• Ikkinchi tamoyil
  • Uchinchi tamoyil
  • To‘rtinchi tamoyil
  • Beshinchi tamoyil
  • Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet19/593
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,13 Mb.
    #254636
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   593
    Bog'liq
    01 YANGI O‘ZBEKISTON

    Birinchi tamoyil,
    iqtisodiyotning siyosatdan ustuvorligi, ya’ni iqtisodiy 
    islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga 
    bo‘ysundirilishi mumkin emas. Mazkur tamoyilga ko‘ra, ham ichki, ham tashqi 
    iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan xoli qilish zarur; 
    Ikkinchi tamoyil,
    amalga oshiriladigan islohotlar davlat tomonidan aniq 
    dasturlar asosida muvofiqlashtirilishi, davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. Davlat 
    islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab 
    chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jtalab etiladi; 
    Uchinchi tamoyil,
    qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning 
    ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va 
    qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi 
    lozim; 
    To‘rtinchi tamoyil,
    aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli 
    ijtimoiy siyosatni o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini 
    ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor 
    munosabatlariga o‘tishda aholining ijtimoiy imkoniyatlari e’tiborga olinishini 
    ta’minlaydi; 


    Beshinchi tamoyil, 
    bozor iqtisodiyotiga o‘tish obyektiv iqtisodiy qonunlarning 
    talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi “inqilobiy sakrashlar”siz, ya’ni 
    evolyutsion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichma-bosqich amalga oshirilishi kerak. 
    Tarixiy taraqqiyot shundan dalolat beradiki, qabul qilingan milliy dasturlar, loyihalar, 
    strategiya va modellarni muayyan davr o‘tgandan so‘ng yangi davr ehtiyojlaridan 
    kelib chiqib modernizatsiya qilish, takomillashtirish yoki yangi strtagegiyani yaratish 
    ehtiyoji paydo bo‘ladi. Ana shu ehtiyojdan kelib chiqib, O‘zbekiston Respublikasi 
    Prezidentining 2017-yilning 7-fevral kungi 

    Download 26,13 Mb.
    1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   593




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish