• Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari hisoblanadi
  • Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet109/593
    Sana27.05.2024
    Hajmi26,13 Mb.
    #254636
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   593
    Bog'liq
    01 YANGI O‘ZBEKISTON

    oliy 
    ta’limning 
    jozibadorligini 
    oshirish, 
    xalqaro 
    miqyosda 
    raqobatbardoshlikni ta’minlash sohasida: 
    respublika oliy ta’lim muassasalari xalqaro e’tirof etilgan tashkilotlar 
    reytingining birinchi 1 000 ta o‘rindagi oliy ta’lim muassasalari ro‘yxatiga, ularning 
    rasmiy veb-saytlari Webometrics xalqaro reytingining 1 000 talik ro‘yxatiga 
    kirmagan; 
    ta’lim dasturlari va talabalar bilimini baholash tizimi xalqaro standartlarga 
    moslashtirilmagan; 
    mavjud talabalar turar joylari hamda ijtimoiy infratuzilma obyektlari xorijiy 
    talabalar ehtiyojlariga moslashtirilmagan; 
    xorijiy fuqarolarni mamlakatimizda ta’lim olishga keng jalb qilish borasidagi 
    targ‘ibot ishlari, jumladan PR-loyihalar (O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari 
    kunlarini tashkil qilish, taqdimotlar o‘tkazish va boshqalar) yetarli darajada tashkil 
    qilinmagan, bu borada interaktiv virtual platforma mavjud emas. 
    Oliy ta’lim tizimini rivojlantirishning strategik maqsadlari hisoblanadi: 
    mamlakatni modernizatsiya qilish, ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan barqaror 
    rivojlantirish uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash sifatini oshirish, inson 
    kapitalini mehnat bozori talablari asosida rivojlantirish;
    oliy ta’lim bilan qamrov darajasini oshirish, xalqaro standartlar asosida yuqori 
    malakali, kreativ va tizimli fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan kadrlar 
    tayyorlash, ularning intellektual qobiliyatlarini namoyon etishi va ma’naviy 
    barkamol shaxs sifatida shakllanishi uchun zarur shart-sharoit yaratish; 
    sohada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, uning jozibadorligini oshirish, 
    jahon miqyosidagi raqobatbardoshligini ta’minlash. 
    Uzoq istiqboldagi maqsadli vazifalardan kelib chiqib, oliy ta’lim tizimini 
    rivojlantirish quyidagi ustuvor yo‘nalishlar asosida amalga oshiriladi:
    oliy ta’lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma’lumotli mutaxassislar 
    tayyorlash sifatini oshirish; 
    ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy etish; 
    oliy ta’lim muassasalarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijadorligini oshirish, 
    yoshlarni ilmiy faoliyatga keng jalb etish, ilm-fanning innovatsion infratuzilmasini 
    shakllantirish; 
    ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy ishlar ta’sirchanligini oshirish; 
    yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash jarayoniga kadrlar buyurtmachilarini 
    faol jalb etish; 
    oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini 
    ta’minlash, moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash; 
    oliy ta’lim muassasalarini tizimli rivojlantirish va boshqaruv faoliyatini 
    takomillashtirish; 
    korrupsiyaga qarshi kurashish, shaffoflikni ta’minlashning ta’sirchan 
    mexanizmlarini joriy etish; 
    oliy ta’lim tizimining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, xalqaro miqyosda 
    tanilishi va raqobatbardoshligini ta’minlash. 



    Download 26,13 Mb.
    1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   593




    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish bosh ilmiy-metodik markazi

    Download 26,13 Mb.
    Pdf ko'rish