talabalar bilimini baholash tizimi texnologiyalarini takomillashtirib borish va
xolisonaligini ta’minlash, jumladan baholashning talabalar bilan bevosita aloqasiz
shakllarini rivojlantirib borish;
fanlarni o‘zlashtirishda talabalar orasida sog‘lom raqobatni rivojlantirish
mexanizmlarini ishlab chiqish;
o‘quv rejalarida fanlar sonini nomutaxassislik fanlari hisobiga bosqichma-
bosqich kamaytirish hamda tutashlikdagi fanlarni tanlov fanlari ro‘yxatiga kiritish;
gumanitar va pedagogik yo‘nalishlarda kadrlar tayyorlash sifatiga e’tiborni
kuchaytirish, pedagogik ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv reja
va dasturlarini ilg‘or xorijiy tajriba asosida qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish,
mazkur yo‘nalishda tahsil olayotgan talabalarda ta’lim jarayonida zamonaviy
pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini shakllantirish, pedagogik ta’lim
infratuzilmasini yaxshilash, hududlardagi barcha umumta’lim maktablariga xorijiy
tillarni o‘zlashtirgan, yuqori malakali professional
pedagog kadrlarni yetkazib
berish;
ilg‘or xorijiy tajribalar asosida oliy ta’lim muassasalariga yuqori malakali
pedagog kadrlarni maqsadli tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish
tizimini takomillashtirib borish;
oliy ta’lim muassasalarida o‘quv-uslubiy faoliyat uchun mas’ul bo‘lgan
mutaxassislar malakasini muntazam oshirib borish;
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha xorijiy tillarda o‘qitiladigan
mutaxassislik fanlari salmog‘ini oshirib borish;
magistratura talabalarining yuqori saviyada ilmiy izlanishlar olib borish,
pedagogik faoliyat yuritish, boshqaruv, tanqidiy fikrlash va tizimli tahlil qilish
qobiliyatiga ega bo‘lishi uchun mazkur ta’lim bosqichi o‘quv reja va dasturlarini
muntazam takomillashtirib borish;
o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash, zamonaviy o‘quv adabiyotlarini yaratish
tartibini soddalashtirish, eng yangi xorijiy adabiyotlarni xarid qilish va tarjima qilish
ishlarini jadallashtirish, xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv
adabiyotlari sifatida foydalanishni kengaytirish, kutubxonalar
fondlarini muntazam
ravishda yangilab borish;
tanlov asosida aniqlangan va o‘quv adabiyotlariga mualliflik qilayotgan
professor-o‘qituvchilarning yillik o‘quv yuklamasini taqsimlash mexanizmini
takomillashtirish, bunda ularning umumiy yillik yuklamalarida o‘quv adabiyotlarini
yaratish uchun ajratilgan vaqtni dars o‘tish yuklamasi vaqti hisobidan oshirishni
nazarda tutish;
imkoniyati cheklangan talabalarga ko‘rsatiladigan ta’lim xizmatlari turlarini
ko‘paytirish va ularning sifatini yaxshilash, ta’limda inklyuziv jarayonlarni
rivojlantirish, adaptiv texnologiyalarni joriy etish;
barcha oliy ta’lim muassasalarida dars mashg‘ulotlari bo‘yicha talabalar fikrini
o‘rganish (feedback) hamda o‘zaro tashrif (peer review) tizimini rivojlantirish
asosida talabalarga ta’lim xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilab borish;
fan
sohalari
bo‘yicha
professor-o‘qituvchilarning
kasbiy
muloqot
maydonchalarini yaratish, ta’lim sifatini ta’minlash jarayoniga talabalarni keng jalb
etish hamda "tyutorlik" tashkiliy-metodik yordam
tizimini joriy etish orqali
talabalarning mustaqil ta’lim olish faoliyatini rivojlantirish;
xorijiy mamlakatlar tajribasidan kelib chiqib, talaba-yoshlarning akademik
faoliyati, muammolari va turmush tarzi, o‘quv jarayoni hamda yaratilgan sharoitlar
