o‘quv adabiyotlari yetishmovchiligi saqlanib qolib,
mavjudlarining aksariyat
qismi zamon talablariga javob bermaydi, o‘quv adabiyotlari sifatini yaxshilash,
xorijiy adabiyotlardan qo‘shimcha yoki muqobil o‘quv adabiyotlari sifatida
foydalanish ishlari yetarli darajada
tashkil etilmagan;
oliy ta’lim muassasalarida fan olimpiadalarini o‘tkazishning shaffof
mexanizmlari joriy etilmagan, olimpiadalar g‘oliblari bilan ishlash tizimli ravishda
yo‘lga qo‘yilmagan;
iqtidorli yoshlar orasidan oliy ta’lim muassasalariga
talabalarni saralab olish
mexanizmlari mavjud emas;
pedagog xodimlarning malaka oshirish tizimi samarali tashkil etilmagan,
jumladan malaka oshirish muassasalarida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazish uchun
yuqori malakali professor-o‘qituvchilar jalb qilinmagan,
malaka oshirishga jalb
etishda tinglovchilarning salohiyati inobatga olinmaydi;
oliy ta’limda ma’naviy-axloqiy mazmunni kuchaytirish, yoshlarni milliy
qadriyatlarga hurmat, insonparvarlik va yuksak ma’naviy g‘oyalar
asosida
vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ularda yot g‘oya va mafkuralarga qarshi
immunitetni mustahkamlash borasidagi ishlarni yanada rivojlantirish zarurati
mavjud;