|
Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi Pdf ko'rish
|
bet | 60/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTONDavlat akkreditatsiyasi
- davlat ta’lim muassasalari va tashkilotlari,
shuningdek nodavlat ta’lim tashkilotlari (bundan buyon matnda ta’lim tashkilotlari
deb yuritiladi) faoliyatining davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablariga
hamda o‘quv dasturlariga muvofiqligining davlat tomonidan e’tirof etilishi hamda
ularning bitiruvchilariga ma’lumot to‘g‘risidagi hujjatlarni topshirish huquqining
taqdim etilishidan iborat jarayon.
Davlat ta’lim muassasasi
- davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari
tomonidan davlat mulki bo‘lgan mol-mulk negizida tashkil etilgan, davlat ta’lim
standartlariga va davlat ta’lim talablariga muvofiq ta’lim beradigan muassasa.
Davlat ta’lim standartlari
- davlat tomonidan ta’limning mazmuni va
sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui.
Davlat ta’lim talablari
- ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga
oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy,
intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar.
Dual ta’lim ta’lim
oluvchilar tomonidan zarur bilim, malaka va
ko‘nikmalarni olishga qaratilgan bo‘lib, ularning nazariy qismi ta’lim tashkiloti
negizida, amaliy qismi esa ta’lim oluvchining ish joyida amalga oshiriladi.
Inklyuziv ta’lim alohida ta’lim
ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning
xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim
tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlashga qaratilgan.
Islohot
(fr. reforme, lot.-reformare, ing.reform, rus, reforma-yangilanish,
yaxshilash, o‘zgarish, tuzatish, qayta qurishlar, davlatning muhim ishlaridagi
o‘zgarishlar. Islohat biror sohada turli ravishda o‘tkaziladigan o‘zgartirishdir
(Yuridik ensiklopediya. T., “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi
bosh tahririyati. 2001 y. 202-bet.).
|
| |