asosan oliy ta’lim muassasasi kengashining qarori bilan o‘zgartirilishi mumkin.
Bunda professor-o‘qituvchilarning tegishli o‘quv yuklamasining muayyan qismi
kafedraning boshqa professor-o‘qituvchilarining o‘quv yuklamasiga qo‘shimcha
ravishda taqsimlanadi.
Ma’ruza mashg‘ulotlari ilmiy unvon va ilmiy darajaga ega bo‘lgan professor-
o‘qituvchilar tomonidan o‘tkaziladi. Zarur hollarda (ma’ruza mashg‘ulotlari hajmi
ko‘p bo‘lganda yoki professor, dotsent va katta o‘qituvchilar yetarli bo‘lmaganda)
oliy ta’lim muassasasi Kengashining qaroriga asosan kamida 3 yillik ilmiy-
pedagogik ish stajiga ega bo‘lgan, biroq ilmiy unvon va ilmiy darajasi bo‘lmagan
o‘qituvchilarga bir o‘quv yilida 250 soatgacha hajmda ma’ruza mashg‘ulotlarini
o‘tishga ruxsat beriladi.
Professor-o‘qituvchilarning o‘quv (ma’ruza, amaliy (yakka), seminar va
laboratoriya) soatlari hajmi 400 soatdan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi. Kafedraga
sohaning yetakchi mutaxassislari (akademiklar va professorlar) jalb etilganda, ushbu
o‘quv soatlari hajmiga oliy ta’lim muassasasi Kengashi qaroriga muvofiq
o‘zgartirish kiritish mumkin.