valyutani tartibga solish, O‘zbekistonga xorij investitsiyalarini
keng jalb qilish,
yetakchi xalqaro va chet el moliyaviy institutlari bilan aloqalarni kengaytirish,
eksportga mo‘ljallangan tovarlar ishlab chiqarishga zamonaviy texnologiyalarni joriy
etish, mamlakatning xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini
yuksaltirish, umuman,
mamlakat iqtisodini jadal rivojlantirish bo‘yicha tegishli vazifalarni amalga oshirish
chora-tadbirlari muhim o‘rin tutadi.
4. “Ijtimoiy sohani rivojlantirish”
deb nomlangan to‘rtinchi yo‘nalish aholi,
ayniqsa yoshlarning bandligini ta’minlash, fuqarolarni ijtimoiy himoya qilish va
salomatligini saqlash, fan, ta’lim, madaniyat va sport sohasini takomillashtirish, yo‘l-
transport, muhandislik-kommunikatsiya hamda ijtimoiy infratuzilmani
rivojlantirish
chora-tadbirlarini amalga oshirish maqsadlariga qaratilgan.
5. “Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash,
chuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat
yuritish”
deb
nomlangan beshinchi yo‘nalish
doirasida esa, davlatning
mustaqilligini, hududiy yaxlitligini himoya qilishga oid chora-tadbirlarni ro‘yobga
chiqarish, Orol fojiasining
oqibatlarini yumshatish, shuningdek,
dunyoning barcha
davlatlari, ayniqsa, birinchi navbatda, qo‘shni davlatlar bilan o‘zaro teng
manfaatlarga asoslangan do‘stona aloqalar va mustahkam hamkorlikni yo‘lga qo‘yish
kabi tinchlikparvar siyosatga tayangan chora-tadbirlar amalga oshirilishi belgilangan.
Bugungi davrda Yangi O‘zbekiston “Inson qadri ustuvor bo‘lgan
jamiyat va
xalqparvar davlat” degan muhim g‘oya negizida barpo etilmoqda. Davlatimiz
Rahbari belgilab bergan bu ulug‘vor maqsad asosida
xalqimiz yangidan-yangi
islohotlarning haqiqiy muallifiga aylanib bormoqda. Harakatlar strategiyasida
belgilangan maqsad va vazifalar jamiyat taraqqiyotida o‘zining
aniq natijalarini
ko‘rsatgandan so‘ng, 2022 yildan boshlab yangi davr chaqiriqlaridan kelib chiqqan
holda