1-MASALA
“SWOT-tahlil” metodi qo‘llaniladi. O‘zbekiston Respublikasining 23.09.2020
y. O‘RQ-637-son “Ta’lim to‘g‘risida”gi Qonuni tahlil etiladi.
2-MASALA
Oliy ta’lim jarayonlarini tashkil etishning qonunchilik normalari o‘z
faoliyat
sohangizdan kelib chiqqan holda tizimli tahlil qiling?
O’zbekiston Respublikasi “Ta’lim to‘g‘risida”gi qonunni tahlil qiling(yangi va
eski tahriri)?
№ Asosiy yutuqlar nimalardan
iborat?
Mavjud muammolar?
Muammolarni
bartaraf etish
mexanizmi?
1.
2.
2-AMALIY MASHG‘ULOT. OLIY TA’LIM SOHASIGA OID
QONUNOSTI HUJJATLARI VA ULARNING TURLARI. (2 SOAT)
Reja:
1.Oliy ta’lim sohasiga oid qonunosti hujjatlari mohiyatini o‘rganish
2.O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi tahlili va amaliyotda qo‘llash masalalari
2
.
3.Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv,
moliyaviy mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha
chora-tadbirlar mohiyati
4.Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi yangi qonunosti hujjatlari
mohiyati haqida fikr, mulohazalar
Amalıy mashg‘ulot asosiy maqsadi:
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar sohasidagi yangi qonunosti hujjatlari
mohiyati tushunish va ularning oliy ta’limdagi rolini ko‘rish.
Dars usullari: Taqdimot, guruh muhokamasi, hujjatlar tahlili.
Kerakli manbalar:
Proektorli kompyuter,
Internetga ulanish, me’yoriy
hujjatlar nusxalari, o‘quv materiallari.
Oliy ta’limda qonunosti hujjatlarini tushunish muhimligini muhokama qilish.
Mamlakatdagi oliy ta’limni tartibga soluvchi asosiy qonun hujjatlarini taqdim etadi.
Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv, moliyaviy
mustaqilligini ta’minlash, universitet faoliyatiga ta’sirini muhokama qiladilar.
Masalan, O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish
konsepsiyasi, Davlat oliy ta’lim muassasalarining akademik va tashkiliy-boshqaruv,
moliyaviy mustaqilligini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi qonun osti
hujjatlarni va boshqalarni taqdim etadi.
Tinglovchilar har bir hujjatning maqsadi va ularni
ishlab chiqish va ishlatish
uchun qanday talablar qo‘llanilishini muhokama qiladilar (o‘z faoliyati doirasida).
O‘qituvchi oliy ta’limga oid me’yoriy hujjatlar nusxalarini tiglovchilarga
tarqatadi.
Tinglovchilar guruhlarga bo‘lingan va asosiy qoidalar, talablar va qoidalarni
ajratib ko‘rsatgan holda qonunosti hujjatlarning mazmunini tahlil qiladilar.
Har bir guruh o‘z tahlillari natijalarini taqdim
etgan holda qisqa taqdimot
tayyorlaydi.
Har bir guruh me’yoriy-huquqiy hujjatlarning asosiy nuqtalari va ularning
ta’lim jarayoniga ta’sirini muhokama qilib, o‘z taqdimotini o‘tkazadi.
Har bir taqdimot muhokama, savol-javoblar bilan davom etadi. O‘qituvchi
qonun hujjatlarini tushunish muhimligini va ularning universitet faoliyatidagi rolini
ta’kidlab, darsni sarhisob qiladi.
Tinglovchilarning oliy ta’limning huquqiy jihatlarini va tegishli me’yoriy-
huquqiy hujjatlar va standartlarga rioya qilish muhimligini
yaxshiroq tushunishga
yordam beradi. Shuningdek, u tahliliy ko‘nikmalarni, qonunlar va hujjatlarni
amaliyotda qo‘llash qobiliyatini rivojlantirishga xizmat qiladi.
2
Ilovada qilinadi.
MASALA
Toshkent shahrida joylashgan OTMlardan birida 2021-2022 o’quv yilining
birinchi semestri bo’yicha yakuniy nazorat sinovlarining o’tkazilishi o’quv jarayoni
grafigiga asosan 2021 yilning 19 yanvaridan 31 yanvarigacha belgilangan yedi?
Ammo OTM ma’muriyatining buyrug‘i bilan
yakuniy nazorat sinovlarini
o’tkazish muddati bir xafta oldinga surildi, ya’ni, 2021 yilning 19 yanvaridan 25
yanvarigacha deb o’zgartirildi. Barcha kurslarda yakuniy nazoratlar fan bo’yicha
oxirgi darsda yozma o’tkazildi va professor-o’qituvchilar tomonidan 2021 yilning 24
yanvar kunigacha tekshirilib yakuniy qaydnoma va talabalarning sinov
daftarchalariga rasmiylashtirib berildi.
OTMda 2021 yilning 26 yanvaridan boshlab o’quv yilining ikkinchi semestri
bo’yicha o’quv jarayoni boshlandi.
Akademik qarzdor talabalarga yesa 2021 yilning 26 yanvaridan 31 yanvarigacha
qayta o’zlashtirish va topshirish uchun OTM rektorining buyrug‘i
bilan muddat
berildi. Ushbu buyruqda OTM professor-o’qituvchilariga 2021 yilning 26
yanvaridan 31 yanvarigacha akadem qarzdor talabalardan joriy, oraliq va yakuniy
nazoratlarni qayta olish va tegishli xujjatlarga rasmiylashtirish majburiyati belgilab
qo’yildi.
OTM rektorining buyrug‘i bilan 2021 yilning 31 yanvarigacha akadem qarzlarni
o’zlashtirgan barcha talabalarga o’rnatilgan tartibda stipendiyalar rasmiylashtirildi.
Ushbu yuqorida ko’rsatilgan masalani tahlil qiling?