davomiyligi ikki yilgacha bo‘lgan
kunduzgi, kechki va sirtqi ta’lim shakllari
bo‘yicha umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim hamda boshlang‘ich professional ta’lim
negizida amalga oshiriladi.
O‘rta maxsus professional ta’lim texnikumlarda umumiy o‘rta, o‘rta maxsus,
boshlang‘ich professional va o‘rta professional ta’lim negizida davlat buyurtmasi
yoki to‘lov-shartnoma asosida kasblar hamda mutaxassisliklarning murakkabligidan
kelib chiqqan holda, davomiyligi kamida ikki yil bo‘lgan kunduzgi, kechki va sirtqi
ta’lim shakllari bo‘yicha amalga oshiriladi.
Kasb-hunar maktablari, kollejlar va texnikumlar ta’lim oluvchilarning o‘zi
tanlagan kasbga va mutaxassislikka ega bo‘lishini ta’minlaydi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi professional ta’limni
olish huquqiga ega.
Oliy ta’lim bakalavriat
ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari
bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Oliy ma’lumotli kadrlarni tayyorlash oliy ta’lim tashkilotlarida (universitetlar,
akademiyalar, institutlar, oliy maktablar) amalga oshiriladi. Umumiy o‘rta (o‘n bir
yillik ta’lim), o‘rta maxsus (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta va ikki yillik o‘rta maxsus
ta’lim), boshlang‘ich professional ta’lim (to‘qqiz yillik tayanch o‘rta
va ikki yillik
boshlang‘ich professional ta’lim) olgan shaxslar, shuningdek ushbu Qonun kuchga
kirguniga qadar o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi (to‘qqiz yillik umumiy o‘rta va uch
yillik o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi) olgan shaxslar oliy ma’lumot olish huquqiga
ega.
Oliy ta’lim ikki bosqichga - bakalavriat va magistratura bosqichiga ega.
Bakalavriat oliy ta’lim yo‘nalishlaridan biri bo‘yicha chuqurlashtirilgan bilim,
malaka va ko‘nikmalar beradigan, o‘qish davomiyligi kamida uch yil bo‘lgan
tayanch oliy ta’limdir.
Magistratura tegishli bakalavriat negizidagi aniq mutaxassislik bo‘yicha o‘qish
davomiyligi kamida bir yil bo‘lgan oliy ta’limdir.
Magistratura mutaxassisliklarining va ularga muvofiq bo‘lgan
bakalavriat
ta’lim yo‘nalishlarining ro‘yxati ta’lim sohasidagi vakolatli davlat boshqaruvi organi
tomonidan belgilanadi.
Fuqarolar shartnoma asosida ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumotni olish
huquqiga ega.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni oliy ta’lim va ilmiy tashkilotlarda olish
mumkin.
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya
qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni
va ilmiy izlanishlar olib
borishni nazarda tutadigan tayanch doktorantura, doktorantura va mustaqil
izlanuvchanlik asosida ilmiy darajaga ega ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar
tayyorlashni ta’minlaydi.
Tayanch doktorantura falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD)
ilmiy
darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil
etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy
ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Doktorantura fan doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajasiga da’vogar
izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralgan holda tashkil etiladigan oliy
malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi
ta’lim shakli hisoblanadi.
Mustaqil izlanuvchilik falsafa doktori (Doctor of Philosophy (PhD) yoki fan
doktori (Doctor of Science (DSc) ilmiy darajalariga da’vogar
izlanuvchilar uchun
ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladigan oliy malakali ilmiy va ilmiy-
pedagog kadrlar ixtisosligi bo‘yicha oliy ta’limdan keyingi ta’lim shakli hisoblanadi.
Ilmiy va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash, ilmiy darajalar va ilmiy unvonlar
berish tartibi, shuningdek harbiy, tibbiyot va boshqa ta’lim tashkilotlarida oliy
ta’limdan keyingi ta’lim olish xususiyatlari qonunchilikda belgilanadi.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limning davom etish muddati qonunchilikda
belgilanadi.