Oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligi va barqarorligini ta’minlash, moddiy-texnik ta’minotini mustahkamlash bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish
tizimiga o‘tkazish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, mehnatga haq to‘lash tizimini
takomillashtirish, moliyalashtirishning samarali va shaffof mexanizmlarini joriy
etish;
iqtisodiyot tarmoqlarining kadrlarga bo‘lgan ehtiyojlarini inobatga olgan holda,
shuningdek istiqbolda oliy ta’lim muassasalarining reytingi va o‘z xarajatlarini
qoplash darajasidan kelib chiqib bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari (magistratura
mutaxassisliklari) bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlarini mustaqil belgilash tizimiga
bosqichma-bosqich o‘tish;
oliy ta’lim muassasalarining ta’lim xizmatlari eksporti va qo‘shimcha xizmatlar
ko‘rsatishga doir faoliyatini rivojlantirish;
qurilish, rekonstruksiya qilish va kapital ta’mirlash ishlarini zamon talablari
asosida tashkil etish, ushbu jarayonda innovatsion texnologiyalarga asoslangan,
resurstejamkor va tez barpo etiladigan konstruksiya va materiallardan foydalanish
bo‘yicha ilg‘or texnologiyalar va muhandislik yechimlarini qo‘llash;
oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy dasturiy mahsulotlar bilan ta’minlash,
o‘quv va ilmiy jarayonlarni o‘quv va laboratoriya uskunalari, shuningdek
laboratoriya materiallari (reaktivlar, kimyoviy idish, butlovchi, biologik materiallar
va boshqa obyektlar) bilan muntazam ravishda zarur miqdorlarda ta’minlab
borishning samarali mexanizmlarini yaratish;
talabalar turar joylari, kutubxona, o‘quv ustaxonalari, laboratoriyalar, sport
sog‘lomlashtirish va ijtimoiy infratuzilma obyektlariga nisbatan o‘sib borayotgan
ehtiyojni o‘z vaqtida ta’minlash va zamon talablari asosida ularning moddiy-texnik
bazasini mustahkamlash;
imkoniyati cheklangan talabalarga oliy ta’lim muassasalari va talabalar turar
joylari binolarida qo‘shimcha sharoitlar yaratish, ular uchun ta’lim muassasalarini
zarur adabiyotlar, metodik qo‘llanmalar bilan ta’minlash choralarini ko‘rish;
oliy ta’lim muassasalarida xorijiy fuqarolarning istiqomat qilishi va ta’lim
olishi bo‘yicha qulay shart-sharoitlar yaratish;
innovatsion kutubxonalarni tashkil etish, ulardagi kitob fondini yangi avlod
o‘quv adabiyotlari bilan muntazam boyitish;
oliy ta’lim muassasalarini yuqori tezlikdagi internet bilan uzluksiz ta’minlash,
talabalarning mustaqil ta’lim olishi uchun infratuzilma imkoniyatlarini kengaytirish;
talabalar, o‘qituvchilar va yosh tadqiqotchilarning elektron ta’lim resurslari,
zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalaridan
bepul foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish;
aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlaridan bo‘lgan talabalarni moddiy
rag‘batlantirish va qo‘llab-quvvatlash;
oliy
ta’lim
muassasalarida homiylik va ilmiy-tadqiqot natijalarini
tijoratlashtirishdan tushgan, maqsadli kapital va boshqa mablag‘lar hisobiga
moliyalashtiriladigan endaument jamg‘armalarini (endowment fund) tashkil etish.