• 2. “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh qilish”
  • “O‘zbekiston Respublikasini yanada




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet20/593
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,13 Mb.
    #254636
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   593
    Bog'liq
    01 YANGI O‘ZBEKISTON

    “O‘zbekiston Respublikasini yanada 
    rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 
    Farmoni bilan 2017-
    2021 yillarda 
    O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
    yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi
    qabul qilindi. 
    Mamlakatimiz prezidenti Shavkat Mirziyoyevning g‘oyasi va tashabbusi bilan 
    joriy etilgan, O‘zbekistonni har tomonlama taraqqiy ettirish, dunyoning ilg‘or 
    demokratik davlatlari qatoridan joy olishi va jahon maydonida munosib o‘rin 
    egallashi asosiy maqsad etib belgilangan mazkur Strategiya mamlakatning yaqin 
    istiqboldagi taraqqiyot yo‘lining bosh ustuvor hujjati sifatida xalqaro jamoatchilik, 
    nufuzli ekspert-mutaxassislar, davlat va jamoat arboblari, siyosatshunoslar tomonidan 
    yuqori baholandi. 
    Harakatlar strategiyasida O‘zbekistonni rivojlantirishning 
    beshta ustuvor 
    yo‘nalishi 
    belgilab berilgan bo‘lib, ularning har birida mamlakatda yangi 
    bosqichdagi demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va samaradorligini 
    ta’minlashga oid aniq chora-tadbirlar o‘z aksini topgan. 
    1. “Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish”
    deb nomlangan birinchi 
    yo‘nalishda demokratik islohotlarni chuqurlashtirish va mamlakatni modernizatsiya 
    qilishda parlament hamda siyosiy partiyalarning rolini yanada kuchaytirish, davlat 
    boshqaruvi tizimini isloh qilish, davlat xizmatining tashkiliy-huquqiy asoslarini 
    rivojlantirish, "Elektron hukumat" tizimini takomillashtirish, davlat xizmatlari sifati 
    va samarasini oshirish, jamoatchilik nazorati mexanizmlarini amalda tatbiq etish
    fuqarolik jamiyati institutlari hamda ommaviy axborot vositalari rolini kuchaytirish 
    nazarda tutilgan. 
    2. “Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada isloh 
    qilish”
    deb nomlangan ikkinchi yo‘nalishda sud hokimiyatining chinakam 
    mustaqilligini hamda fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish 
    kafolatlarini 
    mustahkamlash, 
    huquqbuzarliklarning 
    oldini 
    olish 
    ishlarida 
    samaradorlikni oshirish, sudlarni chinakam “Adolat qo‘rg‘oni”ga aylantirish yuridik 
    yordam va huquqiy xizmatlar sifatini tubdan yaxshilash, sud-huquq tizimida yangi 
    yo‘nalishdagi islohotlarni amalga oshirish chora-tadbirlari belgilangan. 

    Download 26,13 Mb.
    1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   593




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish