Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet111/593
Sana27.05.2024
Hajmi26,13 Mb.
#254636
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   593
Bog'liq
01 YANGI O‘ZBEKISTON

Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy 
etish bo‘yicha quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi: 
raqamli iqtisodiyot uchun yuqori malakali muhandis-texnik kadrlar tayyorlash 
tizimini tashkil etish;
zamonaviy 
axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalari 
va 
ta’lim 
texnologiyalarining mustahkam integratsiyasini ta’minlash, bu borada pedagog 
kadrlarning kasbiy mahoratini uzluksiz rivojlantirib borish uchun qo‘shimcha 
sharoitlar yaratish; 
ta’lim jarayonlarini raqamli texnologiyalar asosida individuallashtirish, 
masofaviy ta’lim xizmatlarini rivojlantirish, vebinar, onlayn, "blended learning", 
"flipped classroom" texnologiyalarini amaliyotga keng joriy etish; 
zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari asosida masofaviy ta’lim 
dasturlarini tashkil etish; 
ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar, seminarlarni onlayn kuzatish va o‘zlashtirish 
imkonini beruvchi, shuningdek ularni elektron axborot saqlovchilarga yuklovchi “E-
MINBAR” platformasini amaliyotga joriy etish, ta’lim jarayonlarida "bulutli 
texnologiyalar"dan foydalanish; 
masofadan turib foydalanish imkonini beruvchi elektron kutubxona tizimini 
keng joriy etish, talabalarning oliy ta’lim muassasasida o‘qishni tamomlaganlaridan 
so‘ng kutubxona fondi, axborot bazalaridan foydalanishini yo‘lga qo‘yish orqali 
ularning kasbiy malakasini uzluksiz oshirib borish imkoniyatlarini kengaytirish; 
milliy elektron ta’lim resurslari yaratilishini jadallashtirish, xorijiy elektron 
ta’lim resurslarini tarjima qilish ishlarini tashkil etish, ta’lim jarayonida elektron 
resurslar salmog‘ini bosqichma-bosqich oshirib borish, elektron o‘quv adabiyotlar 
yaratish, ularni mobil qurilmalarga yuklab olish maqsadida kutubxonalarda QR-kod 
yordamida elektron resurslar haqidagi axborotlarni joylashtirish tizimini yaratish; 
oliy ta’lim muassasasining konferensiya materiallari, bitiruv-malakaviy ishlar, 
magistrlik va doktorlik dissertatsiyalaridan iborat ilmiy-texnik ma’lumotlar elektron 
bazasini yaratish, kelgusidagi ilmiy-texnik ma’lumotlar yangiligini ta’minlash 
maqsadida antiplagiat tizimidan foydalanishni keng joriy etish; 
ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklarining o‘ziga xosligidan kelib chiqib, 
ta’lim jarayonida xalqaro miqyosda keng qo‘llaniladigan zamonaviy dasturiy 
mahsulotlardan foydalanishni rivojlantirish;
oliy ta’lim muassasalaridan olinadigan turli hisobot va ma’lumotlar sonini 
keskin kamaytirish, ularni tayyorlashning qog‘oz shaklidan voz kechish, boshqaruv 
tizimi va o‘quv jarayonlari, kutubxona va hujjatlar aylanmasini elektronlashtirishni 
ta’minlovchi "Elektron universitet" platformasiga bosqichma-bosqich o‘tish, ta’lim 
jarayoni ishtirokchilari faoliyati samaradorligini monitoring qilishning elektron 
tizimini joriy etish; 


oliy ta’lim muassasalari pedagog xodimlari, bakalavriat, magistratura talabalari 
va doktorantlariga oid ma’lumotlarni o‘zida aks ettiruvchi va muntazam yangilanib 
boruvchi elektron baza (Student Record System) yuritilishini yo‘lga qo‘yish asosida 
uning milliy tizimini yaratish; 
xalqaro moliya tashkilotlari ko‘magida oliy ta’lim sohasidagi o‘quv-uslubiy, 
meyoriy-huquqiy hujjatlar, statistik ma’lumotlar, shuningdek davlat interaktiv 
xizmatlari ko‘rsatishga doir ma’lumotlarni o‘zida mujassam etgan va muntazam 
yangilanib turadigan oliy ta’limning yagona axborot platformasi - "Oliy ta’lim 
boshqaruvi axborot tizimi"ni ishga tushirish, unda vakant o‘rinlarga o‘tkazilayotgan 
tanlovlarga oid e’lonlarni hamda arizalarni onlayn qabul qilish imkoniyatlarini 
nazarda tutish. 

Download 26,13 Mb.
1   ...   107   108   109   110   111   112   113   114   ...   593




Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ta’lim jarayoniga raqamli texnologiyalar va zamonaviy usullarni joriy

Download 26,13 Mb.
Pdf ko'rish