‘zsiz ta’minlash hamda faol fuqarolik jamiyatini shakllantirishga
qaratilgan islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash ehtiyojlaridan kelib
chiqqan
holda
Keng
jamoatchilik
muhokamasi
natijasida