• KATTA O’QITUVCHINING LAVOZIM MAJBURIYATLARI O’quv-uslubiy ishlar bo’yicha
  • Oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimi pptx




    Download 0.94 Mb.
    bet1/7
    Sana11.03.2024
    Hajmi0.94 Mb.
    #170053
      1   2   3   4   5   6   7
    Bog'liq
    OLIY TA\'LIMDA KREDIT MODUL TIZIMI
    kadrlar tayyorlash, meva sharbat, sharq-mutafakkirlarining-ta-lim-tarbiyaga-oid-ma-naviy-va-axloqiy-qarashlari

    OLIY TA’LIM TIZIMIDA KREDIT-MODUL TIZIMI

    VAQT ME’YORLARI


    O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2018 yil 10 yanvardagi “Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibinining o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “”ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalarini tasdiqlash togrisida”gi buyrug’iga ko’ra “Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilar tarkibinining o’quv yuklamasi hamda o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “”ustoz-shogird” ishlarini belgilash qoidalari” ishlab chiqildi.
    Oliy ta’lim muassasasi professor-o’qituvchilari tarkibi mehnatini normalashtirish har o’quv yili uchun professor-o’qituvchilar va kafedra mudiri tomonidan tuziladigan hamda prorektorlar bilan kelishilgan holda o’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan tasdiqlangan o’quv yili bo’yicha shaxsiy ish rejalariga asoslanadi.
    Professor-o’qituvchilarning o’quv yili bo’yicha shaxsiy ish rejasi tarkibiga o’quv yuklamasi tarkibiga quyidagilar kiradi:
    - o’quv yuklamasi;
    - o’quv-uslubiy ishlar;
    - ilmiy-tadqiqot ishlari;
    - “ustoz-shogird” ishlari.

    Professor-o’qituvchilarning o’quv (ma’ruza, amaliy, seminar va laboratoriya) soatlari hajmi 400 soatdan kam bo’lmasligi tavsiya etiladi. Kafedraga sohaning yetakchi mutaxassislari (akademiklar va professorlar) jalb etilganda, ushbu o’quv soatlari hajmiga OTM Kengashi qaroriga muvofiq o’zgartirish kritish mumkin.


    Professor-o’qituvchilar faoliyatining o’quv-uslubiy, ilmiy-tadqiqot va “ustoz-shogird” ishlari bo’yicha soatlar hajmi hisoblanmaydigan ish turlari professor-o’qituvchilarning lavozimlariga qo’yilgan malaka talablari asosida belgilanadi.

    KATTA O’QITUVCHINING LAVOZIM MAJBURIYATLARI
    O’quv-uslubiy ishlar bo’yicha:
    -dars beradigan fanidan o’quv mashg’ulotining turlari bo’yicha o’quv uslubiyishlarni tashkil etadi va o’tkazadi;
    -o’quv jarayoniga yangi pedagogik va axborot texnologiyalarni joriy etadi;
    -amaliy mashg’ulotlar uchun topshiriqlar tuzadi, talabalar bilimini baholashning samarali usullarini qo’llaydi;
    -mustaqil ishlar bo’yicha talabalar bilimini nazorat qilishning samarali usullaridan foydalanadi;
    -dars jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan yuqori darajada olib boradi, talabalarning shaxsiy va mustaqil ishlarini tashkil etadi;
    -o’quv reja va o’quv dasturlari bajarilishini ta’minlaydi;
    -amaliy va seminar mashg’ulotlari, laboratoriya ishlari, ishlab chiqarish amaliyoti, mustaqil ta’lim va uy vazifalari, kurs loyihalariga uslubiy ko’rsatmalar ishlab chiqadi;
    -talabalarning mustaqil ishi, individualva amaliy mashg’ulotlari uchun topshiriqlar to’plamini tuzadi;
    -o’quv jarayoniga axborot-kommunikasion texnologiyalarni tatbiq etadi;
    -talabalarda kelgusida kasbiy faoliyatlarini samarali tashkil etishni ta’minlovchi kompetentlik (chuqur bilimga asoslanganlik)ni shakllantiradi;
    -kafedraning moddiy-texnik bazasining rivojlantirish va takomillashtirishda ishtirok etadi;
    -talabalar tomonidan uy vazifalarining bajarilishi, ularning o’quv mashg’ulotlarining o’tkazishda mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilishi, laboratoriya ishlari va amaliy mashg’ulotlarning bajarilishini tekshiradi va nazorat qiladi.

    Download 0.94 Mb.
      1   2   3   4   5   6   7




    Download 0.94 Mb.

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Oliy ta’lim tizimida kredit-modul tizimi pptx

    Download 0.94 Mb.