-O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi
tomonidan tasdiqlanadigan oliy ta’lim standartlari:
-Oliy ta’limning davlat ta’lim standarti. Asosiy qoidalar;
-Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari klassifikatori.
-Oliy ta’lim bakalavriat yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus, professional ta’lim bilan uzviylik va uzluksizligi
ta’minlangan holda, oliy ta’limning davlat ta’lim standartlari, bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlarining malaka talablari asosida ishlab chiqiladi. O‘quv rejalar tarkibiga
o‘zlashtirilishi majburiy bo‘lgan fanlar (majburiy fanlar) bloki va tanlab
o‘zlashtiriladigan fanlar (tanlov fanlari) bloki kiradi.
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda tegishli sohalarning o‘ziga
xos xususiyatlariga muvofiq o‘quv rejalaridagi bloklar tarkibi o‘zgartirilishi
mumkin.