Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning
buyruqlari hamda qarorlari
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi va qonunlari, O‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi
palatalarining qarorlari, O‘zbekiston
Respublikasi
Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari asosida hamda ularni ijro etish
uchun qabul qilinadi.
Buyruqlar
vazirlar tomonidan yoki idora nomidan qarorlar qabul qilish yakka
tartibda amalga oshiriladigan idoralar rahbarlari tomonidan qabul qilinadi.
Qarorlar
davlat qo‘mitalari tomonidan yoki idora
nomidan qarorlar qabul
qilishni mazkur idoraning kollegial organi amalga oshiradigan idoralar tomonidan
qabul qilinadi.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning buyruqlari hamda qarorlari
boshqa vazirliklar, davlat qo‘mitalari yoki idoralar bilan
kelishilgan holda qabul
qilinishi mumkin.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar tomonidan qo‘shma qarorlar tarzida
normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilinishi mumkin.
Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning tarkibiy bo‘linmalari hamda
hududiy organlari normativ-huquqiy hujjatlar qabul qilishga haqli emas.
Demak, yuqoridagi ko‘rsatilgan davlat hokimiyati organlari ta’lim-tarbiya
jarayonlarini tashkil etishning qonun osti normativ huquqiy
hujjatlarin qabul qilish
huquqiga ega hisoblanadi.