Ta’lim tashkilotlari attestatsiyasi
- ta’lim tashkilotlarining faoliyatini
baholash, davlat ta’lim standartlari va davlat ta’lim talablari hamda o‘quv
dasturlariga muvofiq kadrlar tayyorlash mazmuni, darajasi va sifatini aniqlash
bo‘yicha davlat nazoratining asosiy shakli.
Ta’lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
- ta’lim oluvchilar, voyaga
yetmagan ta’lim oluvchilarning ota-onalari yoki boshqa qonuniy vakillari, pedagog
xodimlar va ularning vakillari.
Umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim
umumta’lim o‘quv dasturlarini, zarur
bilim, malaka hamda ko‘nikmalarni o‘zlashtirishga qaratilgan.
Farmoyish
vakolatli davlat organlari yoki mansabdor shaxslar tomonidan
kechiktirib bo‘lmaydigan va tezda bajarilishi lozim bo‘lgan masalalar bo‘yicha qabul
qilinadigan normativ hujjat.
Farmon
O‘zbekiston Respublikasi davlat boshlig‘i tomonidan turmushda,
hayotda, xalq xo‘jaligida, iqtisodiyotda, ta’limda, ishlab chiqarishda va boshqa
sohalarda juda katta o‘zgarishlarga olib keladigan o‘ta muhim masalalarni tartibga
solish va mustahkamlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va
qonunlari asosida hamda ularni ijro etish uchun qabul qilinadigan normativ hujjat.
Eksternat tartibidagi ta’lim
olish o‘quv dasturlarini mustaqil ravishda
o‘zlashtirishni o‘z ichiga olib, uning yakunlari bo‘yicha ta’lim oluvchilardan davlat
ta’lim muassasalarida yakuniy va davlat attestatsiyalaridan o‘tishni talab etadi.
4.
MA’RUZANING ASOSIY MASALALARI:
Oliy ta’lim tizimini tartibga soluvchi normativ-huquqiy hujjatlar deganda
(tushunchasi) ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlari ehtiyojlaridan kelib chiqqan
holda, fan, ta’lim va ishlab chiqarishning mustahkam integratsiyasini ta’minlash
asosida ta’lim sifatini yaxshilash, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash, ilmiy va
innovatsion faoliyatni samarali tashkil etish, xalqaro hamkorlikni rivojlantirish
maqsadida qonunchilikka muvofiq qabul qilingan, umummajburiy davlat
ko‘rsatmalari sifatida huquqiy normalarni belgilashga, o‘zgartirishga yoki bekor
qilishga qaratilgan rasmiy hujjatlar yig‘indisidir.
Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik
jamiyatini rivojlantirish konsepsiyasida “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi
Qonunning yangi tahririni qabul qilish hamda shu orqali sohada qonuniylikni
ta’minlashning eng samarali mexanizmlarini yaratish, qabul qilinayotgan normativ-
huquqiy hujjatlarning qonunlarga, sotsial-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy islohotlar
ehtiyojiga mos bo‘lishini ta’minlash zarurligi har tomonlama asoslab berilgan.
O‘tgan davrda ana shu talablar asosida Qonun yangi tahrirda “Normativ-huquqiy
hujjatlar to‘g‘risida”gi qonuni (20.04.2021) qabul qilingan.
Ushbu Qonunning mazmun-mohiyatini, unga kiritilgan o‘zgartish va
qo‘shimchalarni jamoatchilikka yetkazish, norma ijodkorligi faoliyatida vujudga
keladigan muammolarga yechim topish, shu bo‘yicha tegishli tavsiyalar ishlab
chiqish masalalari alohida axamiyatga ega. Yangi tahrirdagi “Normativ-huquqiy
hujjatlar to‘g‘risida”gi Qonun oldingisidan hajmi va mazmuni jihatidan ham tubdan
farq qiladi. Unga nafaqat yangi moddalar kiritilgan, balki bugungi kun talablari
asosida ko‘plab qoidalar bilan to‘ldirildi va boyitildi. Ayni chog‘da normativ-
huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqish jarayoniga bo‘lgan talab kuchaytirildi.
