|
ta
ustuvor yo‘nalishi
doirasida
100 ta Pdf ko'rish
|
bet | 24/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTON7 ta
ustuvor yo‘nalishi
doirasida
100 ta
maqsadga erishishga qaratilgan va 2022 yilda amalga oshirilishi lozim
bo‘lgan
398 ta
chora-tadbirni o‘z ichiga olgan. Ushbu maqsadlarga erishish yo‘lida
amalga oshiriladigan sa’y-harakatlar ham aniq. Ular, o‘z navbatida, samaradorlik va
natijadorlikni nazorat qilishni anchayin osonlashtiradi. Boshqacha qilib aytganda,
rejalashtirilgan islohotlar natijadorligini taraqqiyotning maqsadlariga erishganlik
darajasiga muvofiq ravishda baholash tizimi joriy etilmoqda.
Taraqqiyot strategiyasini ishlab chiqishda va qabul qilishda Harakatlar
strategiyasiga nisbatan mamlakatimiz aholisining ishtiroki sezilarli darajada ortdi. Bu
bilan hujjatning yanada xalqchilligi ta’minlandi. Bunga, xususan faqatgina uchta asosiy
elektron platformaga jamoatchilik muhokamalari yakuni bo‘yicha kelib tushgan
17 mingdan
ziyod fikr-mulohazalar yaqqol dalil bo‘la oladi. Bunda, Harakatlar
strategiyasi doirasida boshlangan xalq bilan muloqot tizimi muhim rol o‘ynaganini
alohida e’tirof etish joiz. Chunki, aynan Harakatlar strategiyasida belgilab berilgan
ishlarni amalga oshirish jarayonida davlat organlarining aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri
muloqoti yo‘lga qo‘yildi, yildan-yilga shaffoflik ortib bordi. Bu esa o‘z-o‘zidan
aholining davlat organlariga nisbatan munosabatini tubdan o‘zgartirdi, uning faolligi,
islohotlarga ishonchi va daxldorligini kuchaytirdi. Eng muhimi, fuqarolar tomonidan
davlat organlari oldiga masala qo‘yish imkoniyatlari yanada kengaydi.
Strategiyada yaqin va o‘rta istiqbolda mamlakatimizning rivojlanish
tendensiyalari
qanday
bo‘lishi,
bu
boradagi
ustuvor
vazifalar
belgilangan.
«Harakatlar strategiyasidan – Taraqqiyot strategiyasi sari»
degan
tamoyil asosida islohotlarning uzviyligi va davomiyligini ta’minlashga alohida e’tibor
qaratilgan. Jumladan, Harakatlar strategiyasi har bir sohada ulkan islohotlarni amalga
oshirish bilan boshlangan bo‘lsa, Taraqqiyot strategiyasida esa mazkur islohotlar
uzviyligi ta’minlangani holda davom ettiriladi, to‘plangan katta tajriba va imkoniyatlar
asosida islohotlar yanada qat’iylik va jadallik bilan takomillashtirilib boriladi. Bunda
natijadorlik koeffitsiyenti ortib, olib boriladigan islohotlarning samaradorligi ortadi.
Taraqqiyot strategiyasini ijro qilish bo‘yicha mexanizm takomillashtirildi.
Xususan, Prezident Shavkat Mirziyoyevning
|
| |