|
O‘quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi Pdf ko'rish
|
bet | 97/593 | Sana | 27.05.2024 | Hajmi | 26,13 Mb. | | #254636 |
Bog'liq 01 YANGI O‘ZBEKISTONO‘quv davrining umumiy hajmi quyidagicha taqsimlanadi:
O‘quv davrlari
Sog‘liqni saqlash ta’lim
sohasidan tashqari
barcha ta’lim sohalari
uchun, % hisobida*
Sog‘liqni saqlash ta’lim
sohasi uchun, %
hisobida
Nazariy va amaliy ta’lim
40 — 65
50 — 70
Shu jumladan, auditoriya
(kontaktli) va mustaqil
ta’limning nisbati
40/60 foiz nisbatidan 50/50 foiz nisbatigacha
Attestatsiya
6 — 15
8 — 15
Ta’til**
8 — 21
10 — 18
Malaka amaliyoti
6 — 25
6 — 20
Bitiruv malakaviy ishi***
2 — 7
2 — 5
* Ayrim yo‘nalishlarning o‘ziga xos xususiyatidan kelib chiqib, ta’lim
jarayoni zaruratiga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim
vazirligi bilan kelishilgan holda ular uchun mazkur foizlarga o‘zgartirish kiritishga
yo‘l qo‘yiladi.
** Qishki ta’til ikki haftadan oshmasligi maqsadga muvofiq.
*** Bitiruv malakaviy ishi tarkibiga uni himoya qilish bo‘yicha Davlat
attestatsiyalari ham kiradi.
Barcha ta’lim sohalari uchun nazariy va amaliy ta’lim hajmining kamida 85
% umumkasbiy va ixtisoslik (maxsus) fanlaridan tashkil topgan majburiy va tanlov
fanlari bloklaridan iborat bo‘lishi lozim.
O‘quv rejalaridagi majburiy va tanlov fanlari bloklarining hajmini ta’lim
yo‘nalishining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib chiqib, o‘quv rejani ishlab
chiqaruvchi oliy ta’lim muassasasi belgilaydi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari ta’lim oluvchilarining malaka amaliyotini
o‘tash tartibi va bitiruv malakaviy ishini bajarish tartibi oliy ta’limni boshqarish
bo‘yicha vakolatli davlat boshqaruv organi tomonidan belgilanadi.
Kredit tizimi xalqaro tamoyillariga asoslanib fanlar katalogini tizimlashtirish
va maqbullashtirish maqsadida o‘quv rejalarda kreditlar kurs va semestrlar bo‘yicha
taqsimotini quyidagicha belgilash tavsiya etiladi:
|
| |