ta’lim tashkilotlarida innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va o‘quv
dasturlarini innovatsion texnologiyalarni qo‘llagan holda amalga oshirish;
ishlab chiqarishdan ajralgan (kunduzgi) va ajralmagan holda (sirtqi, kechki,
masofaviy) ta’lim olishni tashkil etish;
kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish;
umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’limni va boshlang‘ich professional ta’limni
bepul olish;
oilada yoki mustaqil o‘qish orqali ta’lim olgan fuqarolarga, shuningdek
umumiy o‘rta ta’lim olmagan shaxslarga akkreditatsiyadan o‘tgan davlat ta’lim
muassasalarida eksternat tartibida attestatsiyadan o‘tish huquqini berish orqali
ta’minlanadi.
Chet ellik fuqarolar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga va
qonunchiligiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasida ta’lim olishga haqlidir.
O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashayotgan fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar
ta’lim olish uchun O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlarga ega.