Masofaviy ta’limni boshqarish tizimi - ta’lim jarayonini rejalashtirish,
boshqarish, amalga oshirish va baholashda qo‘llaniladigan dasturiy mahsulot
(elektron ta’lim platformasi).
Masofaviy ta’lim jarayonining ishtirokchilari - ta’lim tashkilotining
masofaviy ta’lim shakliga qabul qilingan talabalar, professor-o‘qituvchilar hamda
masofaviy ta’limning tashkiliy-texnik va metodik ta’minotini amalga oshirishga
mas’ul shaxslar.
Masofaviy ta’lim texnologiyasi - talabalarga o‘quv materiallarining asosiy
hajmini yetkazishni, talaba va professor-o‘qituvchining o‘zaro interfaol harakatini
ta’minlab beruvchi, o‘quv materialini o‘zlashtirish bo‘yicha mustaqil ishlashi uchun
talabaga imkoniyat taqdim etuvchi axborot-kommunikatsiya va o‘qitish
texnologiyalari.
O‘quv kontenti - o‘quv jarayonida talabalarning foydalanishi uchun
mo‘ljallangan, masofaviy ta’limni boshqarish axborot tizimiga joylashtirilgan
o‘quv metodik materiallar (o‘quv rejalari, o‘quv dasturlari, ma’ruza matnlari,
videodarslar, taqdimotlar, topshiriqlar, imtihon materiallari, o‘quv adabiyotlari).
O‘quvchilar - inklyuziv ta’lim va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarda
tahsil olayotgan sog‘lom yoki alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar.
Davlat ta’lim talablari - ta’limning tuzilmasiga, mazmuniga va uni amalga
oshirish shart-sharoitlariga, shuningdek ta’lim oluvchilarning jismoniy, shaxsiy,
intellektual, ilmiy hamda kasbiy sifatlariga qo‘yiladigan majburiy talablar.
Modul tarbiyalash , o‘qitishga o‘rnatilgan maqsadlar va natijalarga nisbatan
muayyan mantiqiy tugallanganlikka ega bo‘lgan o‘quv fan (kursi) yoki o‘quv
fanlari (kurslari) qismlarining majmuasi.