Bakalavrlar tayyorlashda malaka amaliyotlari:
o‘quv (tanishuv) amaliyoti — iqtisodiyot tarmoqlari, tegishli tashkilot,
muassasa va korxonalar bilan tanishtirish, tabiiy-ilmiy va umumkasbiy fanlar
bo‘yicha nazariy bilimlarini mustahkamlashga qaratiladi;
ishlab chiqarish amaliyoti — umumkasbiy va ixtisoslik fanlaridan nazariy
bilimlarni mustahkamlash va amaliy (ishlab chiqarish) jarayonlari bilan
uyg‘unlashtirish, tegishli amaliy ko‘nikmalar, kompetensiyalar va malakalarni
shakllantirishga qaratiladi;
bitiruv oldi amaliyoti — ishlab chiqarishda (tegishli soha korxona, tashkilot
va muassasalarida) kasbiy ko‘nikmalarni yanada mustahkamlash, kasbiy faoliyatga
moslashish, bitiruv malakaviy ishni tayyorlash uchun ma’lumot to‘plash va
tizimlashtirishga qaratiladi;
pedagogik amaliyot — kasb ta’limi yo‘nalishlari uchun qo‘llaniladi va
pedagogik mahoratini oshirishga qaratiladi.
Ta’lim yo‘nalishlarining o‘ziga xos xususiyatlariga muvofiq malaka
amaliyotlarining boshqa turlari ham qo‘llanilishi mumkin.
Har bir amaliyot turi o‘quv reja va o‘quv dasturiga muvofiq iqtisodiyot
tarmoqlari va real sektorning tegishli ilg‘or korxona, tashkilot va muassasalari,
xorijiy va qo‘shma korxonalar, ilmiy tashkilotlar, ta’lim, tibbiyot, madaniyat va
boshqa muassasalarida, dala sharoitlarida, maxsus tajriba (poligon) obyektlarida va
boshqalarda o‘tkaziladi.
Amaliyotlarni tashkil qilish, o‘tkazish va talabalarni baholash mezonlarini
belgilash oliy ta’lim muassasalari tomonidan amalga oshiriladi.
Magistratura
mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari
mazmuni oliy malakali ilmiy va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlashning birlamchi va
boshlang‘ich bosqichi sifatida mutaxassislik bo‘yicha chuqur fundamental va amaliy
bilimlar berishni nazarda tutgan holda shakllantiriladi.
Oliy ta’lim magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv
dasturlari bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlari bilan
uzviylik va uzluksizligini ta’minlagan holda oliy ta’limning davlat ta’lim
standartlari, magistratura mutaxassisliklarining malaka talablari asosida ishlab
chiqiladi. O‘quv rejalar tarkibiga o‘zlashtirilishi majburiy bo‘lgan fanlar (majburiy
fanlar) bloki, tanlab o‘zlashtiriladigan fanlar (tanlov fanlari) bloki va ilmiy faoliyat
bloki kiradi.
Ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari hamda tegishli sohalarning o‘ziga
xos xususiyatlariga muvofiq o‘quv rejalaridagi bloklar tarkibi o‘zgartirilishi
mumkin.
Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini
o‘zlashtirishda ta’lim oluvchilar auditoriya mashg‘ulotlari bilan bir qatorda o‘quv
fanlari bo‘yicha mustaqil mashg‘ulotlarni bajarishi va mustaqil bilim olishi nazarda
tutilishi lozim.
Magistratura mutaxassisliklarining o‘quv jarayoni o‘quv rejalariga muvofiq
yakuniy davlat attestatsiyasi (magistrlik dissertatsiyasining himoyasi) bilan
tugallanadi.
O‘quv rejaning o‘quv fanlari bloklari mazmuniga qo‘yiladigan minimal
talablar:
majburiy fanlar bloki ilmiy tadqiqot metodologiyasi, ilmiy izlanish va tahlil,
empirik va nazariy tadqiqot usullari, maxsus fanlarni o‘qitish metodikasi, pedagogik
texnologiyalar, ta’limning zamonaviy usullari, mutaxassislikka doir dolzarb va
chuqur ilmiy, metodologik, ilmiy-texnik, texnologik bilim, uquv, ko‘nikma va
kompetensiyalarni ta’lim oluvchilarda shakllantirishi hamda muayyan doktorantura
mutaxassisligi bo‘yicha kelgusida ta’limni davom ettirishga zamin yaratishi lozim.
tanlov fanlari bloki mutaxassislik bo‘yicha ta’lim oluvchilar qo‘shimcha
chuqur nazariy va amaliy bilim va ko‘nikmalarni o‘zlashtirishini, innovatsion usullar
va sohaning hududiy omillarini hisobga olgan holda ilmiy, pedagogik va kasbiy
kompetensiyalarini kengayishini ta’minlashi, ta’lim trayektoriyalariga muvofiq
magistr darajasidagi kasbiy bilim va malakalarni o‘zlashtirishga imkon yaratishi
lozim.
ilmiy
faoliyat
bloki
ilmiy-tadqiqotlar
nazariyasi
va
amaliyoti
o‘zlashtirilishini, ta’lim oluvchilar tomonidan ixtisoslashgan ilmiy va ta’lim
muassasalarida muayyan ilmiy-tadqiqot va ilmiy-pedagogik ishlar bajarilishini
nazarda tutishi lozim.
Bunda:
ilmiy-tadqiqot
amaliyoti ta’lim oluvchilar mustaqil tadqiqotchilik
faoliyatining amaliy ko‘nikmalarini hosil qilishi, ilmiy-tadqiqotlar o‘tkazish,
ularning natijalarini tahlil qilish va aks ettirish, zamonaviy axborot bazalarini
qo‘llash, ilmiy maqolalar va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlashga doir bilim,
uquv va ko‘nikmalarni shakllantirishi lozim;
ilmiy-pedagogik
amaliyoti
zamonaviy
pedagogik
va
axborot
texnologiyalaridan, o‘quv-tarbiya ishlarining interaktiv usullaridan foydalangan
holda pedagogik faoliyat mahorati va ko‘nikmalarini shakllantirishi, o‘quv
jarayonini ilmiy-uslubiy jihatdan ta’minlashni tashkil etishga doir kompetensiya va
ko‘nikmalarni hosil qilishi lozim.
Ilmiy-tadqiqot amaliyoti taqozo etganda yakka tartibda ilmiy izlanish va
tajriba-sinovlarni o‘tkazish maqsadida tajriba orttirish jarayoni tashkil etiladi. Bunda
tajriba orttirish jarayoniga yo‘llangan ta’lim oluvchi o‘quv jarayoni jadvalini yakka
tartibdagi ish rejasi asosida bajarishi ko‘zda tutiladi.
tajriba orttirish ta’lim oluvchilarning ilmiy-tadqiqot olib borishi, nazariy va
amaliy bilimlarini chuqurlashtirish, muayyan soha va tarmoqdagi zamonaviy texnika
va
texnologiyalar
bilan
tanishishi,
amaliy
kasbiy
va
ilmiy-tadqiqot
kompetensiyalarini shakllanishi, kasbga samarali moslashuvini ta’minlashi lozim.
Oliy ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari bo‘yicha o‘quv rejalar ta’lim
davrining to‘liq meyoriy muddati uchun (birinchi kursdan yakuniy kursgacha) ishlab
chiqiladi va bu davrda ularga o‘zgartirish kiritish, ularni bekor qilish, o‘rniga boshqa
o‘quv reja ishlab chiqib tatbiq etishga yo‘l qo‘yilmaydi.
|