prorektorlar bilan kelishilgan holda o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor (fakultet dekani)
tomonidan tasdiqlanadigan o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejalariga asoslanadi.
Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasi tarkibiga
o‘quv yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlarining
turlari kiritiladi. Ish turlari professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy
ish rejalarida to‘liq va aniq aks ettirilishi kerak. Joriy o‘quv yili yakunida faqat
mazkur o‘quv yili davomida amalga oshirilgan ishlar hisobga olinadi.
O‘quv yili davomida bajarilgan qo‘shimcha ish turlari professor-
o‘qituvchilarning yillik shaxsiy ish rejalariga kiritib borilishi mumkin.
Professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejasi tarkibiga kiritiladigan o‘quv
yuklamasi hamda o‘quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari:
to‘liq shtatda faoliyat ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilar uchun professor-
o‘qituvchilarning lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida;
to‘liq shtatda bo‘lmagan va o‘rindosh sifatida faoliyat ko‘rsatayotgan professor-
o‘qituvchilar uchun ularning stavkalariga muvofiq tarzda professor-o‘qituvchilarning
lavozimlariga qo‘yilgan malaka talablari asosida;
shuningdek, mehnatga haq to‘lashning soatbay shartlari asosida faoliyat
ko‘rsatayotgan professor-o‘qituvchilarning o‘quv yuklamasi shakllantiriladi.
Professor-o‘qituvchilarning o‘quv yili bo‘yicha shaxsiy ish rejasining bajarilishi
muntazam ravishda kafedra mudiri, har semestr yakunida fakultet dekani, dekan
o‘rinbosarlari, fakultet tuzilmasi bo‘lmagan oliy ta’lim muassasalarida o‘quv bo‘limi
(o‘quv-uslubiy boshqarma) va tegishli yo‘nalishlar bo‘yicha prorektorlar tomonidan
nazorat qilib boriladi.