bo‘yicha talabalar fikr-mulohazalarini o‘rganish maqsadida ular o‘rtasida har yili
respublika miqyosida milliy so‘rov o‘tkazish;
oliy ta’lim muassasalari, qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘quv-
pedagogik va ilmiy faoliyat yuritish uchun xorijlik yuqori malakali professor-
o‘qituvchilar va mutaxassislar, ta’lim va ilm-fan sohasida faoliyat yuritib, salmoqli
yutuqlarga erishgan, yurt rivojiga hissa qo‘shish istagida bo‘lgan xorijdagi
vatandoshlarni jalb etish, bu borada ularga akademik va infratuzilmaga oid
qulayliklar yaratib berish;
yuqori malakali professor-o‘qituvchilar, olimlarni ta’lim jarayoniga jalb
qilishning samarali
mexanizmlarini yaratish, muayyan ko‘rsatkichlar asosida
ularning faoliyatini baholash tizimini rivojlantirish;
oliy ta’lim muassasalarida milliy hamda xalqaro baholash tizimlari
sertifikatlariga ega bo‘lgan, xorijiy tillarni mukammal o‘zlashtirgan professor-
o‘qituvchilar va talabalar ulushini tizimli ravishda oshirib borish;
“El-yurt umidi” jamg‘armasi ko‘magida professor-o‘qituvchilarni xorijiy
mamlakatlarda malaka oshirish, stajirovka o‘tash, magistratura va doktoranturada
o‘qitish orqali ularning kasbiy mahoratini oshirib borish;
ko‘p yillik mehnat stajiga ega bo‘lgan amaliyotchi mutaxassislarni ta’lim
jarayoniga keng jalb qilish, professor-o‘qituvchilarning tegishli soha korxona va
tashkilotlarida stajirovka o‘tashini tizimli tashkil etish;
ijtimoiy soha va iqtisodiyotning barcha tarmoqlari mutaxassislari uchun
uzluksiz malaka oshirish va qayta tayyorlash tizimlarini
joriy etishning meyoriy-
huquqiy va o‘quv-metodik asoslarini takomillashtirib borish, bu borada masofaviy
ta’lim imkoniyatlaridan keng foydalanish;
oliy ta’lim muassasalarida talabalarning ishdan ajralmagan holda o‘qishini
ta’minlash maqsadida sirtqi va kechki ta’lim shakllarida kadrlar tayyorlashni
rivojlantirish, bunda raqamli texnologiyalarga asoslangan zamonaviy ta’lim
texnologiyalarini joriy etish;
iqtisodiyotning zamonaviy talablariga muvofiqlikni ta’minlash maqsadida
davlat ta’lim standartlarini takomillashtirib borish;
talabalarning ishlab chiqarish, malakaviy va boshqa turdagi amaliyotlarini
mazmunli tashkil etish uchun uslubiy bazani ishlab chiqish va rivojlantirib borish;
respublika oliy ta’lim muassasalariaro ichki akademik mobillik dasturlarini,
o‘zaro tajriba almashish mexanizmlarini amaliyotga tatbiq etish;
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik doirasida professor-
o‘qituvchilar va doktorantlar akademik mobilligi dasturlarini rivojlantirish;
oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirishda ichki nazorat va hisobdorlik
mexanizmlarini takomillashtirish;
oliy ta’lim muassasalariga qabul jarayonlarida bitiruvchilarning attestatidagi
o‘rtacha bahoni inobatga olgan holda, ta’lim yo‘nalishlariga mos bo‘lgan fanlardan
milliy va xalqaro baholash tizimlari sertifikatlariga ega bo‘lgan abituriyentlarni oliy
ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish tajribasini bosqichma-bosqich
amaliyotga joriy etish;
milliy baholash tizimi sertifikatlari taqdim etiladigan fanlar ro‘yxatini
kengaytirish, bunday xizmatlar ko‘rsatadigan davlat va nodavlat muassasalar
faoliyatini qo‘llab-quvvatlash;
oliy ta’lim muassasalari fan olimpiadalarini o‘tkazish tartibini takomillashtirish,
shaffoflikni ta’minlash, baholash mexanizmlarini xalqaro olimpiada va tanlovlar
mezonlariga moslashtirish.