Oliy ta’lim
Oliy ta’lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura
mutaxassisliklari bo‘yicha yuqori malakali kadrlar tayyorlanishini ta’minlaydi.
Davlat ta’lim standartlari
- davlat tomonidan ta’limning mazmuni va
sifatiga nisbatan belgilanadigan talablar majmui.
Tashkilot
- professional ta’lim muassasasi bilan dual ta’lim asosida kadrlar
tayyorlash bo‘yicha shartnoma tuzgan yuridik shaxs.
Dual ta’lim dasturi
- professional ta’lim muassasasi va tashkilotda ta’lim
oluvchining muayyan kasb yoki mutaxassislik bo‘yicha kasbiy faoliyatini va
mehnat vazifalarini bajarishiga qaratilgan davlat ta’lim standarti, o‘quv rejasi,
o‘quv dastur (modul)lari, o‘quv va ishlab chiqarish amaliyoti dasturlaridan iborat
hujjatlar to‘plami.
Ish joyi
- dual ta’limda ta’lim oluvchiga tashkilotning ichki tartib-qoidalari,
tegishli vazifalari hamda ta’lim dasturlariga muvofiq amaliy ko‘nikma va
malakalarni egallash uchun belgilangan ish o‘rni.
O‘quv-amaliy qism
- dual ta’lim dasturiga muvofiq professional ta’lim
muassasasida o‘tkaziladigan amaliy mashg‘ulotlar va o‘quv amaliyoti.
Ustoz
- ta’lim jarayonining ishlab chiqarish bilan bog‘liq amaliy qismini
o‘tkazish uchun tashkilot tomonidan o‘quvchi(lar)ga biriktirilgan mas’ul shaxs.
Shartnoma
- tashkilot va professional ta’lim muassasasi hamda tashkilot va
o‘quvchi o‘rtasida dual ta’limni amalga oshirish uchun tuzilgan hujjat.
Inklyuziv ta’lim
- alohida ta’lim ehtiyojlari va individual imkoniyatlarning
xilma-xilligini hisobga olgan holda barcha ta’lim oluvchilar uchun ta’lim
tashkilotlarida ta’lim olishga bo‘lgan teng imkoniyatlarni ta’minlagan holda
beriladigan ta’lim.