Xususan, normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashda ishlab chiquvchiga qonun
hujjatlarining holatini, ijtimoiy munosabatlarning muayyan sohasini huquqiy
jihatdan tartibga solishga salbiy ta’sir ko‘rsatayotgan nuqson hamda ziddiyatlarni
aniqlash majburiyati yuklatilmoqda.
Qonun ijodkorligi jarayonida ushbu hujjat qator normalar bilan to‘ldirildi.
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi yuzasidan xalqaro hujjatlar va chet mamlakatlar
qonun hujjatlarini puxta o‘rganish orqali tahliliy hamda qiyosiy jadvallar va tegishli
xalqaro tajribani O‘zbekiston Respublikasi sharoitida qo‘llash maqbulligi
to‘g‘risidagi normalar shular jumlasidandir.
Normativ-huquqiy hujjatlarning turlari aniqlashtirildi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston
Respublikasining Konstitutsiyasi, qonunlari, Oliy Majlis palatalari qarorlari,
Prezident farmonlari, qarorlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, vazirliklar, davlat
qo‘mitalari va idoralarining buyruqlari, qarorlari, mahalliy davlat hokimiyati
organlari qarorlari normativ-huquqiy hujjatlar hisoblanadi.
Qonunda yana bir yangi jihati shundaki, unga normativ-huquqiy hujjatlar
loyihalarini tayyorlashni rejalashtirish, tayyorlash tartibi va ularni ekspertizadan
o‘tkazishga bag‘ishlangan alohida bob kiritildi. Unda normativ-huquqiy hujjatlarni
qabul qiluvchi organlar qonun hujjatlari normalarini takomillashtirish maqsadida
bunday hujjat loyihalarini tayyorlashning rejalarini ishlab chiqishi hamda tasdiqlashi
mumkinligi to‘g‘risidagi qoidalar o‘z ifodasini topgan.
Umuman, normativ-huquqiy hujjatlarni uch asos – yuridik kuchi, amal qilish
sohasi va ularni nashr etuvchi subyektlar bo‘yicha tasniflash maqsadga muvofiq.
Yuridik kuchi bo‘yicha oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan qonun hujjatlari hamda –
qonunlarga asoslangan va ularga zid kelmaydigan hujjatlar – qonunosti hujjatlari
alohida ajratib ko‘rsatiladi. Qonunlardan tashqari, mutlaq barcha normativ hujjatlar
qonunosti hujjatlari hisoblanadi.
Normativ-huquqiy hujjatlarni nashr etuvchi (qabul qiluvchi) subyektlar bo‘yicha.
Ular referendum, davlat hokimiyati organlari, Prezident, boshqaruv organlari, davlat
va nodavlat tashkilotlari mansabdor shaxslarining hujjatlariga bo‘linadi. Qonun
hujjatlari – davlat hokimiyati va boshqaruvning yuqori organlari tomonidan nashr
etilgan normativ-huquqiy hujjatlar yig‘indisi, to‘plamidir.
Shu o‘rinda ko‘pincha istisnosiz barcha normativ hujjatlar, shu jumladan,
idoraviy hamda hokimiyat mahalliy organlari hujjatlarini ham qonun hujjatlariga
aloqador deb hisoblashlarini qayd etib o‘tish joiz.
“Qonun” so‘zini ko‘pincha davlat majburlov kuchi bilan ta’minlanadigan
umummajburiy qoidani belgilash uchun qo‘llashadi.
Biroq qat’iy yuridik ma’noda qonun – alohida, faqat o‘zigagina xos bo‘lgan
belgi-alomatlarga ega huquqiy hujjatdir.
Bu belgi-alomatlar nimalardan iborat?
Birinchidan, qonun davlat hokimiyati maxsus faoliyatining mahsuli sifatida
yaratiladi. Shuning uchun ham qonun O‘zbekiston oliy davlat vakillik organi – Oliy
Majlis hujjati hisoblanadi. Butun aholi vakillari qabul qiladigan qonunlar eng ko‘p
darajada xalq manfaatlarini ifodalashi bois birlamchi mohiyatga ega hujjatlar bo‘lib,
qonunlarning butun tizimi uchun asos ekanligi shundan kelib chiqadi.
