71
F-35 dubulg‘asi shunchalik zamonaviy texnologiyalardan foydalanadiki, uchuvchi
hatto samolyotning shaffof bо‘lmagan tanasi orqali ham kо‘rish imkoniyatiga ega.
Bu dunyodagi eng qimmat dubulg‘a bо‘lib, uning narxi 400 ming dollardan oshadi
va britaniyalik muhandislar allaqachon о‘rnatilgan tungi kо‘rish tizimiga ega
bо‘lgan harbiy uchuvchilar uchun dubulg‘ani ishlab chiqdilar.
“Aqlli dubulg‘a” ning himoya
oynasida mototsiklning tezligi, yо‘nalishi,
matnli xabarlari va boshqa kо‘p narsalar aks ettirilgan. Shunga о‘xshash texnologiya
ma’lumotni avtomobilning old oynasida aks ettirish uchun ishlatiladi.
Sо‘nggi 20 yil ichida Boeing kabel simlarini ishlab chiqarish vaqtini
kamaytiradigan va ularni ishlab chiqarishdagi xatolarni
bartaraf etadigan tizim
izlamoqda. Bortli samolyot tizimlari simlar va kabellar bilan о‘zaro bog‘langan
kо‘plab tarkibiy qismlarni о‘z ichiga oladi. Ularning Boeing 747 samolyotidagi
umumiy uzunligi, masalan, 250 kilometrni tashkil etadi.8 Simlar maxsus shablonga
binoan yotqizilib, ulanadi, shundan sо‘ng ular о‘ralgan
va simlarning uchlariga
ulagichlar о‘rnatiladi. Bunday ish uzoq vaqt talab etadi va xatolarga duch keladi.
2014 yil boshida kompaniya Google Glass kо‘zoynak platformasida kengaytirilgan
haqiqat echimini taqdim etdi. AR texnologiyasini joriy etish orqali ishlab chiqarish
vaqtini 25 foizga qisqartirish va xatolarni 50 foizga qisqartirish mumkin bо‘ldi .