Kadrlar tayyorlash sifati va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet100/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

Kadrlar tayyorlash sifati va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini 
baholash-
bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari 
professor-o‘qituvchilari tarkibiga qo‘yiladigan umumiy talablar. 
Bakalavriat o‘quv rejasi va o‘quv dasturini amalga oshirishda o‘qitilayotgan 
fan bo‘yicha tayanch ma’lumotga, bilimga, malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lgan 
malakali o‘qituvchilar (magistr yoki diplomli mutaxassislar), fan nomzodlari, falsafa 
doktori (PhD), dotsentlar, fan doktori (DSc), professorlar, ilmiy, pedagogik va ijodiy 
unvonlarga ega bo‘lgan shaxslar, shuningdek tajribaga ega bo‘lgan yuqori malakali 
mutaxassis va amaliyotchilar jalb etilishi lozim. 
Magistratura o‘quv rejasi va o‘quv dasturini amalga oshirishda o‘qitilayotgan 
fan bo‘yicha fan nomzodlari, falsafa doktori (PhD), dotsentlar, fan doktori (DSc) va 
professorlar, ilmiy, pedagogik va ijodiy unvonlarga (darajalarga) ega bo‘lgan yuqori 
malakali mutaxassis va amaliyotchilar jalb etilishi lozim. 
Kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish. 
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha 
kadrlar tayyorlash sifatini nazorat qilish quyidagilardan iborat: 
ichki nazorat oliy ta’lim muassasasi tomonidan amalga oshiriladi. Ichki 
nazorat oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruvi organi 
tomonidan tegishli ravishda belgilangan reyting (baholash) tizimi hamda kredit-
modul tizimi mezonlarga muvofiq o‘rnatilgan tartibda o‘tkaziladi; 
bitiruvchilarning yakuniy nazorati oliy ta’lim yo‘nalishlari va 
mutaxassisliklarining o‘quv rejalariga muvofiq bakalavriatda o‘quv fanlari bo‘yicha 
yakuniy davlat attestatsiyasi va (yoki) bitiruv malakaviy ishi himoyasi, shuningdek 
magistraturada magistrlik dissertatsiyasining himoyasi shaklida amalga oshiriladi; 
davlat-jamoatchilik nazorati oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli 
davlat boshqaruv organi, jamoat tashkilotlari va kadrlar buyurtmachilari tomonidan 
belgilangan tartibda amalga oshiriladi; 
tashqi nazorat belgilangan tartibda oliy ta’limni boshqarish bo‘yicha vakolatli 
davlat boshqaruvi organi tomonidan amalga oshiriladi. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Kadrlar tayyorlash sifati va oliy ta’lim muassasalari faoliyatini

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish