olinishini belgilovchi ko‘rsatkich “Xirsh” indeksi (h-indeks) yuqori bo‘lgan olimlar,
professor-o‘qituvchilar hamda yosh ilmiy izlanuvchilarni budjetdan tashqari
mablag‘lar hisobidan moddiy rag‘batlantirib borish tizimini joriy etish;
oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar sifatini ko‘tarish,
ularni statistik, texnik va boshqa ma’lumotlar bilan ta’minlash mexanizmlarini
yaratish, bu borada tegishli meyoriy-huquqiy hujjatlarni qabul qilish;
professor-o‘qituvchilar tarkibining ilmiy daraja va unvonlarga ega xodimlar
yoshi nuqtai nazaridan optimal nisbatiga erishish;
ilmiy-tadqiqot muassasalari olimlarini ta’lim jarayoni va ilmiy rahbarlikka jalb
qilish, magistratura va doktorantura bosqichlaridagi ilmiy ishlarni mazkur ilmiy-
tadqiqot muassasalarida olib borilishi hamda himoya qilinishini ta’minlash;
jahon ilmiy tadqiqotlar bozori tendensiyalaridan kelib chiqib, har bir oliy ta’lim
muassasasida (fakultet, kafedra va laboratoriyalar kesimida) ilmiy tadqiqotlarni tor
va fanlar tutashligidagi sohalarga ixtisoslashtirish, ularni ishlab chiqarish va hududiy
rivojlanish ehtiyojlariga moslashtirish, qiyosiy ustunlikka ega bo‘lgan istiqbolli ilmiy
yo‘nalishlarni belgilash, ushbu yo‘nalishlarda yuqori malakali professor-
o‘qituvchilar va talabalar salmog‘ini oshirish;
Toshkent davlat texnika universiteti huzuridagi O‘zbekiston-Yaponiya yoshlar
innovatsiya markazi, Toshkent to‘qimachilik va yengil
sanoat instituti huzuridagi
O‘quv-amaliy to‘qimachilik texnoparki hamda Urganch davlat universiteti
huzuridagi “Xorazm” innovatsion texnoparkining faoliyati samaradorligini oshirish;
xalqaro moliya institutlarining imtiyozli mablag‘larini keng jalb qilish orqali
innovatsion faoliyat infratuzilmasini takomillashtirish maqsadida “Hujayra va
molekulyar
biotexnologiya”,
“Tibbiy
genetika”,
“Ekofiziologiya”,
“Materialshunoslik”, “Energiya tejovchi texnologiyalar, nazorat-o‘lchov va
avtomatlashtirilgan
tizimlar”,
“Qurilish materiallari” hamda “Oziq-ovqat
mahsulotlari va texnologiyasi” yo‘nalishlari bo‘yicha 7 ta oliy ta’lim muassasalariaro
ilmiy-tadqiqot laboratoriyasini tashkil etish;
O‘zbekiston Milliy universiteti huzurida Nanotexnologiyalarni rivojlantirish
markazi, Yarimo‘tkazgichlar fizikasi va mikroelektronika ilmiy-tadqiqot instituti,
Biofizika va biokimyo instituti, Intellektual dasturiy tizimlar ilmiy-amaliy markazida
zamonaviy ilmiy-tadqiqotlar amalga oshirilishini ta’minlash va rivojlantirib borish;
ilm-fan sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekiston
Respublikasi
Fanlar akademiyasining tegishli institutlari hamda nufuzli xorijiy oliy ta’lim va ilmiy
tadqiqot muassasalari bilan yetakchi mahalliy oliy ta’lim muassasalarining faol
hamkorligini yo‘lga qo‘yish, bunda mentorlik modelidan keng foydalanish;
professor-o‘qituvchilar tomonidan yuritilishi lozim bo‘lgan turli jurnal va
o‘quv-uslubiy hujjatlar sonini qat’iy qisqartirish orqali ularning ilmiy faoliyatini
jadallashtirish;
ilmiy-tadqiqot ishlarini ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlaridagi, shu
jumladan hududiy miqyosdagi mavjud muammolarning innovatsion yechimiga
qaratish, fanlar tutashligidagi muammolarni keng tadqiq etish;
iqtidorli yoshlarni aniqlash, akademik
litseylarga jalb qilish, oliy ta’lim
muassasalariga saralab olish, chuqurlashtirilgan ta’lim dasturlari asosida o‘qitish,
ularning fan olimpiadalaridagi ishtirokini kengaytirish, ilmiy faoliyatga bo‘lgan
qiziqishini oshirish, “ustoz-shogird” tizimi asosida tegishli sohada yuqori natijalarga
erishgan malakali mutaxassislarga biriktirish, bu boradagi ma’lumotlar elektron
bazasini yaratish;
oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar akademiyasi hamda Fan va texnologiyalar
bo‘yicha respublika kengashi bilan hamkorligini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirib
borish;
oliy ta’lim muassasalari ilmiy salohiyatini oshirish,
maqsadli doktorantura
orqali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash tizimini rivojlantirish;
xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikda qo‘shma ilmiy daraja
dasturlarini ishlab chiqish;
oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutlari faoliyatini xorijiy tajriba asosida
takomillashtirish, ilmiy kengashlar va himoyalar tizimini xalqaro tajribaga
muvofiqlashtirish;
ilmiy darajalar va unvonlar berish vakolatini bosqichma-bosqich oliy ta’lim
muassasalariga berish;
doktoranturaga qabul qilish shartlarini belgilashda oliy ta’lim muassasalariga
erkinlik berish, talabgorlarni saralab olishda ularning ilmiy yutuqlariga alohida
e’tibor qaratish;
ilmiy darajalar beruvchi ilmiy kengashlar majlislarini hududlardagi oliy ta’lim
muassasalaridan turib onlayn kuzatish platformasini yaratish.