|
MUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN MASALALAR Pdf ko'rish
|
bet | 75/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTONMUSTAQIL TAYYORLANISH UCHUN MASALALAR:
1-masala
Oliy ta’lim jarayonlarini tashkil etishning qonunchilik normalari o‘z faoliyat
sohangizdan kelib chiqqan holda tizimli tahlil qiling?
O‘zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni tahlil qiling (yangi va
eski tahriri)?
№ Asosiy yutuqlar nimalardan
iborat?
Mavjud muammolar?
Muammolarni
bartaraf etish
mexanizmi?
1.
2.
2-masala
Toshkent shahrida joylashgan OTMlardan birida 2021-2022 o‘quv yilining
birinchi semestri bo‘yicha yakuniy nazorat sinovlarining o‘tkazilishi o‘quv jarayoni
grafigiga asosan 2021 yilning 19 yanvaridan 31 yanvarigacha belgilangan edi?
Ammo OTM ma’muriyatining buyrug‘i bilan yakuniy nazorat sinovlarini
o‘tkazish muddati bir xafta oldinga surildi, ya’ni, 2021 yilning 19 yanvaridan 25
yanvarigacha deb o‘zgartirildi. Barcha kurslarda yakuniy nazoratlar fan bo‘yicha
oxirgi darsda yozma o‘tkazildi va professor-o‘qituvchilar tomonidan 2021 yilning 24
yanvar kunigacha tekshirilib yakuniy qaydnoma va talabalarning sinov
daftarchalariga rasmiylashtirib berildi.
OTMda 2021 yilning 26 yanvaridan boshlab o‘quv yilining ikkinchi semestri
bo‘yicha o‘quv jarayoni boshlandi.
Akademik qarzdor talabalarga esa 2021 yilning 26 yanvaridan 31 yanvarigacha
qayta o‘zlashtirish va topshirish uchun OTM rektorining buyrug‘i bilan muddat
berildi. Ushbu buyruqda OTM professor-o‘qituvchilariga 2021 yilning 26
yanvaridan 31 yanvarigacha akadem qarzdor talabalardan joriy, oraliq va yakuniy
nazoratlarni qayta olish va tegishli xujjatlarga rasmiylashtirish majburiyati belgilab
qo‘yildi.
OTM rektorining buyrug‘i bilan 2021 yilning 31 yanvarigacha akadem qarzlarni
o‘zlashtirgan barcha talabalarga o‘rnatilgan tartibda stipendiyalar rasmiylashtirildi.
Ushbu yuqorida ko‘rsatilgan masalani tahlil qiling?
|
| |