Taraqqiyot strategiyasida asosiy e’tibor, bir tomondan, fuqarolik jamiyatini
rivojlantirishga doir qonunlar, kodekslar, konsepsiya va dasturlar qabul qilinishiga
qaratilganligi bilan ahamiyatlidir. Shu bilan bir qatorda, unda qonun ustuvorligini
taminlash, konstitutsiyaviy islohotni hayotga izchil tatbiq etish, milliy iqtisodiyotni
rivojlantirish, kuchli ijtimoiy siyosatni amalga oshirish, manaviyatni rivojlantirish,
shuningdek, global muammolarga O‘zbekistonning munosabati, xavfsizlik va tashqi
siyosat borasidagi muhim vazifalar qamrab olingan.
Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasidagi yettita ustuvor yo‘nalishning
bosh g‘oyasi – inson qadrini ta’minlashdir. Chunki, Prezidentimizning saylovoldi
dasturidagi asosiy g‘oya ham