Germaniya, Fransiya, Koreya tajribalari asosida yangi usulda
ishlab chiqilgan bo‘lib, uning maqsadlari va samaradorlik ko‘rsatkichlari aholi
tomonidan oson qabul qilib, tushunish uchun qulay shaklda bayon etilgan
HAR BIR INSONGA O‘Z SALOHIYATINI RO‘YOBGA CHIQARISHI UCHUN MUNOSIB SHAROITLARNI YARATISH Ta’lim tizimi islohotlari 1. Maktabgacha ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish hamda bolalarning to‘liq qamrovini ta’minlash. 2030 yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari Bolalarni maktabgacha ta’lim va tayyorlov
guruhlari bilan to‘liq qamrab olish.
Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarini
100 foiz kompyuter sinfi bilan
ta’minlash orqali tarbiyalanuvchilarda
boshlang‘ich kompyuter savodxonligi ko‘nikmalarini shakllantirish.
100 foiz maktabgacha ta’lim tashkilotlarini
toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan ta’minlash.
2. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida «Ta’lim uchun qulay muhit» dasturini amalga oshirish. 2030 yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari Olis va chekka hududlarda joylashgan
715 ta umumiy o‘rta ta’lim muassasalari
o‘quvchilari uchun bepul avtobuslarni yo‘lga qo‘yish.
Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarini
toza ichimlik suv va zamonaviy sanitariya-gigiyena infratuzilmasi bilan
to‘liq ta’minlash.
3. Umumiy o‘rta ta’lim tizimini yangi bosqichga olib chiqish. 2030 yilgacha erishiladigan maqsadlarning samaradorlik ko‘rsatkichlari
700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun
metodik qo‘llanmalar va mobil ilovalar yaratish.
Yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun