Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet93/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

Bakalavriat 
ta’lim yo‘nalishlari o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini 
o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilar auditoriya mashg‘ulotlari bilan bir qatorda o‘quv 
fanlari bo‘yicha mustaqil mashg‘ulotlarni bajarishi va mustaqil bilim olishi nazarda 
tutilishi lozim. 
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining ta’lim jarayoni o‘quv rejalariga muvofiq 
yakuniy davlat attestatsiyasi bilan tugallanadi. 
O‘quv rejalar va o‘quv dasturlar kredit-modul tizimi asosida ishlab chiqiladi. 
Ayrim (zarur) hollarda o‘quv rejalar va o‘quv dasturlar reyting (baholash) tizimi 
asosida ishlab chiqilishi mumkin. 
O‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan umumiy talablar: 
majburiy fanlar bloki fanlarni chuqur o‘zlashtirilishini taqozo etadi va ta’lim 
oluvchilarning intellektual salohiyatini boyitish, ta’lim yo‘nalishi va sohaga oid zarur 
fundamental bilimlar, kasbiy ko‘nikma, uquv va kompetensiyalarni shakllantirishi, 
bitiruvchiga tanlangan yo‘nalish va mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyat bilan 
shug‘ullanish hamda muayyan magistratura mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida 
ta’limni davom ettirishga zamin yaratishi lozim. 
tanlov fanlari bloki bakalavriat yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim oluvchilar 
qo‘shimcha chuqur nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini, 
innovatsion usullar va sohaning hududiy omillarini hisobga olgan holda kasbiy 
kompetensiyalari kengayishini ta’minlashi, ta’lim trayektoriyalariga muvofiq kasbiy 
bilim va malakalarni o‘zlashtirishga imkon yaratishi lozim. 
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari malaka amaliyotlariga qo‘yiladigan umumiy 
talablar. 
Ta’lim oluvchilar kasbiy ko‘nikmalarni mukammal egallashi uchun o‘quv 
rejalar va muayyan fanlarning o‘quv dasturlarida o‘quv (tanishuv), ishlab chiqarish 
(klinik, ijodiy va boshqa) va bitiruv oldi malaka amaliyotlari nazarda tutilishi shart. 
Amaliyotlar bakalavriat ta’lim jarayonining majburiy qismi bo‘lib, 
talabalarning kasbiy tayyorgarligi, amaliy ko‘nikmalari va kompetensiyalarini 
shakllantirishga yo‘naltiriladi. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   89   90   91   92   93   94   95   96   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish