ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohasida




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet108/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohasida: 
oliy ta’lim muassasalari ilmiy faoliyati hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirish istiqbollaridan kelib chiqib tashkil etilmagan, tahlillar asosida 
innovatsion rivojlanishni prognozlashtirish faoliyati yo‘lga qo‘yilmagan; 
innovatsion faoliyat, tadqiqot natijalarini amaliyotga keng joriy etish, ilmiy 
ishlanmalarni tijoratlashtirish, ilmiy-tadqiqot ishlariga iqtidorli yoshlarni jalb etish 
natijadorligi yetarli emas, ta’lim, fan va ishlab chiqarishning mustahkam 
integratsiyasi ta’minlanmagan; 
oliy ta’lim muassasalarining ilmiy salohiyati atigi 36,4 foizni tashkil etmoqda; 
ilmiy-tadqiqot ishlari ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlaridagi mavjud 
muammolar yechimiga qaratilmagan; 
so‘nggi yillarda nufuzli xalqaro ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalarga 
iqtiboslar soni kamaymoqda; 
ilmiy-tadqiqot ishlari bilan shug‘ullanayotgan professor-o‘qituvchilar, ilmiy 
xodimlar va yosh olimlar faoliyatini rag‘batlantirishning ta’sirchan mexanizmlari 
yaratilmagan; 
oliy ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash 
sohasida: 
talabalar turar joylari, kutubxona, o‘quv ustaxonalari, laboratoriyalar, sport 
sog‘lomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlari quvvatlari mavjud ehtiyojni 
qanoatlantirmaydi, ularning aksariyat qismida bugungi kun talablariga javob 
beradigan moddiy-texnik baza shakllantirilmagan; 
oliy ta’lim muassasalarining zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriyalar bilan 
jihozlanish darajasi yetarli emas, xalqaro standartlarga javob beradigan o‘quv 
laboratoriya uskunalarining salmog‘i atigi 10 foizni tashkil etadi, shu bilan birga 
o‘quv jarayoni laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, 
biologik materiallar va boshqa obyektlar) bilan yetarlicha ta’minlanmaydi; 


oliy ta’lim muassasalari moliyaviy xarajatlarining asosiy qismi ish haqiga 
sarflanib, o‘quv va ilmiy laboratoriyalarni yangilashga, bino va inshootlarni 
ta’mirlashga yetarlicha mablag‘ yo‘naltirilmayapti; 

Download 26,13 Mb.
1   ...   104   105   106   107   108   109   110   111   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



ilmiy-tadqiqot va innovatsion faoliyat sohasida

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish