aylanishganini butun dunyo ko‘rdi. Ushbu davlatlardagi sodir bo‘lgan jarayonlarga
baho berayotgan ekspertlar hokimiyat almashuvi ro‘y berdi deyishadimi, yoki
hukumat tepasida noqonuniy rahbar o‘rniga legitim hukumat keldi deyishadimi farqi
yo‘q. Eng asosiysi mazkur hodisalar oqibatida mamlakat iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy
va boshqa jihatlardan katta zarar ko‘rgani shubhasiz. Yuqorida nomlari keltirilgan
mamlakatlarda amalga oshirilgan “rangli inqiloblar”ning katta ko‘lamda avj olib
ketishiga tashqaridan ko‘rsatilgan ta’sir asosiy sabab sifatida e’tirof etiladi. Bu
ta’sirning asosiy kuchi yoshlarga qaratilganligi va
axborot omiliga tayanishini
e’tiborga olsak, undan himoyalanishning asosiy sharti sifatida zararli axborot
muhitidan himoyalanish zarurligi ayon bo‘ladi. Shubhasiz yaqin o‘tmishda jahoda
sodir bo‘lgan voqealarni kuzatib, u “arab bahori” bo‘ladimi, turli rang nomlari bilan
ataladigan “rangli inqiloblar” bo‘ladimi hammasining boshlanishi tashqaridan
tiqishtirilgan axborot ta’sirida amalga oshirilgani ma’lum bo‘lmoqda. Bu esa o‘zining
yorqin kelajagini ta’minlashga intilayotgan jamiyatlardan yanada hushyorroq
bo‘lishni taqozo etadi.
Demak, dunyo miqyosida axborot xavfsizligi omili yetakchi mavqe egallab,
milliy taraqqiyotning kelajagi ana shu omilning naqadar ta’minlanganligi darajasi
bilan o‘lchanar ekan, davlat hokimiyati organlari ushbu
masala yechimida muhim
o‘rin tutishlari lozim.
1.
Uchinchi ming yillik boshiga kelib jahon hamjamiyati taraqqiyoti
axborotlashuvning faol rivojlanayotgan jarayonlari bilan uzviy bog‘liq holda o‘sib
bormoqda. Bugungi fan-texnika taraqqiyotining hosilasi sifatida axborot ko‘lamining
kengayib borishi globallashuvning tarkibiy qismi sifatida globallashayotgan dunyoda
tafakkur globallashuvini belgilab bermoqda. Ushbu jihat axborot omili bilan
chambarchas bog‘liq bo‘lib, tabiiy ravishda ma’lumot almashinuvning
globallashuvini ta’minlamoqda.
2.
Ma’lumot almashinuv, ayirboshlash kabi axborot sohasidagi ustuvorlikni
ta’minlaydigan bu omillar jamiyat a’zolari ongiga kuchli ta’sir o‘tkazish va uni
boshqara olish imkoniyatlarini kengaytirdi. Xususan, jahon media-xoldinglari egalari
voqea-hodisalarni
yoritishda muayyan guruh, siyosiy tashkilot yoki muayyan davlat
mafaatlarini ta’minlash maqsadida urg‘ularni o‘zgartirish yo‘li bilan ham tomoshabin
yoki eshituvchida ro‘y bergan voqelikka nisbatan o‘zlari istagan munosabatni
shakllantirish qudratiga ega. Yoshlar ma’naviyatiga kuchli ta’sir ko‘rsatadigan g‘arb
turmush tarzini targ‘ib etishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘ygan ayrim tashkilot,
ko‘rsatuv va eshittirishlar axborot tizimi vositasida kishilar ongiga istagan fikrlar,
qadriyatlar, ko‘rsatmalarni singdirishga intiladi. Internet esa virtual voqelikni
shakllantirib, undan foydalanuvchilarda madaniyatning yangi ko‘rinishi –
kibermadaniyatni qaror toptirmoqda. Global axborotlashuv bois bugungi voqelikning
shiddatli tus olayotganligi tabiiy ravishda har qanday davlat oldida axborot
xavfsizligini ta’minlash masalasini qo‘ymoqda. Axborot xavfsizligini ta’minlash
masalasi dunyo miqyosida global jarayonlarning rivojlanib borayotganligi sharoitida
o‘zligi, milliyligi, davlatchilik an’analarini saqlab, rivojlantirib borishdan manfaatdor
taraqqiyparvar mamlakatlar orasida qizg‘in muhokama qilinayotgani ham bejiz emas.
