Malaka - shaxsning kasbiy faoliyatning muayyan turini bajarishga
tayyorgarligini ifodalaydigan, ma’lumot to‘g‘risidagi tegishli hujjat bilan
tasdiqlanadigan bilim, qobiliyat, mahorat va ko‘nikmalar darajasi.
Modul tarbiyalash, o‘qitishga o‘rnatilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan
muayyan mantiqiy tugallanganlikka ega bo‘lgan o‘quv fan (kursi) yoki o‘quv fanlari
(kurslari) qismlarining majmuasi.
Mutaxassislik - malaka berish bilan yakunlanadigan muayyan kasbiy
tayyorgarlik turining nomi.
Nodavlat ta’lim tashkiloti - davlat ta’lim standartlari, davlat ta’lim talablari
va o‘quv dasturlariga muvofiq ta’lim xizmatlari ko‘rsatish faoliyatini amalga
oshirish huquqini beradigan litsenziya asosida yoki xabardor qilish tartibida ta’lim
xizmatlari ko‘rsatuvchi yuridik shaxs.
Normativ-huquqiy hujjat tushunchasi- normativ-huquqiy
hujjat
qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida
huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy
hujjatdir.
Normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi – qonunda belgilangan shaklda
qabul qilingan, umummajburiy davlat ko‘rsatmalari sifatida qonun hujjatlari
normalarini belgilash, o‘zgartirish yoki bekor qilishga qaratilgan rasmiy hujjat
normativ-huquqiy hujjat deb hisoblanadi.
Professional ta’lim egallanadigan kasb va mutaxassislik bo‘yicha quyidagi
darajalarni o‘z ichiga oladi:
Tarbiya - aniq maqsadli hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida yosh avlodni
har tomonlama kamol toptirishga, ularning ongini, ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va
dunyoqarashini shakllantirishga qaratilgan tizimli jarayon.
Ta’lim - ta’lim oluvchilarga chuqur nazariy bilim, malakalar va amaliy
ko‘nikmalar berishga, shuningdek ularning umumta’lim va kasbiy bilim, malaka
hamda ko‘nikmalarini shakllantirishga, qobiliyatini rivojlantirishga qaratilgan
tizimli jarayon.
Ta’lim kampusi - yagona hududda birlashtirilgan o‘quv binolarini, ilmiy-
tadqiqot institutlarini (markazlarini), ishlab chiqarish majmualari va texnoparklarni,
ta’lim-tarbiya
jarayoni
ishtirokchilarining
vaqtincha
yashash
joylarini,
laboratoriyalarni, axborot-resurs markazlarini (kutubxonalarni), sport inshootlarini,
umumiy ovqatlanish obyektlarini o‘z ichiga olgan binolar hamda inshootlar
majmuidan iborat bo‘lgan, o‘quv jarayoni, ma’naviy-axloqiy tarbiyaning yuqori
samaradorligini ta’minlaydigan ta’lim-tarbiya muhiti.