Ikkinchidan, qonunlar eng muhim ijtimoiy munosabatlarni tartibga soladi.
Qonunlar va eng avvalo, Konstitutsiya vositasida konstitutsiyaviy tuzum asoslari,
fuqarolarning asosiy huquq va erkinliklari, davlat tuzilishi, davlat hokimiyati hamda
boshqaruv funksiyalari va hokazolar mustahkamlanadi. Ta’lim va ijtimoiy hayotning
boshqa muhim yo‘nalishlari qonunlar bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda
respublikamizda qonunning roli ortib bormoqda. “Ulug‘ bobokalonimiz Amir Temur
“Qayerda qonun hukmronlik qilsa, shu yerda erkinlik bo‘ladi” degan so‘zlarni tarix
sahifalariga zarhal harflar bilan yozdirgan edi”.
Uchinchidan, qonunlar – maxsus tartibda qabul qilingan hujjatlar bo‘lib, oliy
yuridik kuchga ega. Qonunlarni qabul qilish tartibi Konstitutsiya va oliy vakillik
organlari reglamentlari bilan belgilanadi.
Qonunlarning oliy yuridik kuchi davlatdagi boshqa barcha normativ hujjatlar
qonunlar asosida, ularga muvofiq ravishda chiqarilishi va bu qonunlarga zid kelishi
mumkin emasligida ifodalanadi. Qonun – maxsus tartib asosida qonun chiqaruvchi
hokimiyat organi tomonidan qabul qilinadigan, eng muhim ijtimoiy munosabatlarni
tartibga soladigan hamda oliy yuridik kuchga ega bo‘lgan normativ-huquqiy
hujjatdir.
O‘zbekiston Respublikasida qabul qilinayotgan qonunlarni quyidagi turlarga
bo‘lish mumkin:
Ahamiyati va yuridik kuchi bo‘yicha – konstitutsiyaviy, joriy va oddiy qonunlar
turlari farqlanadi. Konstitutsiyaviy qonunlar davlat va jamiyat qurilishining tub
asoslarini, shaxs va tashkilotlarning huquqiy maqomini belgilab beradi. Bular, shu-
ningdek, amaldagi Konstitutsiyaga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kirituvchi
qonunlardir. Konstitutsiyaviy qonunlar asosida normativ-huquqiy hujjatlar butun
tizimi tarkib topadi va aniqlashtiriladi. Konstitutsiya boshqa normativ-huquqiy
hujjatlar, shu jumladan, qonunlarga nisbatan oliy yuridik kuchga ega.
Boshqa barcha qonunlar – oddiy qonunlar bo‘lib, ular deputatlarning ko‘pchiligi
ovoz bergan taqdirda, qabul qilingan hisoblanadi.
Qonunlar yana tartibga solish ko‘lami va obyekti bo‘yicha ham farqlanadi.
Umumiy qonunlar (masalan, kodekslar) ijtimoiy munosabatlarning butun bir
sohasiga bag‘ishlanadi. Maxsus qonunlar (masalan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonun)
ijtimoiy munosabatlarning ancha tor doirasini tartibga solishga xizmat qiladi.
Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi – undan ko‘zda tutilgan yuridik
oqibatlar natijasidir. Normativ-huquqiy hujjatning amal qilishi, ya’ni uning «umri»
uch mezon bilan zamon, makon va shaxslar doirasi bilan belgilanadi.
1)
A. Normativ-huquqiy hujjatning zamonda amal qilishi. U normativ-huquqiy
hujjatning kuchga kirgan vaqtidan to o‘z kuchini yo‘qotguncha bo‘lgan vaqt
mobaynida davom etadi.
2)
Normativ-huquqiy hujjat kuchga kirishining (amalga kiritilishining) quyidagi
tartibi mavjud:
3)
hujjatning kuchga kirish vaqti ko‘pincha unga tegishli hujjatda – kuchga
kiritish haqidagi qarorda ko‘rsatiladi;
4)
normativ-huquqiy hujjat e’lon qilingan kunidan kuchga kiradi;
5)
normativ-huquqiy hujjat bosqichma-bosqich kuchga kiritiladi. Bunda mazkur
bosqichlar yo muddatlar bilan yoki muayyan sharoitlarning yuzaga kelishi bilan
bog‘liq bo‘ladi;
6)
normativ-huquqiy hujjat qabul qilingan vaqtidan boshlab kuchga kiradi, bu
haqda shu hujjatning o‘zida, shuningdek, uni kuchga kiritish haqidagi qarorda
aytilishi mumkin;
7)
normativ-huquqiy hujjat imzolangan vaqtidan boshlab kuchga kiradi, bu
haqda shu hujjatning o‘zida aytilgan bo‘ladi. Mazkur tartib Prezident, Vazirlar
Mahkamasi hujjatlari uchun xosdir. Masalan, Respublikamiz Prezidentining
ko‘pchilik farmonlari “Ushbu Farmon imzo qo‘yilgan vaqtdan boshlab kuchga
kiradi”, degan band bilan yakunlanadi.
Normativ-huquqiy hujjat quyidagi tartibda o‘z kuchini yo‘qotadi: qabul qilingan
muddati tugashi bilan; nazarda tutib qabul qilingan sharoit o‘zgarganda (masalan,
yangi tahrirdagi Konstitutsiya 2023 yili (30 aprel) qabul qilinishi bilan eski
tahrirdagi O‘zbekiston Konstitutsiyasi o‘z kuchini yo‘qotdi); ushbu hujjatning
boshqa bir hujjat bilan bekor qilinishi natijasida.
B. Normativ-huquqiy hujjatning makonda amal qilishi. Davlat suverenitetiga
muvofiq, normativ-huquqiy hujjatlar, mamlakatimiz havo bo‘shlig‘ini ham qo‘shib
hisoblaganda, uning butun hududida amal qiladi. Umuman, dengiz, daryo, havo va
kosmik kemalar (stansiyalar) davlat hududiga tenglashtiriladi.
V. Normativ-huquqiy hujjatlarning shaxslar (shaxslar doirasi) bo‘yicha amal
qilishi. O‘zbekiston Respublikasining umumiy xususiyatga ega normativ-huquqiy
hujjatlari respublikamizda istiqomat qiluvchi barcha shaxslar – davlatimiz fuqarolari,
muhojirlar va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarga daxldordir.
Maxsus normativ-huquqiy hujjatlar faqat muayyan fuqarolarga nisbatangina amal
qiladi. Masalan, harbiy qonunlar faqat harbiy xizmatchilargagina tegishlidir.
Ayni paytda davlatimiz normativ-huquqiy hujjatlari chet ellardagi fuqarolarimiz
uchun ham amal qiladi. Chunonchi, chet elda jinoyat sodir qilgan O‘zbekiston
fuqarosi bizning qonunlarimiz bo‘yicha javob beradi. Bu tamoyil fuqaro hozir
bo‘lgan mamlakat qonunlari oldida uning mas’uliyatini istisno etmaydi, albatta.
Diplomatik daxlsizlik huquqiga ega bo‘lgan shaxslar O‘zbekiston normativ-
huquqiy hujjatlari amal qilish doirasiga kirmaydilar (va shunga binoan yuridik
javobgarlikka ham tortilmaydilar). Bular – vakolatxonalar rahbarlari va vakolatxona
diplomatik jamoasi a’zolari, xalqaro muzokaralar, uchrashuvlar va anjumanlar
delegatsiyalari rahbarlari va a’zolaridir.
Bunday shaxslarning huquqiy maqomlari xalqaro huquq normalari bilan
belgilanadi.
Ushbu Qonunning asosiy vazifalari normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasini,
turlarini, o‘zaro nisbatini aniqlashdan, normativ-huquqiy hujjatlarni tayyorlash
tartibiga va ularning mazmuniga qo‘yiladigan asosiy talablarni belgilashdan,
shuningdek ularning ijrosi tashkil etilishini ta’minlashdan iborat.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar insonning sha’ni, qadr-
qimmati, huquq va erkinliklari bundan buyon barcha sohalarda ustuvor ahamiyat
kasb etishini qat’iy qoidaga aylantirish, bir so‘z bilan aytganda,
|