Bunday muhokamalarda axborotning yoshlar ma’naviy taraqqiyotidagi
ijobiy rolini
ta’kidlash bilan birga uning jamiyat axloqiy barkamolligiga salbiy ta’siri
kuzatilayotganligi ham ta’kidlanmoqda. Insoniyat uchun bunday tahdidli holatlar
kuchayayotganligi sharoitda ziyolilar bilan birga qatorda davlat hokimiyati organlari
oldida yoshlar ongi va qalbida milliy g‘oyaga sodiqlik hislarini rivojlantirish talab
etilib, ushbu jihatlar mustaqillikni mustahkamlash, milliy o‘zlikni himoya qilish,
madaniy o‘ziga xoslikni asrash va axborot xurujlaridan himoyalanish vositasi sifatida
ham muhim.
3.
Axborot xavfsizligini ta’minlash sharoitida yoshlar ma’naviyatini
oshirishda davlat hokimiyati organlari tomonidan quyidagi jihatlarga e’tibor
qaratilishi muhim:
4.
Yoshlar ma’naviyati bugungi axborot xavfsizligini ta’minlash sharoitida
kuchli g‘oyaviy immunitet rivojini talab etib, jamiyatning madaniy-ma’naviy sohalari
uchun mas’ul davlat tashkilotlari ushbu masalaga alohida diqqat-e’tibor qaratishi
zarur;
5.
G‘oyaviy-informatsion
tahdidlar mavjudligi, shuningdek, yoshlarning
ma’naviy rivojlanishiga xizmat qiluvchi axborotning tanqisligi sharoitida yoshlar
ongida axborot vakuumi paydo bo‘lish ehtimoli yuqori. Bunda davlat hokimiyati
organlari Taraqqiyot strategiyasida belgilab berilgan maqsadli vazifalar ijrosini
ta’minlash muhim;
6.
Bugungi global axborotlashuv sharoitida jamiyatning axborot xavfsizligi
milliy xavfsizlikning ajralmas qismi sifatida namoyon bo‘layotganida,
ushbu jihat
davlat hokimiyati organlarining doimiy nazoratida bo‘lishi lozim.
7.
Demokratik-huquqiy rivojlanish sharoitida yoshlarni dunyoning barcha
informatsion oqimlaridan axborot olish imkoniyati kengayadi. Bunda milliy
ma’naviyatni yuksaltiruvchi axborotlar bilan birga, ma’naviyat tubanlashuviga olib
keladigan axborot oqimlari kirib kelish ehtimoli ham kuchayadi. Bunday sharoitda
davlat hokimiyati organlari davlatga qarashli va nodavlat OAV faoliyatida g‘oyaviy
immunitetni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ko‘rsatuv, eshittirish va maqolalar
tarqalishini ta’minlashlari muhim ahamiyatga ega;
8.
Fuqarolik jamiyati asoslari mustahkamlanayotgan bugungi kunda aksariyat
davlat organlarining funksiyasi fuqarolar qo‘liga o‘tadi. Lekin, o‘tish davrining ayrim
ziddiyatlari hamda ba’zi muammolar mavjud sharoitda davlat o‘zining bosh
islohotchilik mavqeidan kelib chiqib, hokimiyat organlari OAV faoliyatini
umummaqsad sari yo‘naltirishi lozimki, bu jihat davlat va fuqarolar o‘rtasidagi
birlikni yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.