II. NAZARIY MASHG‘ULOT MATERIALLARI
1-MA’RUZA.
2022- 2026 YILLARGA MO‘LJALLANGAN YANGI
O‘ZBEKISTON TARAQQIYOT STRATEGIYASINING DAVLAT VA
JAMIYAT HAYOTINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI O‘RNI VA
AHAMIYATI
Reja:
1.
Yangi O‘zbekiston sharoitida davlat va jamiyat hayotida olib
borilayotgan islohotlar mazmuni va mohiyati.
2.
2022- 2026 yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekiston taraqqiyot
strategiyasining o‘rni va ahamiyati.
3.
Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida Yangi O‘zbekistonni
barpo etishning siyosiy-huquqiy, ijtimoiy-iqtisodiy va ilmiy ma’rifiy asoslari.
Tayanch
tushunchalar:
Strategiya,
taraqqiyot
strategiyasi,
jamiyat
rivojlanishining
zamonaviy
asoslari,
milliy
taraqqiyot
mezonlari,
Yangi
O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasi.
Davlatni yuqori marralar sari yetaklovchi,
jamiyatni umumiy maqsad va
manfaatlarini o‘zida mujassamlashtirgan alohida strategiyasining mavjud bo‘lishi
o‘sha davlat va jamiyat uchun rivojlanish sari qo‘yiladigan dastlabki qadami bo‘lib
hisoblanadi. Jahonning rivojlangan mamlakatlari qatoriga kirish, milliy manfaatlarni
ro‘yobga chiqarish kabi umummilliy maqsadlar birinchi navbatda davlatning aniq
strategiya va dasturlari orqali amalga oshadi.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgach, taraqqiyotning
beqiyos katta
imkoniyatlari ochildi. Zero, milliy resurslarni mushtarak maqsadlari yo‘lida safarbar
etish, o‘zining rivojlanish yo‘lini o‘zi mustaqil belgilashi kabi imkoniyatlar
istiqlolning dastlabki davrlaridan boshlab paydo bo‘ldi. Eng asosiysi, milliy
mustaqillik tufayli
xalqimiz siyosiy mutelik, qaramlik asoratidan qutildi. Davlat
suvereniteti natijasida jamiyatimizni isloh etish va zamonaviy siyosiy taraqqiyot
jarayonlarini amalga oshirish uchun mustahkam zamin va siyosiy, ijtimoiy, ma’naviy
hamda huquqiy asoslarni bosqichma-bosqich barpo qilish uchun keng imkoniyatlar
paydo bo‘ldi. O‘zbekiston istiqlol tufayli o‘z taraqqiyotining mutlaqo yangi bo‘lgan
tarixiy davriga qadam qo‘ydi. Mana shu davrning eng
muhim xususiyatlaridan biri
shunda ediki, endilikda xalqimiz o‘zining tub manfaatlari va ehtiyojlaridan kelib
chiqib, rivojlanish strategiyasini belgilab olish va uni mustaqil amalga oshirishdek
tarixiy ahamiyatga ega bo‘lgan shart-sharoitlarga erishdi.
Har qanday faoliyatning yakunida kutilgan natijalarni olish uni aniq strategiya
asosida olib borishni taqozo etadi. Strategiya tushunchasi yunon tilidan στρατηγία –
sarkardaning san’ati iborasidan olingan bo‘lib, dastlab harbiy ibora sifatida keng
qo‘llanilgan.
Keyinchalik esa, mazkur ibora turli maqsadlarni o‘zida jamlagan va
o‘sha maqsadlarga erishish yo‘lidagi umumiy hatti-harakatlar majmui o‘laroq qayd
etilgan. Jahonning taraqqiy etgan mamlakatlari faoliyatiga e’tibor qaratadigan
bo‘lsak, strategiyaning turli nom va iboralar bilan atalganini ko‘rish mumkin.
Masalan, taraqqiyot modeli, rivojlanish yo‘llari,
dasturlari, milliy dasturlar va h.k.
Dunyo tarixida, rivojlanishning “Yapon modeli”, “AQSH modeli”, “Shved modeli”,
“Turk modeli” va boshqa o‘zining natijadorligi bilan alohida ajralib turuvchi
modellarni ko‘rsatish mumkin.
Mustaqillikning dastlabki yillari sobiq ittifoqdan qolgan siyosiy boshqaruvdan
butunlay voz kechish va yangi demokratik mezonlarni, zamonaviy bozor
munosabatlariga asoslangan taraqqiyot yo‘lini (strategiyasini)
tanlash asosiy vazifa
sifatida belgilab olindi. Mazkur vazifadan kelib chiqib, “Taraqqiyotning o‘zbek
modeli” ishlab chiqildi. Modelni yaratishda rivojlangan mamlakatlar tajribasi,
taraqqiyot yo‘li, turli dasturlar keng o‘rganilib, xalqaro tajriba va milliy
xususiyatlardan kelib chiqqan holda rivojlanishning
eng muhim besh tamoyili
belgilandi. Mazkur besh tamoyilning asosiy mazmuni quyidagilardan iborat etib
belgilandi: