|
shaxslarni har tomonlama qo‘llab- Pdf ko'rish
|
bet | 66/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTONshaxslarni har tomonlama qo‘llab-
quvvatlashga oid yangi qoidalar
o‘rnatilmoqda. Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining ijtimoiy davlat
tamoyilini amalga oshirishga qaratilgan yangi vazifa va vakolatlari
belgilanmoqda. Umuman olganda, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamiz
loyihasida davlatning ijtimoiy majburiyatlari uch baravardan ortiqqa
ko‘paymoqda.
Ijtimoiy davlat prinsiplari
Germaniya, Fransiya, Ispaniya, Xorvatiya,
Turkiya
va boshqa bir qator davlatlar konstitutsiyalarida mustahkamlangan.
O‘zbekistonni ijtimoiy davlat deb belgilash
– ta’lim, sog‘liqni saqlash,
ijtimoiy xizmatlar va jamiyatdagi ijtimoiy tengsizlikni yumshatish, ayniqsa,
ijtimoiy himoyalanmagan yoki ehtiyojmand qatlamni qo‘llab-quvvatlash orqali
ularga munosib turmush sharoitini yaratishga xizmat qiladi.
Yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizning
50-moddasida fuqarolarning
ta’lim olish huquqi
bilan bog‘liq quyidagi mazmundagi normalar
mustahkamlanmoqda:
birinchidan,
davlat maktabgacha ta’lim va tarbiyani rivojlantirish
uchun shart-sharoitlar yaratadi
,
degan norma belgilanmoqda. Bunda
davlat yangi bog‘chalarni qurish, mavjudlarini ta’mirlash, shu jumladan
davlat, davlat-xususiy sheriklik va xususiy bog‘chalarni ko‘paytirish, yangi
bog‘chalarni tashkil etishga imtiyozlar va subsidiyalar berish, pirovardida
bolalarni maktabgacha ta’lim bilan qamrab olishni yuz foizga yetkazish
choralarini ko‘radi;
ikkinchidan
, umumiy o‘rta ta’limning majburiyligi
belgilanmoqda.
Bu degani maktab yoshidagi har qanday bola albatta maktabda o‘qishi shart
hamda bunga to‘sqinlik qilishga hech kimning, hatto ota-onalarning haqqi
yo‘q. Ushbu majburiyat ta’lim oluvchiga ham, ta’lim tashkilotiga ham
birdek mas’uliyat yuklaydi;
|
| |